Ilmiy tadqiqot metodlari va usullari. Reja: Ilmiy tadqiqоt jarayonining asоsiy tushunchalari. Fan va ijоd, mеtоd va mеtоdоlоgiya



Yüklə 31,98 Kb.
səhifə4/10
tarix18.05.2023
ölçüsü31,98 Kb.
#111032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3 мавзу

Ilmiy bilimlarning asosida tamoyillar (postulat, prinsiplar) va aksiomalar 
yotadi, ular tizimlashtirishning boshlang`ich shakli bo`lib, ta`limot, nazariya va 
fanlarning poydevorini tashkil etadi. 

Nazariya- ilmiy bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy 
shaklidir. Nazariya mavjud ob`ektlarni, ular hakidagi ma`lumotlarni, jarayon va 
hodisalarni tushunish va bilishga, umumlashtirishga, yangilarini bashorat qila 
olishga imkon beradigan ilmiy tamoyillar va qonunlarni, tadqiqot metodlarini 
shakllantiradi. Shuningdek, nazariya olingan bilimlardan insonlarning amaliy 
faoliyatida foydalanish bo`ycha tegishli tavsiyalar manbaasi hamdir. 


Ilmiy qonunlar- ilmiy bilimlar tizimidagi muhim tarkibiy qism bo`lib, ular 
tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi eng ahamiyatli, ustivor va takrorlanuvchi 
ob`ektiv ichki aloqalarni aks ettiradi. 
Ilmiy qonunlar, odatda, umumiy tushunchalar, kategoriyalar sarasiga 
kiritiladi. 


Gipoteza- ilmiy bashoratning bir turi bo`lib, uning ishonchli ilmiy nazariyaga 
aylanishi uchun tajribada sinab ko`rilishi va nazariy asoslanishi talab etiladi. 

Ilmiy bilishning umumiy va maxsus metodlari - ilm-fandagi masalalar-
nazariyalarni yaratish, borliqning ob`ektiv qonunlarini tashkil etish, ilmiy faktlarni 
aniqlash kabilarni yechishning quroli bo`lib xisoblanadi. 

Umumiy metodlar uch guruhga bo`linadi: 
1)

empirik tadqiqot metodlari (kuzatish, taqqoslash, o`lchash, eksperiment); 


2)

nazariy tadqiqot metodlari (abstraktlikdan konkretlikka ko`tarilish va b.); 


3)

empirk va nazariy tadqiqot metodlari (analiz va sintez, induksiya va 


deduksiya, modellashtirish, abstraktlashtirish va b.). 

Kuzatish - ob`ektni o`rganishda unga ta`sir etmasdan bilish metodidir. Bunda 
ob`ektning xossasini, qayd etish va o`lchash bilan chegaralaniladi, uning o`zgarishi 
kuzatiladi (masalan, keskichning yeyilishini kuzatish). Tadqiqot natijalari bizga real 
ob`ektlarning ob`ektiv xossa va aloqalari xaqida ma`lumot olish imkoniyatini
beradi. Ushbu natijalar tadqiqotining ixtiyori, hissiyoti va hohish-irodasiga bog`liq 
emas. 

Taqqoslash (qiyoslash) - ilmiy bilishning keng tarqalgan metodi bo`lib, u 
“hamma narsa qiyoslanganda bilinadi“ degan tamoyilga asoslanadi. Taqqoslash 
natijasida bir necha ob`ektga taalluqli bo`lgan umumiy jixatlar aniqlanadi. Bu esa, 
ma`lumki, qonuniyat va qonunlarni bilish yo`lidagi birinchi qadamdir. 



Yüklə 31,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə