Ilmiy tadqiqot metodlari va usullari. Reja: Ilmiy tadqiqоt jarayonining asоsiy tushunchalari. Fan va ijоd, mеtоd va mеtоdоlоgiya



Yüklə 31,98 Kb.
səhifə7/10
tarix18.05.2023
ölçüsü31,98 Kb.
#111032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3 мавзу

Abstrakt  fikrlash - ijodiy yondoshishning majburiy shartidir. 

Konkretlashtirish - bu umumlashtirish va abstraktlashtirish 
jarayonida ajratib olingan, e`tibordan soqit qilingan, oldingi butun belgi va 
xususiyatlarni yana predmet va xodisalar bilan bog`lab, shu predmet va 
hodisa haqida aniq bir fikr xosil qilishdir. 
Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish tafakkurdagi 
bir mantiqiy amalning turli tomonlaridir. Tadqiqotchi umumlashtirish, 
abstraktlashtirish va konkretlashtirish usullari asosida tafakkur jarayonida 
yangi nazariy bilimlarni hosil qiladi. Bu usullarning har uchalasi tafakkur 
jarayonida doimo birgalikda qo`llanilib, bir-birlarini to`ldirib boradi. 

Tarixiylik – bu o`rganilayotgan predmet yoki hodisaning paydo 
bo`lishi, rivojlanish va yemirilish jarayonlari birligini, uning tarixiy 
taraqqiyot jarayonida boshqa voqealar bilan aloqadorligini nazariy bilishga 
oid usuldir. Tarixiylik deganda, tadqiq etilyotgan predmet yoki hodisaning 
konkret sharoitda paydo bo`lishi, yashashi, rivojlanish va yemirilish yoki 
yo`q bo`lishidan iborat jarayonning tafakkurda ifodalanishi tushuniladi. 

Mantiqiylik esa, ana shu tarixiylikning tadqiqotchi fikridagi 
umumlashtirilgan, abstraktlashtirilgan, konkretlashtirilgan, qisqartirilgan
tasodiflardan tozalangan abstrakt konkretlik shaklidagi ifodalanishidir. 
Mantiqiylikda tarixiylikning eng zarur va eng asosiy tomonlari, 
xususiyatlari, qonuniyatlari ifodalanadi. Tarixiylik va mantiqiylik o`zaro 
chambarchas bog`liq. Tadqiqotchi biron bir ob`ekt ustida izlanishlar olib
borganida ilmiy bilishning bu usullarini to`g`ri qo`llashi lozim. Haqiqatan 
ham, tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisaning real tarixini to`g`ri 
o`rganib chiqmay turib, uning mohiyatini to`g`ri ifodalab bo`lmaydi. 
Keyingi vaqtda EXM va kompyuterlarning yaratilishi, ularning 
ishlab-chiqarishga keng joriy etilishi, matematik usullarning konkret fanlar 
sohalarida samarali qo`llanilishi formallashtirishi va modellashtirish kabi 
yangi usullarning paydo bo`lishiga olib keldi. 
Ilmiy tadqiqotning formalashtirish metodining asosini matematik 
abstraklashtirish tashkil etadi. 


Yüklə 31,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə