Ijtimoiy ta’minot yo’nalishi


Budjetdan tashqari pensiya jamg`armasi mablag`larini



Yüklə 104 Kb.
səhifə2/4
tarix04.03.2022
ölçüsü104 Kb.
#84319
1   2   3   4
Ijtimoiy ta’minot yo’nalishi

Budjetdan tashqari pensiya jamg`armasi mablag`larini

shakllanishi va undan foydalanish
Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar ichida pensiya ta`minoti muhim o`rin egallaydi va xozirgi vaqtda u asosan budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

Mustaqilligimizning dastlabki yillarida bu jamg`arma pensiya fondi nomi bilan 1994 yilning 1 yanvargacha faoliyat ko`rsatib keladi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O`zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1993 yil 4 avgustdagi 391-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi xuzurida Ijtimoiy sug`urta jamg`armasi tashkil etildi. Ayni paytda unga O`zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tizimida vaqtincha mexnatga layoqatsizlik, xomiladorlik va to`g`ish bo`yicha, farzand to`g`ilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni to`lashga yo`naltirilgan davlat ijtimoiy sug`urta mablag`larini beradi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi 459-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ijtimoiy sug`urta jamg`armasi negizida O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy ta`minot vazirligi qoshida Qoraqalpog`iston Respublikasi ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy ta`minot maxalliy organlari qoshida Pesiya fondi va uning xududiy bo`linmalari tashkil qilindi.

1997 yilgacha umumdavlat moliya tizimi tarkibida Davlat budjeti va maqsadli fondlar (ijtimoy sug`urta fondi, ish bilan ta`minlash fondi, yo`l fondi, Davlat mulk qo`mitasining maxsus fondi) ni har biri alohida- alohida faoliyat ko`rsatgan.

Respublikamiz Prezidentining 1996 yil 22 sentabrdagi «O`zbekiston Respublikasining 1997 yilgi Davlat budjeti munosabati bilan soliq isloxatlarini chuqurlashtirish bo`yicha tadbirlar haqida» gi Farmoniga asosan yuqorida qayd etilgan budjetdan tashqari fondlar Davlat budjeti tarkibida maqsadli fondlar nomini oldi.

Budjetdan tashqari fondlar ichida Pensiya jamg`armasi katta ulushga ega. Jumladan, Davlat budjetining 2007 yilgi parametrlariga ko`ra Pensya jamg`armasi jami maqsadli fondlar daromadlarining 35,9 foizini, xarajatlarning 34,4 fozini tashkil etadi.

Budjetdan tashqari pensiya jag`armasining daromadlari 2007 yilgi Davlat budjetining parametrlariga ko`ra asosan qo`yidagi manbalar hisobiga shakllanadi:

- Mexnat xaqiga nisbatan yagona ijtimoiy to`lov -23,5%

- Fuqorolarning mexnat xaqidan ushlovlar 2,5%

- Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar xajmidan 0,7%

- Me`yoriy xujjatlarda ko`zda tutilgan boshqa manbalar.

Umuman budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining daromadlari va xarajatlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 dekabrdagi 532 - PQ-sonli «O`zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to`g`risida» gi qarorlarga binoan qo`yidagi xajmda belgilangan, mln. so`m:


I. Jami daromad 1833750,1

1. 2007 yil boshiga kutilayotgan qoldiq 28350,1

2. Daromadlar 1640400,0

Shundan:


2,1 Mehnat haqiga nisbatan yagona ijtimoiy to`lov 1184000,0

2,2 Fuqorolarni mexnat xaqidan majburiy



sug`urta badali 124900,0

2,3 Tovar (ish, xizmat) lar xajmidan

majburiy ajratmalar 278400,0

2,4 Boshqa daromadlar 53100,0


3. Davlat budjetidan dotatsiya 45000,0
4. davlat mulkini xususiylashtirishdan tushum 60000,0
5. 2006 yilni oxiriga Respublika yo`l jamg`armasi

mablag`lari qoldig`i xisobidan tushum 60000,0
II. Xarajatlar 1833750,1

1. Ishlamaydigan pensionerlarga pensiya to`lovi 1644600,0

2. Ishlayotgan pensionerlarga pensiya to`lovi 79500,0

3. Kommunal xizmatlar to`lovi bo`yicha pul kompensatsiyasi 25400,0

4. Xomiladorlik va to`g`ish, bola to`g`ilganda va

dafn marosimi nafaqalari 66000,0



5. Boshqa xizmatlar 540,0

6. 2007 yil oxiriga mablag`lar qoldig`i 17710,1


Yüklə 104 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə