Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 46 Kb.
səhifə4/9
tarix13.05.2022
ölçüsü46 Kb.
#86961
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Абдувалиева Ёркиной togri

Kurs ishining predmeti: Inklyuziv ta’lim sharoitida rivojlanishida nuksoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiylashuv masalalarini tashkil etish metodikasining asosiy manbalarni tadqiq etish omillari

Ishning tarkibiy tuzilishi: Kirish, asosiy qisim, 4 bo’lim, xulosa, va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB PESPUBLIKADA INKLYUZIV TA`LIMNING JARAYONI

1.1 Inklyuziv ta’lim bu – davlat siyosati

Inklyuziv ta’lim bu – davlat siyosati bo‘lib, nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlari yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. “Maktablar jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emotsional, tilidagi yoki boshqa nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi kerak. Ularga ruhiy va jismoniy nuqsoni bor bolalar, boshpanasiz bolalar, ko‘chmanchi xalqlarga tegishli bo‘lgan bolalar, etnik yoki madaniy kamchilikni tashkil etgan oilalarning bolalari kiradi” (Harakat Rejasiga kirish 3 chi band).

Inklyuziv ta’lim vazifalari:

- Ta’lim muassasasida ta’limda alohida ehtiyoji bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zarur psixologo – pedagogik, korreksion sharoitlar yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishini, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;

- Maxsus ta’lim muassasasi o‘quvchilarini umumta’lim maktablari bilan uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib borish yo‘li bilan o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash;

- Jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, bolaning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;

Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajralmagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish;

- Jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga muqobil munosabatni shakllantirishdir.

Inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari:

1). Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi.

2). Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili.

3). Bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili.

4). Markazlashtirilmagan bo‘lish tamoyili.

5). Inklyuziv ta’limda kompleks yondashish tamoyili.

6). Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili.

7). Malakaviylik tamoyili.

3. Alohida yordamga muhtoj bolalar integratsyasi

“Integratsiya” tushunchasi ingliz tilidan olingan bo‘lib, integrative – qo‘shiluvchi, birlashuvchi, integration – qo‘shilish, birlashish degan manoni bildiradi. Volferen Bergerning yozishicha: “Integratsion ta’lim bu – segregason ta’limning aksi bo‘lib, bunda maxsus ehtiyojga ega bolalar umumta’lim muassasalari tizimiga kiritiladi”. Integratsiya keng, ma’noda ijtimoiy integratsiya yoki jamiyatga integratsiya va pedagogik integratsiya yoki ta’limga integratsiyani o‘z ichiga oladi.

Ijtimoiy integratsiya – rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani ijtimoiy munosabatlar va xatti-harakatlarning umumiy tizimiga ijtimoiy adaptatsiyasidir. Nogiron bolani jamiyatga integratsiyasi muammosi bir tomondan, psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini mavjudligi bilan, ikkinchi tomondan ijtimoiy munosabatlar tizimini mukammal emasligi, ya’ni ba’zi talablarini ma’lum darajada keskinligi hayot faoliyati cheklangan bola uchun o‘ta olmaydigan to‘siqqa aylanishi bilan ifodalanadi. Nogironlarni jamiyatga integratsiyasining ikki yondashuvi mavjud. Birinchi yondashuv nogironni jamiyatga integratsiyasini mavjud atrof-muhit shart-sharoitlarga moslashishini nazarda tutadi. Albatta, mazkur yondashuv bir tomonlama va juda tordir. Ikkinchi yondashuv nogironni jamiyatga kirishga tayyorlash va jamiyatni nogiron bolani qabul qilishga tayyorlashni nazarda tutadi. Nogironni jamiyatga kirishga tayyorlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, jamiyatni nogiron bolani qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha ishlar endi muhokama qilinmoqda. T.V.Furyayeva bolalar integratsiyasining to‘rt turini (jismoniy, funksional, ijtimoiy va ijtimoiy-etal) ajratib ko‘rsatgan. Jismoniy integratsiya – bolalarni bir binoda faoliyat ko‘rsatishi. Integratsiyaning bu turi bolalar dunyolari orasidagi masofani qisqartirishning boshlang‘ich davridir. Funksional va ijtimoiy integratsiya uchun predmet-fazoviy birlashuv xosdir. U predmetli munosabatlar, shaxslararo aloqalar, muloqotni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy-etal integratsiya ijtimoiy masofalarni to‘liq qisqarib ketishi, faoliyatdagi tengxuquqli hamkorlik, subyekt-subyekt munosabatlarini nazarda tutadi. Ijtimoiy adaptatsiya – o‘zgaruvchan hayot sharoitlariga insonni moslashish qobiliyati bo‘lib, u ijtimoiylashuv va integratsiyaning muhim mexanizmidir. Ijtimoiy adaptatsiya turli faoliyatlar (o‘yin, muloqot, o‘qish, mehnat) va insonni o‘zini anglash jarayonida amalga oshadi. Mazkur faoliyat turlari bir vaqtning o‘zida hayotning turli bosqichlarida adaptatsiya vositalari, maqsadlari va natijalari sifatida xizmat qiladi.


Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə