Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


1:5 nisbatda suyultirilgan



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə20/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
Иммунология

7

1:5 nisbatda suyultirilgan

























tckshiriladigan zardob

0.2

-

-

0.2

-




-

-

Musbat zardob

-

0.2

-

-

-




-

-

Manfiy zardob

-

-

0.2

-

-




-

-

Antigen

0.2

0.2

0.2

-

0.2




-

-

Natriy xloridning

























izotonik eritmasi

-

-

-

0.2

0.2




0.4

0.6

Komplementning

























ishchi dozasi

0.2

0.2

0.2

0.2

0.2




0.2

-

37°C da 30 daqiqa inkubatsiya qilish yoki 0-4°C dagi sovuq sharoitda







inkubatsiya qilish

























Gemolitik sistema

0.4

0.4

0.4

0.4

0.4

0.4

0.4

20-30 daqiqa davomida37°C da inkubatsiya qilish

Natijalar



























Kontrol sifatida (2 va 3 probirkalar) oldindan musbat va manfiy reaksiya beradigan zardoblar hisoblanadi: 4 va 5 probirkalar zardob va antigenning komplementga qarshi hususiyatini aniqlash uchun xizmat qiladi: 6 va 7 probirkalarda komplement va gemolitik sistemaning sifati tekshiriladi.
Bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasini qo'yish

Komplementni bog'lash reaksiyasining asosiy tajribasi
Laboratoriyada BGR qo'yish uchun standart eritrotsitli diagnostikumlardan foydalaniladi (30-jadval). BGR hozirgi vaqtda chuqurchali plastinkalarda, probirkalarda yoki ko'proq mikroplanshetkalarda qo'yiladi. Tajriba natijasi va uningdarajasini aniqlash uchun to'rt musbat (++++) belgi qo'yish sistemasi ishlatiladi. Reaksiya natijasi 2 soat 37°C termostatda turganidan keyin tekshiriladi. Agar reaksiya yuqori musbatli, ya'ni (++++) bo'lsa, eritrotsitlar bir-biriga yopishib, probirka tubida zontik shaklini eslatuvchi cho'kma hosil bo'ladi. 3 musbatli (+++) reaksiyada esa zontik shaklini hosil bo'lishi bilan birga, eritrotsitlar shu zontikning o'rtasida tugmachaga o'xshab yig'ilib qoladi. 2 musbatli (++) reaksiyada esa tugma kattaroq bo'ladi. Agar reaksiya manfiy (-) bo'lsa, eritrotsitlar bir-biriga yopishmaydi va probirkalar o'rtasida tugmachaga o'xshash cho'kma hosil qiladi. To'rt va uchta (+) reaksiyalar musbat hisoblanadi. Reaksiya 2 kontrol bilan qo'yiladi, ya'ni diagnostikum va zardob.


30-jadval

BGR ning qo'yilish sxemasi

Ingrediyentlar

Probirkalar

1

2

3

4

5

6

7

8

Suyultirish darajasi

1:10

1:20

1:40

1:80

1:160

1:320

Kontrollar

Zard.

Diagn.

Natriy xloridning

























izotonik eritmasi

























(ml)

-

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

Kasalning qon

























zardobi 1:10 (ml)

























(1,8 eritmasi -

























0,2 zardob)

1,0

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

-

Eritrotsitli diag­

























nostikum (ml)

0,25

0,25

0,25

0,25

0,25

0,25

-

0,25






Ilova: 7-probirkadan 0,5 ml suyuqlik dez.eritmaga to'kiladi.
Probirkalar yaxshilab aralashtirilib, 37°C li termostatga 2 soat qo'yiladi, natijasi daftarga yoziladi.
17-MA VZU. SEROLOGIK REAKSIYALAR: PRETSIPIl ATSIYA REAKSIYASI, IFA, IMMUNOBLOTING REAKSIYALARI VA
BOSHQA SEROLOGIK REAKSIYALARNING QO'YILISHI VA
AHAMIYATI
Mashg'ulot rcjasi

  1. Pretsipitatsiya reaksiyasi (PR), uning qo'yilish yo'llari va tibbiyot amaliyotidagi ahamiyati.

  2. Immunoferment analiz (IFA), uning kelib chiqish mexanizmi va meditsina amaliyotida qo'llanilishi.

  3. Immunobloting reaksiyasi va uning amaliyotda qo'llanilishi.

Namoyish qilish

    1. PR ishlatiladigan ingrediyentlar, reaksiya qo'yilishi aks ettirilgan rangli rasm, sxemalar.

    2. IFA reaksiyalarining qo'yilishi aks ettirilgan rangli rasm, sxemalar.

    3. Immunobloting reaksiyasi, reaksiya qo'yilishi aks ettirilgan rangli rasm va sxemalar.

Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq

      1. Halqasimon pretsipitatsiya (Askoli) reaksiyasini qo'yish.

      2. Immunoferment (IFA) analiz reaksiyasini qo'yish.

Pretsipitatsiya reaksiyasi
Pretsipitatsiya reaksiyasida: agglyutinatsiya reaksiyasidan farqli o'laroq, dispers kolloid holatidagi antigen (pretsipitinogen) bilan qo'shilib, elektrolit (0,85% NaCl) ishtirokida pretsipitat (mayda cho'kma) hosil qiluvchi antitelalar (pretsipitinlar) ishtirok etadi. (58-rangli rasm). Antigen, ya'ni pretsipitinogen bo'lib, turli xil oqsil moddalar (hayvon, o'simlik va mikroorganizm oqsillari) va issiqlikka chidamli ba'zi bir mikroorganizmlarning antigenlari: kuydirgi va tulyaremiya kasalligining qo'zg'atuvchilari kiradi. Pretsipitatsiya reaksiyasi (PR) juda sezgir va maxsus usul bo'lib, bu reaksiya yordamida 1:10 gacha suyultirilgan antigen yoki gaptenni aniqlash mumkin. Pretsipitatsiya reaksiyasining yuqori darajada sezgirligi, ma'lum antizardoblar yordamida ko'pgina antigenlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Buning uchun maxsus probirkalardagi standart suyultirilgan diagnostik zardoblarga ketma-ket suyultirilgan antigen asta-sekin probirka devoriga tomiziladi, bir necha daqiqa o'tgandan so'ng ikki muhit chegarasida antigen antitela birikmasi oq halqa ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bunda pretsipitatsiya qiluvchi zardobning titri, deb maksimal suyultirilgan antigen ishlatilganda yaqqol namoyon bo'ladigan pretsipitatsiya reaksiyasi tushuniladi.
PR quyidagi amaliv ishlarda qo'llaniladi:

        1. Yuqumli kasalliklar diagnostikasida (kuydirgi, tulyaremiya, toun va boshqalar).

        2. Ba'zi bir bakteriyalarning turini yoki tipini aniqlashda.

        3. Sud tibbiyot ekspertizasi amaliyotida. Masalan, qon dog'i, sperma qaysi turga mansubligini aniqlashda keng qo'llaniladi.

        4. Sanitariya ekspertizasida esa qalbaki oziq-ovqat mahsulotlarini (sut, go'sht, baliq, asal va boshqalar) aniqlashda ishlatiladi.

Biologiyada esa turlar o'rtasida irsiy bog'lanish borligini (o'simliklar, mikroorganizmlar va hayvonlar) aniqlashda qo'llaniladi. PR ning hozirgi kunda ko'plab modillkatsiyalari ishlab chiqilgan. Asosan ikki yo'nalishda, elektrolit muhitda va gelda qo'yiladi. Elektrolit muhitida eng ko'p halqasimon PR qo'llaniladi. Bu juda sodda reaksiya bo'lib, oson qo'yilishi bilan ajralib turadi. Reaksiya ko'proq kuydirgi kasalligi diagnostikasida keng qo'llaniladi. Kuydirgi qo'zg'atuvchisini hujayra devorida ikki toifa antigeni uchraydi. Birinchi toifa antigenlari issiqlikka chidamsiz, yuqori haroratda parchalanib ketadi, ikkinchi toifa antigeni esa issiqlikka chidamli hisoblanadi. Shu antigenni topishda PR qo'llaniladi. Shuning uchun bu reaksiyani termopretsipitatsiya reaksiyasi ham deb ataladi. Antigen sifatida kuydirgi kasalligidan halok bo'lgan hayvonning terisi, yungi va boshqa joyidan olingan materiallar ishlatiladi. Ular qaynatilib, filtratlar tayyorlanadi, uni maxsus PR uchun mo'ljallangan probirkalarga quyiladi.
Filtratning ustiga sekin-asta shoshmasdan probirkaning devoridan maxsus pretsipitatsiyaga uchratuvchi immun zardob qoplab tushiriladi. Agar PR musbat bo'lsa, ikki suyuqlik chegarasida halqa, ya'ni pretsipitat paydo bo'ladi (58-rangli rasm), bu esa tegishli antigen borligidan darak beradi. Pretsipitatsiya zardobini titri engyuqori antigen suyultirgani bilan ifoda qilinadi. Bu holda probirkada aniq PR ro'y beradi. Immun zardobining dispersligi antigennikidan kam bo'lgani uchun ularni tenglashtirish maqsadida antigen suyultiriladi. Bundan tashqari, geldagi (agardagi) pretsipitatsiya reaksiyasi ham bor. Agarli Petri kosachasida bir-biridan oralig'i teng bo'lgan chuqurchalar hosil qilinadi. Markaziy chuqurchaga tarkibida antitelalar bo'lgan zardob tomiziladi, qolganlariga esa tekshiriluvchi materiallar yoki antigenning har xil darajada suyultirilgani quyiladi. Agarda moddalar diffuziya bo'ladi va teng miqdorda bo'lgan joyda antigen va antitelalar uchrashadi va xira rangli chiziqlar, ya'ni pretsipitatsiya yoylari hosil bo'ladi (58-rangli rasm). Bu reaksiyadan difteriya qo'zg'atuvchisining zaharli shtammlarini aniqlashda foydalaniladi.
Pretsepitatsiya reaksiyasining 20 dan ortiq turlari mavjud bo'lib, probirka ichida, kapillyarlarda, buyum oynachalarida, filtr qog'ozida, atsetat sellyulozali plyonkada, gelda qo'yiladigan PR larga bo'linadi. Shulardan biri flokkulyatsiya reaksiyasi. Bunda antitoksin tutuvchi zardobli probirkaga toksin qo'shilsa, birikma hosil bo'ladi va natijada probirkadagi suyuqlik xiralashadi. Flokkulatsiya reaksiyasi zardob ishlab chiqarishda antitoksik zardoblarning faollik darajasi yoki ta'sir kuchini aniqlashda ishlatiladi. Antitoksik zardoblar ta'sir kuchining o'lcham birligi sifatida xalqaro birlik (XB) qabul qilingan. Xalqaro birlik, bu ma'lum bir miqdordagi toksinni Dim (dosis letalis minimalis - o'limga olib keluvchi eng kam miqdor) neytrallay oladigan antitoksik zardobning eng kam miqdoridir. Antitoksik zardoblar bir necha marta anatoksin bilan immunizatsiya qilingan hayvonlarning qon zardobidan ajratib olinadi. Olingan zardoblar tozalikka, apirogenlikka (hayvon organizmiga yuborilganda tana harorati ko'tarilmasligi kerak) tekshiriladi. Ularning titrlari in vivo (hayvonlarda) va in vitro (flokkulatsiya) usullari yordamida aniqlanadi.

Klinik immunologiyada ham PR keng qo'llaniladi. Qon zardobi har xil immunoglobulinlarning miqdorini aniqlashda pretsipitatsiya reaksiyasining gelda qo'yiladigan yana bir turi ishlatiladi. Bu usul Ouxterloni va Manchini geldagi immunodiffuziya reaksiyasi deb ataladi (65-rasm).

31-jadvul
PR ning probirkada qo'yilish sxemasi


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə