Ilan foydalanish



Yüklə 32,28 Kb.
tarix08.02.2023
ölçüsü32,28 Kb.
#100402
Nasos, kompressor va ventilyatorlarni ishlatishda elektr energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish


Nasos, kompressor va ventilyatorlarni ishlatishda elektr energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish


a) Nasos qurilmalarini ishlatishda elektr energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish
1. Nasos qurilmalarini loyihalashda obyekt to’g’risida ma’lumotlarning yetarli bo’lmasligi, ish sharoitlarining tinmay o’zgarib turishi, nasos turlarining kamligi sababli tanlash imkoni kamligi va boshqa sabablarga ko’ra nasosning loyihalangan ish rejimi real ish rejimidan sezirarli darajada farq qilishi mumkin. Masalan, nasos qurilmasi hisoblangan suyuqlik uzatishdan kam qiymatda suyuqlikni uzatib, bosish kuchi esa hisoblangandan yuqori qiymatga ega rejimda ishlaganda, suyuqlikning isrofi oshib ketadi ya’ni kuchli bosim ostida quvurlarning ulangan joylaridan suyuqlikning siljib ketishi ko’payadi. Bu suyuqlik isroflari umumiy uzatilayotgan suyuqlikning 20 – 25% ni tashkil qilishi mumkin va bu esa o’z navbatida elektr energiya isrofning oshishiga olib keladi. Nasos qurilmasi hisoblangan suyuqlik uzatishdan ko’p qiymatda suyuqlik uzatib, bosish kuchi hisoblangandan kam qiymatga ega ish rejimida ishlaganida ham nasosning FIK nominal rejimdagidan past bo’ladi. Bu ish rejimi nasos qurilmasining tarmoqdan olayotgan energiyasini oshishiga olib keladi. Shuning uchun, nasos qurilmalarini to’g„ri loyihalash va shundan kelib chiqqan holda motorlarni tanlash elektr energiya isroflarini kamaytirish imkonini beradi.
2. Umumiy suv tarmog’iga ishlayotgan bir necha nasos qurilmalarining ulanishini to’g’ri tanlash umumiy elektr energiya sarfini 5% gacha kamaytirishga olib keladi.
3. Nasos qurilmalarining suyuqlik uzatish ko’rsatkichini rostlashda asinxron – ventilli kaskad sxemasining qo’llanilishi elektr energiya sarfini qariyib 25 – 30 % ga kamaytiradi.
4. Nasos qurilmalari asinxron motorlari tezligini stator kuchlanishi chastotasini silliq rostlash hisobiga suyuqlik uzatishni boshqarish elektr energiya isrofini 30% gacha kamytirish imkonini beradi.
5. Suyuqlik uzatish ko’rsatkichi o’zgarmaydigan nasos qurilmalarining asinxron motorlari kuchlanishini bosim kuchini o’lchaydigan o’lchov o’zgartgichdan olingan signal asosida o’zgartirishga asoslangan adaptik avtomatik boshqarish tizimlarini qo’llash elektr energiya sarfini 30% gacha kamaytirish imkonini beradi.
b) Kompressor qurilmalarini ishlatishda elektr energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish
1. Kompressorlarning asinxron motorlari yuklanishi darajasiga qarab stator chulg’amiga berilayotgan kuchlanishni adaptiv avtomatik rostlash qurilmalarini qo’llab, motorlarning ish rejimini optimallashtirish natijasida umumiy elektr energiya sarfini 30% gacha kamaytirish mumkin.
2. Kompressorlarning sinxron motorlari qo’zg’atish tokini optimal boshqarish hisobiga motordagi elektr energiya isrofini eng kichik qiymatga keltirish hamda motorning dinamik turg’unligini oshirishga erishish mumkin.
3. Kompressorlarning sinxron motorlari qo’zg’atish tokini motorning tezligi bilan bog’liq ravishda o’zgartirish hisobiga elektr eritma tizimida hosil bo’ladigan tebranishlarni so’ndirish mumkin.
4. Kompressorlar asinxron motorlariniing tezligini rostlashda stator kuchlanishi chastotasini o’zgartirib boshqaruvchi tiristorli chastota o’zgartkichlarni qo’llash katta iqtisodiy samara beradi.
c) Ventilyatorlarni ishlatishda elektr energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish
1. Ventilyatsion bosilish kuchi tizimidagi shiberlar yordamida ventilyator ish unumdorligini rostlash o’rniga ko’p tezlikli motorlarni qo’llab, uning tezligini o’zgartirish hisobiga ventilyator ish unumdorligini rostlash, elektr energiyadan 20 – 30 % iqtisod qilishga olib keladi.
2. Ventilyatsion tizimning kirish qismiga o’rnatilgan shiberlar yordamida ventilyatorning ish unumini rostlash, shiberlarni ventilyatsion tizimning chiqish qismiga o’rnatib ish unumini rostlashga nisbatan elektr energiyani 15% gacha iqtisod qilishga olib keladi.
3. Tushlik paytida va ish smenalari almashish vaqtida ventilyatorlarni o’chirib qo’yish elektr energiyadan xatto 20% gacha iqtisod qilish imkonini beradi.
4. Ventilyatorlarni boshqarishda tashqi havo temperaturasi bo’yicha avtomatik boshqarish tizimlarini qo’llash elektr energiya sarfini 10 – 15% ga kamaytirish imkonini beradi.
5. Ventilyatorning ish unumdorligini rostlash, asinxron motor stator chulg’amiga beriladigan kuchlanish chastotasini rostlab amalga oshiruvchi avtomatik boshqaruv tizimlarini qo’llash, elektr energiya sarfini 30% gacha kamaytirishga olib keladi.
Yüklə 32,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə