Industrial va innovatsion iqtisodiyot


Investitsiyalarning mazmuni va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati



Yüklə 162,03 Kb.
səhifə4/8
tarix15.03.2023
ölçüsü162,03 Kb.
#102576
1   2   3   4   5   6   7   8
Industrial va innovatsion iqtisodiyot

Investitsiyalarning mazmuni va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati

Bozor iqtisodiyoti sharoitida qulay investitsion faoliyatni shakllantirish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. U kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ilmiy-texnika taraqqiyotining o’sish sur‘atlari va ko’lamiga faol ta‘sir ko’rsatadi, aholi salmoqli qismining bandligini ta‘minlashga sharoit yaratadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining oqilona joylashtirilishi va rivojlanishi ko’p hollarda investitsiya faoliyatining darajasiga bog’liq bo’ladi.
Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini va asosiy kapitallarni yaratish hamda amalda faoliyat yurituvchilarini qo’llash uchun yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarining ancha qismi investitsiya sohasi orqali o’tishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlab o’tganidek: «Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish islohotlarimiz strategiyasining juda muhim shartidir. Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo’nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o’tkazish bilangina ro’yobga chiqadi7».
Ivestitsiya siyosati – O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasiin ta’minlashga, investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo’naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir o’zaro bog’liq tadbirlar majmuidir8.
Investitsiya siyosati har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida eng muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki shu siyosat orqali mamlakat ishlab chiqarish quvvatining yuqori darajada o’sishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va sifatining ortishi, moddiy va ma‘naviy ehtiyoj qondirilishi, butun davlat infratuzilmasining rivojlanishini ta‘minlash mumkin. Hozirgi zamon investitsiya siyosati iqtisodiy tuzilmani o’zgartirishni amalga oshiruvchi asosiy dastak bo’lib, qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirish, tabiiy resurs va hududlarni o’zlashtirish, aholini ish bilan ta‘minlash, fan-texnikani rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etish kabilarni hal etishga qaratilishi kerak.
Investitsiya sohasi hozirgi sharoitda bozor iqtisodiyotining milliy va jahon darajasisiz mavjud bo’lishi mumkin emas. Horijiy investitsiyalardan foydalanish mamlakat iqtisodiyotining xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki va tadbirkorlikning erkin tarmoqlariga kapitalning oqib o’tishi tizimi bilan shartlashgan ob‘ektiv zarurat hisoblanadi9. Yana shuni alohida qayd etish muhimki, investitsiya siyosiy, iqtisodiy huquqiy kafolatlangan sharoitdagina samarali natija berishi mumkin. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda davlat investitsiya jarayonining bosh tashkilotchisi bo’lish va uning asosiy vazifasi bo’lgan ijtimoiy siyosat nuqtainazaridan bosh investor bo’lishi zarur.
B.Tursunov tomonidan «Investitsiyalar (nem. Investition, lot. investio) – bu sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, qurilish va xo’jalikning boshqa tarmoqlariga uzoq muddatli qo’yilma shaklida amalga oshiriluvchi sarf-xarajatlarning yig’indisidir10»deb, investitsiya mablag’lari kiritiluvchi sohalar tarmoq nuqtai nazaridan alohida ta‘kidlab o’tiladi.
D.Tojiboeva investitsiyalarni quyidagicha ta‘riflaydi: «Investitsiya deganda kelajakdagi natija uchun: ishlab chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish, mahsulot va xizmatlarni sifatini yaxshilash, malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga mo’ljallangan moliyaviy resurslar tushuniladi11». Bundan ko’rinadiki, muallif mazkur ta‘rifda investitsion faoliyat yo’nalishlariga urg’u berib o’tadi.
Shuningdek, ba‘zi manbalarda «Investitsiyalar – xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichida va uning chegarasidan tashqrida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va qimmatli qog’ozlarga kapitalning uzoq muddatli qo’yilmasi12» sifatida qaralib, oldingi ta‘riflardan farqli o’laroq, portfelli (ya‘ni, qimmatli qog’ozlarga joylashtirilgan) investitsiyalar ham ko’rsatib o’tiladi.
Ba‘zi manbalarda investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy maqsadini ochib berishga harakat qilingan ta‘riflar ham uchraydi. Jumladan, «Investitsiyalar (lot.Investire kiyintirmoq; ingl.investment) – qo’shimcha foyda olish yoki obro’- e‘tiborga ega bo’lish maqsadida, yoki mablag’larni bunday tarzda qo’yish bu sohada o’z operatsiyalarini olib borishga qaraganda ancha foydaliligi sababli kapitalni qandaydir huquqiy jihatdan mustaqil bo’lgan korxonalarga uzoq (bir yildan kam bo’lmagan) muddatga joylashtirish13» deb qaralishi bunga yaqqol misoldir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya faoliyatining maqsadi bo’lib tadbirkorlik daromadi yoki foizni olish hisoblanadi. Investitsiyalar ularning qaysi soha yoki ob‘ektga qo’yilishi hamda kapitalning ishlab chiqarishdagi ishtirokidan kelib chiqqan holda moliyaviy va real investitsiyalarga bo’linadi.
Moliyaviy investitsiyalar davlat va xususiy kompaniyalar tomonidan chiqarilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar, shuningdek, tezevratsiya ob‘ektlari, bank depozitlariga uzoq muddatli qo’yilmalarni ifodalaydi. Shuningdek, ba‘zi manbalarda moliyaviy investitsiyani qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro moliya-kredit faoliyati sifatida ko‗rsatiladi. Fikrimizcha, bu jarayonga faqat xalqaro darajadagi faoliyat sifatida qaralishi noto’g’ri hisoblanadi.
Moliyaviy investitsiyadan farqli o’laroq, real investitsiyalar asosiy kapital hamda material ishlab chiqarish zahiralarining o’sishiga qo’yilmani aks ettiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalarning aksariyat qismini xususiy investitsiyalar tashkil etadi. Iqtisodiyotning davlat sektorida kapital real investitsiyalar orqali, shuningdek, kredit, subsidiyalar berish yo’li bilan iqtisodiy tartibga solish siyosati asosida qo’yiladi. Davlat investitsiyalari eng avval infratuzilma tarmoqlariga yo’naltiriladi. Investitsiyalarning samaradorligi, odatda, faol elementlarning ulushi o’sishi bilan oshib boradi.
Keng ma‘nodagi tushuncha sifatida tadbirkorlik ob‘ektlariga va faoliyatning boshqa ko’rinishlariga qo’yiluvchi mol-mulk va intellektual qiymatliklarning barcha turlari investitsiya bo’lib hisoblanib, ularning natijasida foyda olinadi yoki ijtimoiy samara qo’lga kiritiladi. «Investitsiya» so’zining bunday talqin etilishida, samara keltiruvchi qiymatliklar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- pul mablag’lari, maqsadli bank omonatlari, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar;
- harakatlanuvchi va ko’chmas mulklar (bino, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy qiymatliklar);
- mualliflik huquqidan kelib chiquvchi mulkiy huquq, «nou-xou» va boshqa intellektual boyliklar;
- yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulkiy huquqlar va boshqalar14.
Davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha barcha amaliy hatti-harakatlarining yig’indisi investitsiya faoliyatini tashkil etadi. Xususan, qarzga olingan va jalb etilgan mulkiy va intellektual boyliklarni investitsiyalashning u yoki bu ob‘ektlariga qo’yish to’g’risidagi qarorini investitsiya faoliyatining sub‘ektlari (investorlar) qabul qiladilar. Investitsiya faoliyatining sub‘ekti bo’lib investor yoki bir necha investorlar – tadbirkorlik yoki boshqa faoliyat ishtirokchilari hisoblanishi mumkin15 .



Yüklə 162,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə