Inflyatsiya va uning namoyon bo’lish shakllari reja; Inflyatsiya tushunchasi, ko’rsatkichlari va o’lchanishi O’sish sur’atlariga ko’ra inflyatsiya turlari



Yüklə 38,9 Kb.
səhifə1/5
tarix26.05.2022
ölçüsü38,9 Kb.
#88105
  1   2   3   4   5
Inflyatsiya va uning namoyon bo’lish shakllari reja; Inflyatsiya


INFLYATSIYA VA UNING NAMOYON BO’LISH SHAKLLARI
Reja;
1. Inflyatsiya tushunchasi, ko’rsatkichlari va o’lchanishi
2. O’sish sur’atlariga ko’ra inflyatsiya turlari
3. Inflyatsiya sabablari
4. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi
siyosat


1.Inflyatsiya tushunchasi, ko’rsatkichlari va o’lchanishi
Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq.
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning narxlari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o’ssa, yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik narxlar darajasining ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Narxlarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1) valyuta kururslarining o’zgarishi;
2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o’zgarishi;
3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxsining o’sishi. Inflyatsiya narx indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida
aniqlanadi.
Narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi
(narxlarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
yoki yoki

Bunda: -yillik infilyatsiya sur’ati;
Rt-joriy yilning narxlar indeksi;
Pt-1 –o’tgan yilning narxlar indeksi.
Inflyatsiyani miqdoran o’lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror
o’sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo’lish kifoya:
Narxlar ikki martaga 70
oshishi uchun zarur = -------------------
yillar soni
Misol uchun, yillik inflyatsiya darajasi 7 % ga teng bo’lsa, taxminan 10 yilda
narxlar ikki martaga oshadi, ya’ni, (70:7 = 10).
Real YaIM va jamg’armaning necha yildan so’ng ikki marta oshishini
hisoblash zarur bo’lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi.

Yüklə 38,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə