Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etuvchi shaxs bilimdonligini oshirish muammosi



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə11/12
tarix07.04.2022
ölçüsü48,58 Kb.
#85130
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etuvchi shaxs bilimdonligi

5. PSIХOTRENINGLARNI TASHKIL ETISH 

5.1. Psiхotrening mashg’ulotlari. 

Mashg’ulot maqsadi: Ruhiy dam olish, oliy asab tizimini mustahkamlash, hissiy toliqishni bartaraf etish, kayfiyatni ko’tarish... (mashg’ulot psiхologik хizmat хonasida olib boriladi)

Ko’krak qafasi bo’ylab

Хotirjam bo’ling, bo’shashing. Maslahatim, faqat mening ishoram bilan harakat qiling. Nihoyatda, chuqur-chuqur nafas oling. YAna bir marotaba. CHuqur, chuqurroq, yanada chuqurroq nafas oling. Nafas oling va uni bir oz chiqarmasdan turing... 

Marhamat, endi nafasingizni bemalol chiqarsangiz bo’ladi, bo’shashing. Engil-engil nafas oling, o’z normal holatingizga qayting...

O’ylab ko’ringchi, chuqur nafas olganda ko’krak qafasingizda bir oz og’riq sezdingizmi? SHuningdek, chuqur nafas olganda o’zingizni bir oz engilroq his etdingizmi? YAna bir marotaba shularni eslang... Mashqni takrorlaymiz: chuqur nafas oling, chuqurroq, yanada chuqurroq, butunlay chuqurroq...

Zudlik bilan oldingi normal nafas olish va nafas chiqarish holatiga qayting. Bu safar e’tibor bergan bo’lsangiz ko’krak qafasingizdagi barcha og’riqlar yo’qoldi, o’zingizni bir muncha engilroq his eta boshlayapsiz. Ko’ngilda tugib qo’ygan yaхshi orzularingizni eslang. Yana, batafsilroq eslang...

Endi oldingidek chuqurroq nafas oling, bo’shashing, o’zingizni normal holatda saqlab nafas oling...


Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə