Ijtimoiy pedagogika


XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Yüklə 46 Kb.
səhifə2/9
tarix13.05.2022
ölçüsü46 Kb.
#86961
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Абдувалиева Ёркиной togri

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jondildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir o’quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabachilikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lga g’oyaviy-axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko’pligiga asosiy sabab o’quvchilarning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon bo’lavermasligidadir. Sinf rahbarining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalariga odilona baho beruvchi xolis hakam – tarbiyalanuvchilar. Avvalo, sinf rahbarining amaliy faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarimi bu san’at. SHu tufayli sinf rahbariga qo’yiladigan dastlabki Talab – unda pedagogik qobiliyat mavjud bo’lishi kerak. Sinf rahbarining qobiliyati– bu o’quvchilar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo’lgan.

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin, aholisining yarmidan ko‘prog‘i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga  oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.

Alohida ta’kidlash joiz, «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da ham bu masala alohida o‘z aksini topdi. Jumladan, yoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:birinchidan, jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; ikkinchidan, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish; uchinchidan, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish. Ilm-fan taraqqiyoti ijtimoiy taraqqiyotni belgilovchi yetakchi kuch, belgilovchi omil sifatida XXI asr voqeligini namoyon qilar ekan, O‘zbekiston tanlagan milliy yuksalish

yo‘lida ilm-fan, ta’lim-tarbiya masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi bejiz emas. Zero, intellektual salohiyatga ega bilimli, yuksak ma’naviyat va ma’rifat sohiblari bo‘lgan yoshlar hozirgi davrning shiddatkor mazmunini belgilab beruvchi kuchdir. Muhtaram Prezidentimiz 2020 yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlashni taklif qilar ekan, bundan ko‘zlangan maqsadimiz “Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish” ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shubhasiz, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz samarasi, ezgu maqsadlarimizning pirovard natijasi avvalo ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi bilan o‘lchanadi. Ilmiy salohiyat ilm-fan taraqqiyoti yuksakligi-eng avvalo ma’naviyat yuksakligining in’iqosidir. Faqatgina ma’naviyat nuriga yo‘g‘rilgan ilm-fan, ixtiro va kashfiyotlar insoniyat istiqboli, millat, xalq va mamlakat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, bugungi kun talabalariga javob bera oladigan, yetuk mutaxassis, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ularni ilmiy salohiyat hamda amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lgan zamonaviy kadrlar sifatida eng ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan jihozlar bilan ta’minlanayotgan ishlab chiqarish sohalari va tarmoqlarini ta’minlash bilan bir vaqtda, mutaxassis kadrning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish, uni milliy g‘urur va vatanparvarlik, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalash oliy ta’limning dolzarb vazifasidir. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, ham ta’limiy, ham tarbiyaviy yo‘nalishda o‘z maqsad va vazifalarini talaba-yoshlarning dunyoqarashi, fikrlash madaniyati, ijtimoiy faolligi va ijodiy faolligini shakllantirishga yo‘naltirgan ijtimoiy fanlar o‘z mazmuniga mos holda mutaxassislik bilimlarining sifat samaradorligi va ijtimoiy yo‘naltirilganligini mutaxassis ongiga singdirib, uning ma’naviy mas’uliyatini tarbiyalaydi.


Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə