Ijtimoiy rivojlanish potensiali



Yüklə 62,65 Kb.
səhifə1/6
tarix28.09.2023
ölçüsü62,65 Kb.
#124487
  1   2   3   4   5   6
IJTIMOIY RIVOJLANISH POTENSIALI


IJTIMOIY RIVOJLANISH POTENSIALI

Reja:



1 Iqtisodiy rivojlanish, mohiyati, turlari.
2 Iqtisodiy rivojlanishni tavsiflovchi mezonlar.
3 Ishlab chiqarish funqsiyasi- iqtisodiy – rivojlanishni prognozlashtirish modeli sifatida.
4. Iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirishda makroiqtisodiy modellar.
5.Respublikada barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish imkoniyatlari.

1 Iqtisodiy rivojlanish, mohiyati, turlari.
Milliy extiyojlar uzluksiz qondirilishi uchun iqtisodiyot doimo o‘sib borilishi talab etiladi .chunki faqat shu yo‘l bilangina kishilar iste‘moliga zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar ko‘plab va xilma –xil yaratiladi.
Iqtisodiy rivojlanish- bu iqtisodiyotning rivojlanishi, ya‘ni xayotiy ne‘matlar bo‘lgan tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishining ko‘payib borishidir. Iqtisodiy rivojlanishni ragbatlantirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari va ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllari va usullari xaqidagi masalalar xozirgi zamon iqtisodiyot fanining o‘ta bahstalab muammolaridan biri xisoblanadi. Ayniqsa, bu muammolar rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu soxada fikrlar doirasi juda keng bo‘lib, davlat aralashuvini cheklashdan tortib (Polsha va Sharqiy Yevropa mamlakatlari tajribalariga suyanadiganlar), to bozor ―tanazzulini‖ bartaraf etishda, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishda davlatning o‘rni beqiyos ekanligini (Хitoy, Chili va Sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasiga urgu beradiganlar) ta‘kidlovchilar ham bor.
Iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarishning rivojlanishi bo‘lar ekan, bunga ta‘sir etuvchi kuchlar ishlab chiqarish omillaridan boshqa narsa bo‘lishi mumkin emas. Shu sababli bu resurslarning miqdori, sifati va ularning naqadar samarali ishlatilishi bogliq bo‘ladi, chunki resurslar ishlab chiqarish omillariga aylanadi. Resurslar ko‘payganda tovarlar va xizmatlar oldingidan ko‘proq yaratiladi.
Biroq, resurslar cheklanganligidan, ularni to‘xtovsiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Shu sababli resurslardan tejamli foydalanib iqtisodiyotni o‘stirish zaruratga aylanadi.
Iqtisodiy rivojlanish yuz berishi uchun bozor talabiga muvofiq tovar va xizmatlarni yaratish kerak bo‘ladi . biz bilamizki,iqtisodiy rivojlanish Yaim ko‘payishini anglatadi . Yaim esa tovar va xizmatlarning bozordagi qiymati, agar ular sotilmasa bozor qiymati yuzaga kelmaydi. Shu sababli bozorbop tovar va xizmatlarni yaratish iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlaydi. Resurslar kamyob bo‘lganidan, ulardan samarali foydalanish iqtisodiy rivojlanishning asosiy shartiga aylanadi.
Iqtisodiy rivojlanishni rivojlanish sur‘atiga(dinamikasiga) qarab milliy iqtisodiyotni darajasi xamda resurslarni chegaralanganlik muammolari taxlil etiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu tushunchaga alohida talqin berilmagan.
Ba‘zi iqtisodchilar(Makkonnell, Bryu) iqtisodiy rivojlanishni 2 xil usul bilan hisoblash mumkin, ya‘ni:

  1. yalpi milliy mahsulotni umumiy rivojlanishini hisoblash orqali(yoki sof milliy mahsulotni);

  2. yuqorida hisoblangan ko‘rsatkichlarni aholi jon boshiga taqsimlash orqali hisoblanadi deydilar.

Boshqa iqtisodchilar esa, iqtisodiy rivojlanish bu- ishlab chiqarish omillari va mahsulotni miqdoriy rivojlanishgina emas balki sifat jihatini ham o‘z ichiga oladi- deydilar.
Iqtisodiy rivojlanishni 3 xil ko‘rinishi farqlanadi: ekstensiv, intensiv va aralash(haqiqiy).
1.Ekstensiv rivojlanish- bu milliy mahsulotni qo‘shimcha ishlab chiqarish omillarni ta‘sir ettirish yordamida o‘stirishdir.
2.Intensiv rivojlanish- bu milliy mahsulotni texnika, texnologiyalarni takomillashtirish natijasida rivojlanishini ta‘minlashdir.
Хaqiqiy hayotda u yoki bu tipdagi rivojlanishlar alohida holda bo‘lmay, balki bir biriga chambarchas boglanganlar.
3. Aralash(haqiqiy) rivojlanish- bu ishlab chiqarish quvvatlarini
foydalanilayotgan ishlab chiqarish omillarini miqdory hajmini rivojlanishi hamda texnika, texnologiyalarni takomillashtirish natijasidagi rivojlanishidir.
Iqtisodiy rivojlanish- bu iqtisodiy rivojlanishi tashkil etuvchisidir. U Yammni miqdoriy tomonidan rivojlanishidir.
Makrodarajada Yamm ni rivojlanish sur‘ati, aholi jon boshiga Yamm ni taqsimotini yillik rivojlanish sur‘ati, Yamm ni yillik rivojlanishini keltirish mumkin.
Yammning yillik rivojlanish surati =(YaMM2- YaMM1)*100;
Yammni aholi jon boshiga taqsimotini yillik rivojlanish surati
Yammning yillik qo‘shimcha rivojlanish surati / Aholi soni;
Yammning yillik rivojlanishi = (Yamm2/Yamm1)*100;
Yuqoridagilardan qaysi ko‘rsatkich zarurligi to‘grisida fikrlar yuradi. Mumkin bo‘lgan variantlar:

  1. yuqori rivojlanish sur‘ati;

  2. nol xolidagi rivojlanish;

  3. manfiy rivojlanish sur‘ati;

  4. optimal rivojlanish sur‘ati.

Bu ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqamiz. Birinchi qarashda, yuqori rivojlanish sur‘ati asosiyroqdek ko‘rinadi. Bu holda birinchidan mahsulotni sifatini hisobga olish zarur. Ikkinchidan mahsulotni qo‘shimcha rivojlanishida uni tuzilishini hisobga olish zarur.
Iqtisodiy rivojlanishda nolli rivojlanish sur‘ati material ta‘minotini kamaytirsa, bu bilan ishlab chiqarish omillariga sarf harajatni kamaytirsa, bu yomon emas. Manfiy rivojlanish- bu milliy iqtisodiyotdagi krizisdan darak beradi. Optimal rivojlanishjuda yuqori ham emas, juda past ham emas, balki makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlaydi.

Yüklə 62,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə