Inflatsiya, uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari Kirish reja


Inflatsiya xaqida dastlabki tushunchalar



Yüklə 183,86 Kb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü183,86 Kb.
#134811
1   2   3   4   5   6
Inflatsiya, uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari

1.Inflatsiya xaqida dastlabki tushunchalar
Inflatsiya, lotincha inflatio so'zidan olingan bo'lib, shishish bo’rtish ko’tarilish degan ma'nolarni anglatib, mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o'sishi) tushuniladi. Narxlarning umumiy darajasi ko'tarilishi natijasida mamlakat pul birligi (milliy valyuta) xarid qobiliyatining pasayishi ro'y beradi. Bu esa o'z navbatida davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. Muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi tushuniladi. Pulning qadrsizlanishi deganda bir xil miqdordagi pulga vaqti kelib kamroq bo'lgan tovar va xizmatlarni sotib olish, ya'ni sotib olinishi mumkin bo'lgan tovar va xizmatlar miqdorining vaqti kelib kamayishi tushuniladi.2
Misol uchun, yilning boshida 100 ming so'mga sotib olish mumkin bo'lgan kundalik iste'moldagi tovar va xizmatlarning miqdori yilning oxiriga kelib kamayadi. Bu esa 100 ming so'mga yilning oxirida yilning boshidagiga nisbatan xuddi o'sha tovar va xizmatlarni kamroq miqdorda sotib olish degani. Inflyatsiya bu faqat pul bilan bogʻliq hodisa emas, balki iqtisodiyot yuksalganda qisqaradigan, tushkunlik paytida kuchayadigan iqtisodiy holat mahsuli.
Oltin va kumush muomalada boʻlgan sharoitlarda Inflyatsiya yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur mikdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar xarid uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlsa, ortiqcha pul xazina sifatida toʻplanadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar koʻpayib pulga ehtiyoj boʻlganda ular jamgʻarmadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir. Qogʻoz pullar boylik vazifasini oʻtay olmaydi va ularning ortiqchaligi Inflyatsiyaga sabab boʻladi. Shu sababli pul jamgʻarmalarini koʻchmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yoʻli bilan saqlash ishonchliroq hisoblanadi. G’arb ilmiy manbalarida yillik Inflyatsiya surʼati 10% gacha boʻlganda qisman (moʻtadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. Aksincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Inflatsiya surʼati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyatsiyatsa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi.



Yüklə 183,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə