|
Ilmiy metodologik kimyoKurs ishning tarkibi va hajmi
|
səhifə | 3/15 | tarix | 05.04.2023 | ölçüsü | 393,57 Kb. | | #104356 |
| Aminokislota va oqsillarKurs ishning tarkibi va hajmi:
Kurs ish kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidav tashkil topgan. Kurs ishni yozishda 25 ta ilmiy va uslubiy adabiyotlardan foydalanilgan.
I.BOB. Eritmalar mavzusi haqida ma’lumot.
1.1.Eritmalarning umumiy xarakteristikasi
Eritmalar – ikki yoki undan ortiq komponentdan iborat gomogen sistema.
Eritmalarda o’zini agregat holatini o’zgartiruvchi qismi eruvchi va ko’p qismi erituvchi deb ataladi.Eritmalar agregat holatiga ko’ra uch turga bo’linadi.
Suyuq eritmalar – suyuq modda (erituvchi) ichida gaz, suyuq va qattiq moddalar erishidan hosil bo’gan eritmalar. M; osh tuzini suvdagi eritmasi.
Qattiq eritmalar – erituvchilarga misollar qattiq moddalar (erituvchilar) ichida qattiq eruvchilar bbo’lsa bunday eritmalar qattiq eritmalar deyiladi. M:Ni va Cu qorishmasi.
Gazsimon eritmalar – gazsimon moddalarda gazsimon,suyuq va qattiq moddalarni erishidan hosil bo’lgan eritmalar. M; havo,tuman va tutun
Dispers sistemalar.
Bir moddani boshqa moddalar orasida tarqalishidan hosil bo’lgan sistema Dispers sistemalar deyiladi.Dispers sitemalar eritmalar kabi ikki qismdan iborat bo’ladi.Sistemada ko’p tarqalgan qismi – dispers muhit deyiladi.Sistemada kam tarqalgan qismi - dispers faza deyiladi.M; turpoqni suvda erishi.Dispers sistemalar tarkibidagi faza zarrachalarning o’lchamiga qarab uch guruhga bo’linadi.
Dag’al dispers sistemalar,Kalloid eritmalar,Chin (haqiqiy) eritmalar.
1) chin eritmalar – faza zarrachalarning o’lchami 1 nm dan kichik bo’lgan sistemalar. (1 nm 10-9 mm)Chin eritmalar fazani tashkil etuvchi zarrachalar xususiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi.
a) molekulyar dispers sitemalar – faza elektrolitmas moddalar (mochevina,qaqnd,glukoza,spirt) dan iborat bo’ladi.
b) ionli dispers sistemalar – faza elektrolit moddalar (asoslar,kislota va tuzlar) dan iborat bo’ladi.
Xossalari – zarrachalarni mikroskopda ko’rib o’lmaydi, tiniq, filtirlanadigan, pergament qog’ozdan o’tadigan,gomogen,optik jihatdan bo’sh, barqaror, eskirmaydigan xossaga ega. Misollar –noorganik moddalarni suvdagi eritmalari,shakarni suvdagi eritmasi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|