Imtiyozli aksiya



Yüklə 13,15 Kb.
tarix09.05.2023
ölçüsü13,15 Kb.
#109363
1Savol Javobi


1Savol Javobi
Imtiyozli aksiya - dividend olingan foydaga qarab emas, balki oldindan belgilangan katʼiy foizlarda beriladigan aksiya. Lekin bunday aksiya egasi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish xuquqiga ega boʻlmaydi. Bunday aksiyalar, qoidaga koʻra, aksiyadorlik jamiyati nizom jamgʻarmasining 10% idan ortiq chiqarilishi mumkin emas. Jamiyat, bi-rinchi navbatda, I.a. egalari bilan hisob-kitob qilganidan keyin qolgan mab-lagʻ oddiy aksiya egalari ga taqsimlanadi. Aksiyalar egasining oʻzida yoki depozitariylarda saklanadi. Mas, 1995 yilda "Vaqt" milliy depozitariysida 2040 aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd. soʻmlik aksiyalari saklangan
2Savol Javobi
Fyuchers (lot. futurus — kelajak) — tovar yoki fond birjalarida xom ashyo tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qogʻozlarni hozirgi amalda boʻlgan narxlarda, lekin yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish bilan oldi-sotdi qilish boʻyicha bitishuvlar. Bitishuv ijrosiga qadar xaridor kamroq kafolat summasini (zakalat) beradi. Aksariyat hollarda F. bitimlari tovarni uzil-kesil xarid qilish yoki sotish maqsadlarida emas, balki kelgusi bitishuvlarga naqd tovarni gʻamlash yoki tovarni keyinchalik qayta sotish hisobidan foyda olish maqsadlarida tuziladi. Hali ishlab chiqarilmagan tovarning namunalari boʻyicha oldi-sotdi bitishuvlarini ham F. deb atash mumkin. F. to muddati kelguniga qadar birjalarda maklerlar tomonidan koʻp marta qayta sotiladi va sotib olinadi
3Savol Javobi
Ipoteka kreditlari dinamikasi iqtisodiy tahlil uchun juda muhim. Chunki, aynan ipoteka kreditlariga talab va taklif ushbu bozorning va umumiy iqtisodning holatini ifodalaydi. Ushbu maqolada prognozlashning Arima modeli haqida so‘z borib, ushbu model yordamida Ipoteka kreditlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Kreditlar, ipoteka krediti, prognozlash turlari, Arima modeli, Boks Jenkins metodologiyasi Kirish. Ipotekali kreditlash amaliyoti takomillashmagan o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida bir pog‘onali ipotekali kreditlash tizimini joriy etish davlatning ushbu jarayondagi rolini sezilarli darajada oshirishni taqozo etadi. Bunda davlat tomonidan ipoteka kreditlari berish bilan shug‘ullanayotgan banklarni soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish yuli bilan qo‘llab quvvatlash, aholining banklardagi depozitlarini sug’urtalash nazarda tutilmoqda. Taraqqiy etgan mamlakatlarda ipoteka shartnomalarining asosiy qismi 30 yil muddatga tuziladigan standart shartnomalar bo‘lib, odatda, oila daromadining ipoteka kreditiga yo‘naltiriladigan qismi 30 foizdan oshmaydi. Bunda aholi daromad darajasining yuqori ekanligi muhim rol o’ynaydi. AQShlik taniqli iqtisodchi olim J.Sinkiing tadqiqotlari natijalari ko‘rsatadiki, birinchidan, ipoteka kredit ta’minlanganligini oshiruvchi eng muhim vositadir; ikkinchidan, ko‘chmas mulk bilan ta’minlangan kreditlar boshqa ta’minotga ega kreditlar bilan solishtirilganda ancha xavfsiz hisoblanadi. Chunki, kreditning qaytmaslik xavfi yuzaga kelganda narxi va saqlanish darajasi bo‘yicha kam o‘zgarishga uchraydigan garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ob’ektini sotish hisobiga kreditni qoplash mumkin. Bunda albatta rivojlangan ko‘chmas mulk bozori va mulklarning real baholanganligi muhim ahamiyatga egadir. Uchinchidan, ipotekaning kredit sifatida nomoyon bo‘lishi uning asosiy jihati ekanligini hisobga olish lozim [1]: Ipoteka krediti – bu ko‘chmas mulk, bino va inshootlar hamda yer maydonlarini garovga olgan holda ko‘chmas mulklarni sotib olish, ularni yangidan barpo etish yoki ta’mirlash, yerlarni o‘zlashtirish maqsadlarida ajratiladigan uzoq muddatli ssuda hisoblanadi. Hozirgi davrda respublikamiz tijorat banklari asosan jismoniy shaxslarni birlamchi va ikkilamchi bozorlardan uy-joy sotib olishlari uchun kredit berishmoqda.
Yüklə 13,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə