Ilmiy tadqiqotni rasmiylashtirish va joriy etilishi



Yüklə 26,93 Kb.
tarix26.04.2023
ölçüsü26,93 Kb.
#107015
7-mavzu ilmiy tadqiqotni rasmiylashtirish va joriy etilishi


ILMIY TADQIQOTNI RASMIYLASHTIRISH VA JORIY ETILISHI

1. Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish


2. Dissertatsiya va unga qo‘yiladigan talablar
3. Magistrlik dissertatsiyasini mazmuni, tarkibiy qismlari va rasmiylashtirish qoidalari
1. Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish

Ilmiy tadqiqotning masu’liyatli bosqichini olingan natijalarni rasmiylashtirish tashkil qiladi. Katta fanga qadam tashlagan yosh tadqiqotchi qo‘lga kiritgan izlanish natijalarini Oliy ta’lim muassasi hukmiga taqdim qilishdan oldin ilmiy ishlarni rasmiylashtirish qonun-qoidalari bilan batafsil tanishib chiqishi va ularni o‘zini faoliyatida tatbiq qilish lozim.
Bajarilgan tadqiqot, uning natijalari davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom, qabul qilingan standart va qoidalar asosida rasmiylashtirilgandan keying mutasaddi tashkilotlar tomonidan tan olinadi.
Rasmiylashtirilgan ish ijtimoiy qadriyat va intellektual mulkka aylanadi.
Ilmiy tadqiqot natijalari dastlab qo‘lyozma huquqida bo‘lgan hisobot shaklida tayyorlanadi.
Keyinchalik hisobot materiallari turli matbuot organlarida chop qilinadi.
Amaliy va nazariy jihatdan muhim hisoblangan, o‘zida yangilikni saqlagan ilmiy natijalar monografiya, ilmiy maqola, ilmiy va ilmiy-amaliy anjuman materiallari shaklida chop etiladi.
Bunda bir qator uslubiy talablarga rioya qilish lozim. Xususan, materialni bayon etish aniq, izchil va tizimli bo‘lishi kerak.
Qo‘lyozma matni abzatslarga bo‘linadi. Abzats satr boshi bo‘lib, u 5 ta harf joyi tashlangandan keyin boshlanadi. Har bir abzats bir yoki bir nechta hukmlarda ifodalangan mustaqil fikrni o‘z ichiga oladi. Bir butun abzats stilistik va mantiqiy izchillikni ta’minlaydi, o‘qishni osonlashtiradi.
Matnda qaytarishlar bo‘lmasligi lozim, faqat bir fikr tugallangandan keyin boshqa ma’noga ega bo‘lgan fikrga o‘tiladi.
Jumla va iboralar qisqa, tushunarli va aniq tarzda yoziladi. Tadqiqot predmetiga oid mavjud nuqtai nazarlar tanqidiy tahlil asosida xolisona ko‘rib chiqiladi.
Matnni raqamli va ixtiboslar bilan to‘ldirib yuborish tavsiya etilmaydi, bu diqqatni asosiy masaladan chetga tortadi. Ixtibos (matnda keltirilgan asos) adabiyoti va manbai aniq ko‘rsatiladi.
So‘z qisqartmalari standart simvollar orqali beriladi. Masalan, 10 tonna 10 tn yoki 10 t. emas, faqat 10 t (nuqtasiz) shaklida yoziladi. Bunday standart iboralar va qisqartmalar haqidagi ma’lumot barcha qomusiy va ixtisoslashgan lug‘atlarda mavjud.
Har qanday tugallangan ilmiy ish natijalarini matnga tushirish ma’lum kompozitsiya (tuzilma) asosida amalga oshiriladi. Bunda birinchi navbatda mantiqiy izchillik va strukturaviy ketma-ketlikka e’tibor berish kerak.
Hisobot, risola yoki maqola yozishda quyidagi strukturaga rioya qilinadi.
Oldin ishni nomi belgilanadi. Ishni nomi sar varaq hisoblangan 1-betga olib chiqiladi. Shu betda muallif yoki mualliflar familiyalari, lavozimi, vaqt, muassasa va shahar nomlari yoziladi. Ishni nomi imkoniyat darajasida qisqa, aniq bo‘lishi va bajarilgan ish mazmuniga mos kelishi kerak.
Sar varaqdan keyin mundarija joylashtiriladi. Mundarijada ishning barcha bo‘limlari va qismlari (boblar, paragraflar, raqamlar bilan ifodalangan sahiyaalar), ularning nomlari belgilanadi.
Ishni kirish qismida tanlangan mavzu dolzarbligi, belgilangan vazifalarni maqsad va mazmuni asoslanadi, tadqiqot ob’ekti va predmeti, izlanishning metodologik bazasi, shu sohadagi yetakchi olimlar qo‘lga kiritgan natijalar, axborot manbalari ko‘rsatiladi.
Ishni asosiy qismida qo‘lga kirilgan natijalar bayoni, xususan, materiallar tahlili, tezislar, mmulohazalar, yangi g‘oya yoki yondashuv va talqinni asoslaydigan faktlar va argementlar, umumlashma va xulosalar keltiriladi.
Tadqiqot jarayonida jadvallar va grafik modellardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Har bir jadval yoki rasmni nomi va tartib raqami beriladi.
Ishni oxirida xulosa tuzilib, u qo‘lga kiritilgan yakuniy natijalarning mantiqiy umumlashmasini tashkil qiladi. Xulosada qo‘lga kiritilgan yangi natijalarni asoslanganligi ko‘rsatiladi, hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar va istiqboliy muammolar belgilanadi.
Ilmiy ish salohiyatini namoyish etadigan belgilardan biri uning bibliografik (adabiyotlardan foydalanish) apparatidir. Bibliografik apparatga qarab, muallifning o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha kasbiy malakasi va mahorati xususida ma’lum fikrga kelish mumkin.
Bibliografik apparatning muhim unsurini foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tashkil qiladi. Adabiyotlar ro‘yxatini bir nechta turi - mualliflar familiyalari yoki boblar, mavzular, nashrlar tartibi bo‘yicha, ish mazmunini xususiyatiga qarab; aralash tuzilmalar va boshqa ko‘rinishlarda mavjud .
Ro‘yxatda keltirilgan adabiyotlarni qayd qilish qoidasi: muallif familiyasi, ismi-sharifi, ishni nomi, shahar, nashriyot, nashr etilgan yil, ishni hajmi, agar to‘plam bo‘lsa, bo‘lim hajmi keltiriladi.
Bajarilgan ish yuzasidan annotatsiya va referat tuzishga to‘g‘ri keladi.
Annotatsiya bajarilgan ishni mazmuni, vazifasi, shakli haqidagi qisqacha ma’lumotdir. Annotatsiya axborot funksiyasini bajarib, mazkur ishda nima haqida mulohaza yuritilayapti, degan savolga javob beradi.
Referat ilmiy ishni qisqartirilgan bayonidir. Unda faktik ma’lumotlar, mulohazalar va xulosaning qisqacha bayon beriladi. Muallif magistrlik yoki doktorlik dissertatsiyasiga referat yozsa, unda u avtoreferatga aylanadi.
Referat va avtoriferatda mavzu, muammo ob’ekti va prdmeti, ishni harakteri va maqsadi, tadqiqotni uslubiy asoslari, bob va paragraflar mazmuni, qo‘lga kiritilgan natijalar tavsiyalar aks etiladi.
Qo‘lyozma ustida ishlashni muhim tomonini tahrir tashkil qiladi. Tahrir qilishdan maqsad asarda keltirilgan mulohazalarni jamiyat va o‘quvchi manfaatlari nuqtai nazardan tanqidiy baholash va takomillashtirishdir. Bu yerda birinchi navbatda muallifni o‘zi o‘z asariga muharrirlik qilishi lozim.

2. Dissertatsiya va unga qo‘yilgan talablar



Dissetatsiya (lot dissertatio – mulohaza, tadqiq) – bu ilmiy kengash majlisida himoya qilinadigan ilmiy tadqiqotning maxsus shaklidir. U fan doktori va magistrlik akademik darajasini olish maqsadida bajariladi.
Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy darajasi ta’lim dasturiga to‘liq javob berishi, ilm-fanning hozirgi zamon muammolarini yechishga, ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Bu dissertatsion tadqiqot oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa va talabdir.
Dissertatsiya mavzusi muassasaning ilmiy ishlar rejasiga kiritiladi, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasi Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlananadi.
Dissertatsiyani yozishda muallifdan mustaqil ilmiy izlanishlar olib borish, kasbiy masalakasini shakllantirish, ilmiy va kasbiy muammolarni hal qilishning qoida va usullarini bilish, olingan natijalarni amaliyotga tatbiq qila olishga doir ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasi oldiga qo‘yilgan talabni muhim jihati ishni yozishdan maqsadda o‘z ifodasini topadi. Dissertatsiyani tayyorlashdan maqsad-mavzu bo‘yicha magistrantning shaxsiy kuzatishlari, tajriba natijalari jamlangan ilmiy va amaliy ma’lumotlar va dalillarni to‘plash, tartibga keltirish, muammo tahlili va qilingan ijodiy, hamda, ilmiy-uslubiy yechimni bayon qilish, tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha tavsiya va takliflar berishdan iboratdir.
Texnika sohasidagi muammolarga bag‘ishlangan dissertatsiyalar oldiga zamonaviy postnoklassik fan va texnologiya darajasida turgan texnologik jaaryonlarni o‘rganish va ishlab chiqish, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan mashina va uskunalar kompleksini yaratish, yangi materiallarni olish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, hamda, texnikaning muhim nazariy va funksional muammolarini hal etish kabi vazifalar qo‘yiladi.
Tadqiqotdan kutilayotgan samaradorlikni inobatga olib, yuqorida qayd qilingan vazifalarni yanada konkretlashtiramiz:
- tanlangan mavzu dolzarbligini asoslash;
- sohaga doir ilmiy muammo holatini tahlil qilish;
- muammoning samarali yechimini ilmiy, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berish;
- muammo yechimining patentga loyiqligini aniqlash va patent sofligini belgilash;
- tadqiqot natijalari bo‘yicha xulosalar va takliflarni ishlab chiqish, hamda, ularni iqtisodiyot va ishlab chiqarishning tegishli tarmoqlarida tatbiq qilish imkoniyatini aniqlash kerak.
Magistrlik dissertatsiyasiga nisbatan belgilangan vazifa va talablarni to‘la, yuqori saviyada bajarish umum qabul qilingan xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan ilmiy ishni tayyorlash va himoya qilish imkoniyatini beradi.
3. Magistrlik dissertatsiyasini mazmuni, tarkibiy qismlari va rasmiylashtirish qoidalari

Magistrlik dissertatsiyasi – magistraturada ta’lim olayotgan talabaning yakunlovchi ishi hisoblanadi. Dissertatsiya ishi talabaning o‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishining natijasidir.
Magistrlik dissertatsiyasining mazmuni bajarilgan ishning ijodiy o‘ziga xosligi, muallif bilimi, uning individual tajribasi va qarashlarini ilmiy ifodalanishi bilan ajralib turishi kerak.
Dissertatsiyaga muallif tomonidan ta’riflanish ilmiy mulohazalar, qoidalar, xulosa va tavsiyalar kiritilib, ular nazariy jihatdan asoslangan va tajribada o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasi mantiqan izchil reja asosida yoziladi. mazkur reja muammo, tadqiq qilish va ilmiy-amaliy masalalarni hal etish yo‘llarini ifodalaydi.
Dissertatsiya strukturasini ishlab chiqish uchun magistrant izlanish ob’ekti va predmetiga doir dastlabki manbalar, adabiyotlar, xorijiy ma’lumotlar, mahalliy, ilmiy, statistik va boshqa tegishli manbalarni diqqat bilan o‘rganib chiqadi.
Tadqiqot loyihasi mutaxassislik kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilinadi va dissertatsiya mazmuni bo‘yicha kerakli taklif va tavsiyalar beriladi.
Magistrlik dissertatsiyasi tuzilishi:
- sar varaq;
- mundarija;
- kirish;
- asosiy qism;
- xulosa va takliflar;
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
- ilova.
Kirish qismini tuzilishi;
- tadqiqot mavzusining dolzarbligi;
- dissertatsiyaning maqsadi va vazifalari;
- muammoning ishlanganlik darajasi;
- tadqiqotning ilmiy yangiligi;
- tadqiqot ob’ekti va predmeti;
- tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati;
- foydalanilgan metodologik va uslubiy yondashuvni belgilash
- tadqiqotning nazariy va gipotetik asosi;
- himoyachi olib chiqilgan asosiy g‘oyalar, ularning yangiligi;
- tadqiqot natijalarini ilmiy va amaliy ahamiyati
- tadqiqot aprobatsiyasi, izlanish natijalarini sinov va muhokamalardan o‘tkazilganligi, nashrlarda e’lon qilinganligi.
Ishning asosiy qismida tadqiq jarayoni bayoni, materiallar tahlili, qo‘lga kiritilgan natijalarni umumlashmalari, yangi fikr va holatlarni asoslaydigan dalillar, qisqacha xulosa keltiraladi.
Xulosa qismi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmini 10-155 tashkil qlib, unda tadqiqot natijalari umumlashtiriladi, taklif va tavsiyalar beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Hozirgi vaqtda bunday ryo‘xatni manba va adabiyot turlari bo‘yicha shaxobchalangan va konkretlashtirilgan tarzda keltirish qabul qilingan.
Ilova-boshlang‘ich ma’lumotlar, diagrammalar, sinov va tatbiq etish dalolatnomalari va shunga o‘xshash materiallar keltirilgan bo‘lim.
Magistrlik dissertatsiyasi qabul qilingan standartga muvofiq tikilgan va muqovalangan bo‘lishi kerak.
Mashistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi 70-80 varaq matndan (ilovadan tashqari) iborat bo‘li, A4 (21*29) format qog‘ozga kompyuterda 1,5 intervalda Times nev Roman, 14 shriftda yozilgan bo‘ladi. Matning chap tomoni 30 mm. yuqori 25 mm, o‘ng tomoni 15 mm. va quyi tomonida 2125 mm. bo‘sh maydon bo‘lishi lozim. Betning tartib raqami sahifaning osti o‘rtasiga qo‘yiladi.
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishdan oldin magistrant tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy to‘plamlar va ilmiy-amaliy anjuman materiallarida bir nechta maqolalar chop qilishi lozim.
Yüklə 26,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə