Ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglashning rivojlanishi va 3yosh inqirozi



Yüklə 168,96 Kb.
səhifə1/2
tarix21.05.2023
ölçüsü168,96 Kb.
#111809
  1   2
7-mavzu

ILK BOLALIK DAVRIda o’z-o’zini anglashning rivojlanishi va 3yosh inqirozi


Reja 
1Ilk bolalnk davrida psixik taraqqiyot.
2. Yoshli bolalarning aqliy rivojlanishi.
3. Ilk bolalik davrida shaxsning rivojlanishi.

Ilk bolalik davrida psixik taraqqiyot
Ilk bolalik davri.- Go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi, Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatta molik, uiing kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi - muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘tri yurishi, mulohotta kirishishi va predmeatsh faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti—harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo‘ladilar. 3-7 yoshgacha bulgan davr bogcha yoshi davri xisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat uzgarishlari bulishini inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4yosh) kichik maktabgacha davri(4-5yosh)kichik bogcha yoshi urta maktabgacha davr( urta bogcha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bogcha yoshilarga ajratish mumkin.Bola rivojlvnish jarayonida odamlarning ilgari utgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan aloxida maxsus munosabatga kirishadi.Bola insoniyat kulga kiritgan barcha yutuklarni faol ravishda uzlashtirib,egallab boradi.Bunda predmetlar olamini,xamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti – xarakatlarni, tilni , odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, kobiliyatlarning usib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmogi kerak Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustakil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bogcha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab xarakatlarini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va mexnat malakalari xosil kilish, nutkini ustirish xamda ijtimoiy axolk va estetik didning dastlabgi kurtaklarini yuzaga keltirish davridir.
Mashxur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha insonning bogcha yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida kanday xarakter xislatlari paydo bulishi belgilanadi va axlokiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Bogcha yoshdagi bolalarning kuzga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularning serxarakatligi va taklidchanligidir.Bola tabiatnining asosiy konunini shunday ifodalash mumkin:bola uzluksiz faoliyat kursatishni talab kiladi,lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchab koladi.Mana shu suzlardan bogcha yoshidagi bola tabiatning asosiy konuni bulmish serxarakatligini ortik cheklab tashlamay,balki maksadga muvofik ravishda uyushtirish kerakligi yakkol kurinib turibdi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bulgan munosabat orkali bola axlok normalari, kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bogcha yoshidagi bola endi uz gavdasini juda yaxshi boshkara boshlaydi. Uning xarakati muvofiklashtirilgan xolda buladi. Bu davrda bolaning nutki jadal rvojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan uzi bilganlarini mustaxkamlashga extiyoj sezadi. Uzi bilgan ertagini kayta-kayta eshitish va bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir
* Bogcha yoshdagi bolalar extiyoji va kizikishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng doiraga chikish extiyoji, munosobatda bulish, uynash extiyojlarinig mavjudligidir. Bogcha yoshidagi bolalar nutkni bir muncha tula uzlashtirganlari va xaddan tashkari xarakatchanliklari tufayli ularda uzlariga yakin bulgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosobatda bulish extiyoji tugiladi. Ular tor doiradan kengrok doiradagi munosobatlarga intila boshladilar. Ular endi kuni-kushnilarning bolalari bilan xam jamoa bulib uynaydilar.
Xamma narsani bilib olishga bulgan extiyoj kuchayadi. Bogcha yoshidagi bola tabiatiga xos bulgan kuchli extiyojlardan yana bir uning xar narsani yangilik sifatida kurib bola uni xar tomonlama bilib olishga intilishidir.
Bogcha yoshdagi bolalar xayotida va ularning psixik jixatidan usishida kizikishning roli xam kattadir.Kizikish xuddi extiyoj kabi bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun xam kizikishni bilish jarayoni bilan boglik bulgan murakkab psixik xodisa desa buladi.
Bolaning kamol topishida kizikishning axamiyati shundaki, bola kizikkan narsasini mumkin kadar chukurrok bilishiga intiladi va binobarin uzok vakt davomida kizikkan narsasi bilan shugullanishdan zerikmaydi. Bu esa uz navbatida bolaning dikkati xamda irodasi kabi muxim xislatlarni ustirishga va mustaxkamlashishga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu uyindir. Bogcha yoshidagi bolalarning uyin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda kup olimlarning dikkatini uziga jalb kilib kelmokda.
Bogcha yoshidagi bolalar uzlarining uyin faoliyatlarida ildam kadamlar bilan bilan olga karab borayotgan sermazmun xayotimizning xamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Maolumki, bolaning yoshi ulgayib mustakil xarakat kilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va xodisalar buyicha dunyoskarashi kengayib boradi.
Bogcha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatga bulishiga intiladi. Bu urinda shu narsa xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi uzining xaddi sigadigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bulgan uzining kuchi xam yetmayligan, xaddi sigmaydigan narsalar bilan xam amaliy munosobatda bulishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani, tramvayni uzi xaydagisi, rostakam otga minib yurgisi,uchuvchi bulib samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bulgisi keladi. Birok tabiiyki bola uzidagi bunday extiyojlarning birontasini xam xakikiy yul bilan kondira olmaydi. Bu urinda savol tugiladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli extiejlari bilan ularning tor imkoniyatlari urtasidagi karama - karshilik kanday yul bilan xal kilinadi? Bu karama karshilik fakatgina birgina faoliyat orkali yaoni bolaning uyin faoliyati orkaligina xal kilinishi mumkin. Buni shu bilan izoxlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning uyin faoliyati kandaydir moddiy maxsulot ishlab chikarishga karatilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni uyinga undovchi sabab(motiv) kelib chikadigan natija bilan emas balki shu uyin jarayonidagi turli xarakatlarning mazmuni bilan boglikdir. Ikkinchidan esa, bolalar uyin jarayonida uz ixtiyorlaridagi narsalarni, uzlarini kiziktirgan, ammo kattalargagina mansub bulgan narsalarga aylantirib xoxlaganlaricha erkin faoliyatda buladilar. Bolalarning uyin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jixatdan garmonik ravishda rivojlantirish uchun birdan bir vositadir. Uyin bolalar xaetida shunday kup kirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bulgan mexnat xam, turli narsalar xakida tafakkur kilish, xom xayol, dam olish va xushchakchaklik manbalari xam mujjasamlangandir, yaoni mana shu jarayonlarning barchasi uyin faoliyatida anik buladi. Shuni xam taokidlab utish kerakki uyin fakat tashki muxitdagi narsa xodisalarni bilish vositasigina emas, balki kudratli tarbiya vositasi xamdir. Ijodiy va syujetli uyinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xislatlari xam shakllanadi. Demak, bogchadagi taolim tarbiya ishlarining muvaffakiyati kup jixatdan bolalarning uyin faoliyatlarini maksadga muvofik tashkil kila borishga boglikdir.
Shunday kilib, uyin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha bolalar xayolining uzi uyin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir.
Bolalarga uyinchoklarni berishda ularning yosh xususiyatlarini, tarkkiyot darajalarini va ayni paytda ularni kuprok nimalar kiziktirishini xisobga olish kerak.
Maolumki, 1-3 yosh bolalar xali tashki muxitni juda oz uzlashtirganlar. Ular xali xattoki narsalarning rangini, xajmini xam yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ularga kugirchok bilan birga xar xil rangli kiykim, laxtak matolar xam berish kerak. Ayniksa. kiz bolalar uz kugirchoklarini xar xil rangli matolarga urab, rumol kilib uratib mashk kiladilar. Ugil bolalarga esa, xar xil rangli, bir-birining ichiga sigadigan kuticha uyinchoklarni berish foydalidir.
Uyin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bulgan taxlim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani uzlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutkni egallagan bulishi, maxlum malakalar, ukuvlar va elementar tushunchalarga ega bulishi kerak buladi. Bularga bola yukorida batafsil kursatib utganimizdek uyin faoliyati orkali erishadi.
Bogcha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, dikkat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutk, xayol, xissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni xali bir-biridan yaxshi fark kila olmaydi. Unga ranglarning farkini bilishga yordam kiladigan uyinchoklar berish lozim(bolalarning kugirchoklari uchun xar xil rangli kiykimlar berish, xar xil rangli xalkalar, kutichalar va shuning singar i narsalar juda yaxshi buladi).
Bogcha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok kilishda ularning kuzga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga(rangi va shakliga) asoslansalar xam, lekin chukur taxlil kilmaydilar.
Bogcha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok kilish kobiliyatiga ega buladilar. Buning uchun bolalar suratlarni idrok kilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni taxlil kilishga urgatishlari lozim. Bunda asosan bolalar dikkatini:
1. suratning mazmunini(syujetini) tugri idrok kilishga,
2. suratning umumiy kurinishida xar bir tasvirlangan narsalarning urnini tugri idrok kilishga,
3. tasvirlangan narsalar urtasidagi munosabatlarni tugri idrok kilishga karatish kerak.
Dikkat xar kanday faoliyatimizning doimiy yuldoshidir. Shuning uchun dikkatning inson xayotidagi axamiyati xam benixoya kattadir. Bogcha yoshidagi bolalar dikkati asosan ixtiyorsiz buladi. Bogcha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy dikkatning usib borishi uchun uyin juda katta axamiyatga ega. Uyin paytida bolalar dikkatlarini bir joyga tuplab, uz tashabbuslari bilan maxlum maksadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga kuyilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi.
Bogcha yoshidagi bolalar uzlarining faoliyatlari uchun kandaydir axamiyatga ega bulgan, ularda kuchli taassurotlar koldirgan va ularni kiziktirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib koladilar.

Yüklə 168,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə