Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etuvchi shaxs bilimdonligini oshirish muammosi


Darsda munozara, breynshtorming va treninglar o’tkazish texnologiyasi



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə4/12
tarix07.04.2022
ölçüsü48,58 Kb.
#85130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etuvchi shaxs bilimdonligi

4.4. Darsda munozara, breynshtorming va treninglar o’tkazish texnologiyasi

Munozaralar yuritishning yana bir shaqli borki, uning nomini rus tilida 

«mozgovaya ataka» deb ataladi. Bizning tilimizda bu tushunchannig aniq analogik tarjimasi yo’q, lekin uni «miyaga xujum» yoki «fikrlar to’qnashuvi», «fikrlar jangi maydoni» deb atash mumkin. Metodning psixologik moxiyati shundaki, oddiy munozarada baxslashuvchi-lar ko’prok ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa baxslashuvchilarga miyaga qanday fikr qo’yilib kelsa, uni tankidsiz va asoslamay erkin, «tilga nima kelsa», lekin navbatma-navbat aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa ko’prok muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq bo’lgan haroitlarda kul keladi. Ya'ni, bunda «erkin assotsiatsiyalar»ga imkon beriladi va oxir okibat guruxning o’zi ma'lum oqilona karorga kelishi yoki fikrlardagi yaxshi «marzni» ajratib oladi. Bu usulni birinchi marta amerikalik olim A. Osborn 1930-yillardayoq taqlif etgan va bu usul yordamida yirik loyixalar-ni rejalashtirish va oldindan uning natijalarini bashorat qilihtsa ma'lum yutuklarni qo’lga kiritgan edi. Lekin keyinchalik mutaxassislar uni faqat nostandart, o’ziga xos echimi bo’lgan vazifalarni muxrkama qilgandagina qo’llash mumkin, degan fikr-ni bildira boshladilar. Birok turri tashkil etilgan breynshtor-mingning amaliy afzalliklari ko’p. Faqat bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

1. Jumlalar juda qisqa bo’lishi kerak ularning asoslanishi shart emas.

2. Har qanday jumla yoki fikr tankid qilinishi mumkin emas, ya'ni fikrlar 

tankiddan xolidir.

3. Mantikiy fikrlardan ko’ra, fantastik yoki kukdisdan, tasodifan miyada 

paydo bo’lgan fikr muhimroq

4. Fikr yoki bildirilgan qisqa muloxaza qayd etiladi.

5. Bildirilgan fikr yoki g’oyalar u yoki bu ishtirokchiniki deb ajratilmaydi, 

ya'ni ular — muallifsizdir.

6. Fikr yoki yaxshi g’oyalarni tanlash aloxida «tankidchilar» yoki guruxnnig norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yo’qoridagi ta'kidlangan gurux katta bo’lgan sharoitda baxs uyushtirishda ham generator, ya'ni fikrlarni birlamchi jamlovchilarlarga ushbu usulda ishlashga imkon berish tajribada yaxshi natija beradi. Chunki, o’tkazilgan tekshiruvlar va ko’plab einov mashg’ulotlarining ko’rsatishicha, aynan shu guruxda breynshtorming usulining qo’llanilishi turli-tuman va qarama-qarshi fikrlarning bayon etilishiga haroit yaratadi. Aks xrlda muhim muammolar buyicha munozarani boshlash va unda fikrlar rang-barangligiga erihish juda qiyin bo’ladi. Bu usul ayniqsa, kattalar auditoriyasida juda yaxshi samara beradi.

Baxsda ishtirok etish va undan manfaatdorlik xissi har bir ishtirokchida shaqllanishi shart va bunda boshlovchi-o’qituvchining roli katta. Amaliy 

mashg’ulotlarni baxs-munozara shaqlida o’tkazilishi bolalarga oldindan aytilishi va ularning tayyorgarlik kurishlari uchun savollar berilib qo’yilishi maqsadga muvofiqdir. Baxs ishtirokchilari xayajonlanmasliklari 

uchun mashg’ulot boshlanishidan avval ularning o’zlarini erkin tutishlari uchun ayrim engillashtiruvchi mashqda boshqacha qilib aytganda, psixogimnastik maihlar o’tkazish tavsiya etiladi, Masalan, ana shu maqsadaa o’tkaziladigan psixogimnastik mashqdarga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. O’qituvchi guruxni aylana shaklida turishlarini so'raydi va a'zolarni navbatma-navbat o’rtaga chiqib, gurux bilan xoxlagan tarzda, lekin samimiy salomlahishni suraydi. Keyin guruxdan kimning salomi ko’prok yokdanini suraydi,

2. Gurux a'zolari ukd1tuvchi atrofida yarim aylana shaqlida turishadi. Navbat bilan gurux a'zolari o’rtaga chikib, xoxlagan a'zo bilan so’zsiz, lekin ochik yo’z bilan mimika vositasida salomlahish va biror fikrni bildirishi so’raladi.

3. Hamma doyra shaqlida o’tiradi va o’qituvchi olib kelgan koptok navbat bilan mulokot qatnashchilariga otiladi, faqat kimga otilsa, usha odamning kuchli, yaxshi bir sifati aytilib, so’ng irritiladi. O’qituvchi koptokning, albatta har bir kishiga tegishini nazorat qiladi.

Bu kabi mashqdar munozara qatnashchilari o’rtasida o’zaro tanglikning bo’lmasligi va o’z fikrini bayon etayotganda o’qituvchidan tortinmasligi uchun o’ziga xos trening xisoblanadi.





Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə