Ilk merkanizm talimoti va uning namoyondalari Reja


Merkantilizmning predmeti va uslubi



Yüklə 28,96 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü28,96 Kb.
#166305
1   2   3
Ilk merkanizm talimoti va uning namoyondalari

Merkantilizmning predmeti va uslubi.
Merkantilizmning predmetida - ishlab chiqarishdan ajralgan holda muomila sohasini tahlil qildilar. Tadqiqot usuli sifatida iqtisodiy xodisalarning tashqi holatini ifoda etuvchi va iqtisodiyotni sistemali tahlil etishni inkor etuvchi, nazariyadan ko‗ra Amaliy faoliyatga moyil bo‗lgan - empirizm usulidan foydalandilar.
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash prinsiplari qo‗yidagilardan iborat:
Har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash;
Mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta‘minlash maqsadida tashqi savdoni tartiblash;
Arzon xom ashyoni import qilish yo‗li bilan sanoatni rag‗batlantirish;
Import tovarlarga proteksionistik tariflarni belgilash; Bu siyosatni ayniqsa
Angliya keng qo‗llagan (1/120, jumladan Ost-Indiya, Afrika).
Tayyor mahsulotlar eksportini rag‗batlantirish;
Pulning paydo bo‗lishini su‘niy ixtirosi natijasi deb hisoblab, pulning o‗zini boylik bildan bir narsa deb qaradilar; Ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o‗sishi.
(«qashshoqlik va muhtojlik xalqni shunchalik aqlli va mehnatsevar qiladi», deydi T.Mann)
Demak, merkantilizmning asosiy doktrinasi aktiv savdo balansini yurgizishdan iborat edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar olishga urinilgan. Chet ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan.
Merkantilizm rivojida 2 davrni ajratish mumkin:

  1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (15-16-asr o‗rtalari).

  2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura) (16-18-asr o‗rtalari).

(Iqtisodiyot tarixida sanoatning 3 xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila bilan birga qiladi. Manufakturada esa kooperatsiya yuzaga keladi, eng muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi paydo bo‗ladi (15 asr)).
Dastlabki va keyingi merkantilizmning o‗ziga xosligi.
Dastlabki merkantilizm 16-asrning o‗rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari U.Stafford (Angliya), G.Skaruffi (Italiya) hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat tashqi savdoni qattiq tartiblab turish yo‗li bilan mamlakatning pul boyligini ko‗paytirishga qaratilgan edi (mamlakatning puli qancha ko‗p bo‗lsa, u shuncha boy hisoblangan).
Dastlabki merkantilistlar qo‗yidagi omillarni:
Eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‗rnatishni; Tovarlar importini har tomonlama cheklashni;
Mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo‗l qo‗ymaslikni maqsadga muvofiq hisobladilar.
Keyingi merkantilizm 16-asrning ikkinchi yarmidan 18-asrgacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. Bu davrga kelib mamlakatlar o‗rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o‗rniga keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. Keyingi merkantilizmning asosiy vakillari ingliz Tomas Mann, Jon Lokk, R.Kantilon, fransiyalik Antuan Monkreten hisoblanadilar.
Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – aktiv savdo balansiga erishishdir. (eksportning importdan ustun bo‗lishidir). Eksport va import o‗rtasidagi farq – mamlakat boyligining o‗sishidir. Real boylik – bu «o‗lik pullar» yig‗indisi emas, balki yangi pullarni, ya‘ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir.
Keyingi merkantilizmning aktiv savdo balansiga erishish uchun bir qator tavsiyalari shulardan iborat edi:
Tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‗li bilan egallash;
Mamlakatda aktiv savdo balansini saqlab turgan holda tovarlar
importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari);
Shu haqda yetuk ingliz merkantilist Tomas Men «agar mamlakatda pul muomalasi qattiq tartibga solinib turilsa, chetga monetani erkin chiqarilishini taqiqlansa, unda tashqi savdoni normal rivojlantirib bo‗lmaydi» degan xulosaga keladi.
O‗z navbatida, fransiyalik Antuan Monkreten(1576-1621) «Siyosiy iqtisod traktati» nomli asarida savdogarlarni ancha foydali toifa, deb hisoblaydi. U manufakturani rivojlantirishni, hunarmandchilik maktablarini tashkil etishni, mahsulotlar sifatini yaxshilashni va mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni tavsiya qildi.

Yüklə 28,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə