Информационный дайджест



Yüklə 87,6 Kb.
tarix14.05.2018
ölçüsü87,6 Kb.
#43880

04.01.2018 =========

Yangiliklar Xabarnomasi

============= № 1-2






1-2-sonli YANGILIKLAR XABARNOMASI

O‘zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati

2018-yil 4-yanvar





PREZIDENT 2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi 2

Samimiy qutlovlar 3

Milliy kino san’atimiz rivojini yangi bosqichga ko‘tarish – davr talabi 5

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida 6

Shavkat Mirziyoyev: Har bir tizimdagi o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak 7



Rasmiy 8

2018-yilgi davlat budjeti raqamlarda aks etganda 8

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi 10

Islohotlar 10

O‘zbekistonning viloyatlari o‘rtasidagi 54 ta YPX va blokpost faoliyati tugatildi 10



xalqaro munosabatlar 11

O‘zbekiston – Qirg‘iziston: 26 yilda bajarilmagan ishlar bir yilda fazoviy tezlikda amalga oshirildi 11

O‘zbekiston – Qirg'iziston: Bayonnoma kuchga kirdi 14

O‘zbekiston bilan Niderlandiya o‘rtasidagi Bayonnoma kuchga kiradi 14

“Rosatom” davlat korporatsiyasi delegatsiyasining tashrifi 14

Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziriga maktub 15



PREZIDENT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi


Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Qadrli do‘stlar!

Jonajon Vatanimizga Yangi – 2018-yil kirib kelmoqda.

Siz azizlarni, mo‘’tabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman.

Ming shukrki, turli muammo va qiyinchiliklarga qaramasdan, 2017-yil mamlakatimiz uchun tinch, har tomonlama omadli va barakali bo‘ldi.

Biz taraqqiyotimizning yangi davri, yangi bosqichiga qadam qo‘ydik. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalarni bajarishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etdik.

Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2017-yilni barcha sohalarda yorug‘ yuz bilan yakunlashga erishdik.

Eng muhimi, davlatning xalqqa munosabati o‘zgarmoqda. Xalq degan tushunchaning qadri yuksalmoqda. El-yurtga xizmat qilish hayotimiz mazmuniga aylanmoqda.

Bularning barchasi odamlarimizning kundalik hayotida o‘z amaliy ifodasini topmoqda. Ularning ertangi kunga ishonchi yanada mustahkam bo‘lmoqda.

Tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimiz ham, aytish mumkinki, g‘oyatda samarali bo‘ldi. Ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarimiz yangicha ruh va mazmun kasb etmoqda.

Bu esa mintaqamizda o‘zaro ishonch, do‘stlik va hamkorlik muhitini yanada kuchaytirish uchun mustahkam zamin bo‘lmoqda. Biz bu strategik yo‘lni 2018-yilda ham izchil va faol davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib, uzoq va yaqin barcha mamlakatlar xalqlarini ham, Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga tinchlik va ravnaq tilaymiz.

Aziz yurtdoshlar!

Biz Yangi – 2018-yilga Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb nom berdik.

Biz buyuk kelajagimizni aynan mana shunday yuksak maqsad va g‘oyalar asosida barpo etamiz.

Xalqaro maydonda keskin raqobat kuchayib borayotgan hozirgi vaqtda bu eng to‘g‘ri va samarali yo‘ldir.

Shu ma’noda, 2018-yil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil bo‘ladi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Yangi yilda ham xalqimiz hayot darajasi va sifatini, barcha toifadagi aholimiz daromadlarini oshirishga alohida ahamiyat beramiz.

Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va elatlar o‘rtasidagi totuvlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.

Chet ellardagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kengaytirishga yanada katta e’tibor qaratamiz.

Ishonaman, 2018-yilda barchamiz birgalikda, o‘zimizni ayamasdan mehnat qilib, o‘z oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajarishga albatta erishamiz.

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Mana shu nurafshon daqiqalarda hammamiz ezgu orzu-umidlar bilan Yangi – 2018-yilga qadam qo‘ymoqdamiz.

Mening niyatim, tilagim shuki, har bir oila, har bir inson murod-maqsadiga yetsin!

Barchangizga dunyodagi eng katta baxt – oilaviy xotirjamlik, farzandlar, nabiralar baxtu kamolini ko‘rish nasib etsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!



(Manba: O‘zA)

Samimiy qutlovlar


Yangi – 2018-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin:

Sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin yurakdan tabriklayman. Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida o‘tib borayotgan yil O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda chinakam ma’noda muvaffaqiyatlar yili bo‘ldi. Ikki tomonlama hamkorlikni yangi sifat bosqichiga olib chiqqan bir qator muhim kelishuvlar imzolandi. Aminmanki,erilishgan natijalarga tayangan holda biz O‘zbekiston-Rossiya strategik hamkorligi va ittifoqchiligi yanada rivojlanishini ta’minlaymiz va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi faol hamkorlikni davom ettiramiz.



Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In

Koreya Respublikasi Prezidentining rafiqasi Kim Chjon Suk:

O‘tib borayotgan yildagi bizning uchrashuvimizdan so‘ng o‘zaro munosabatlarimizning mustahkamlanishi ramziy ma’noga ega. O‘zaro ishonchga asoslangan xalqlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik Yangi yilda yanada mustahkamlanishini tilayman. Sizga mustahkam sog‘liq va baxt-saodat tilab, Siz bilan yana uchrashishimizga umid qilib qolaman.



Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Naxayon:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu...

Milodiy Yangi 2018-yil kirib kelishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga o‘zimning eng qizg‘in tabriklarim va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan bag‘oyat mamnunman. Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, birodar xalqingizga farovonlik va taraqqiyot tilab qolaman.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev:

Sizni Qozog‘iston xalqi va o‘z nomimdan Yangi 2018-yil bilan chin yurakdan muborakbot etaman! Sizga sihat-salomatlik va davlat xizmatidagi faoliyatingizda muvaffaqiyat, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman.



Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov:

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Sizni kirib kelayotgan 2018-yil bilan chin yurakdan muborakbot etaman. Sizga sihat-salomatlik, tuganmas kuch-quvvat, kelgusidagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi yil Siz va sizning birodar mamlakatingiz xalqi uchun tinchlik, baxt-saodat, farovonlik yili bo‘lsin!

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov:

2017-yil davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda yangi sahifa ochildi va davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklikning yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.



Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko:

Yangi 2018-yil kirib kelishi munosabati bilan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz. Aminmanki, O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi samarali hamkorlik yangi yo‘nalishlar bilan boyib, xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib boraveradi.



Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev:

Sizni Yangi 2018-yil bilan chin yurakdan tabriklayman! Birgalikdagi energetika, sanoat va infrastruktura sohalarida keng ko‘lamli loyihalarning muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganligi alohida e’tirofga loyiq. Davlatlarimiz o‘rtasida yoshlar va ta’lim sohasidagi hamkorlik, mintaqalar, ishbilarmon va jamoatchilik doiralari aloqalari faol rivojlanmoqda. Aminmanki, bu O‘zbekiston va Rossiyaning uzoq muddatli manffatlariga to‘liq javob beradi.



ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov:

Sizni Yangi 2018-yil bilan chin yurakdan tabriklashga ijozat bergaysiz. 2017-yilda O‘zbekistonda Sizning rahbarligingizda jamiyatni yanada jipslashtirish borasidagi strategik yo‘nalish, bu borada amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, Respublikaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada yuksak marralarga erishayotganini, O‘zbekistonning jahon sahnasidagi o‘rni va nufuzi oshib borayotganini yana bir karra tasdiqlamoqda.


***

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi – Si Szinpin

Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Imomali Rahmon

Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti – Ilhom Aliyev

Yaponiya Bosh vaziri – Sindzo Abe

Buyuk Britaniya Bosh vaziri – Tereza Mey

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti – Frank-Valter Shtaynmayer

Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri – Angela Merkel

Ispaniya Bosh vaziri – Mariano Raxoy

Italiya Respublikasi Prezidenti – Serjio Mattarella

Slovakiya Respublikasi Prezidenti – Andrey Kiska

Sloveniya Respublikasi Prezidenti – Borut Paxor

Polsha Respublikasi Prezidenti – Andjey Duda

Norvegiya Qiroli – Xarald V

Yevropa Kengashi Raisi – Donald Tusk

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti – Muhammad Ashraf G‘ani

Eron Islom Respublikasi Prezidenti – Hasan Ruhoniy

Mo‘g‘uliston Prezidenti – Xaltmaagiyn Battulga

Isroil Davlati Bosh vaziri – Binyamin Netanyaxu

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi – Valentina Matviyenko

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri – Li Ketsyan

Butunxitoy xalq vakillari kengashining Doimiy qo‘mitasi raisi – Chjan Detszyan

Yangi Zelandiya General gubernatori – Petsi Reddi

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti va Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi – Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

NATO Bosh kotibi – Yens Stoltenberg

ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori – Yevgeniy Sisoyev

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori – Joze Gratsianu da Silva

BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari – Natalya German

MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi Bosh kotibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi – Sergey Antufev

Aviatsiya bo‘yicha davlatlararo kengash prezidenti, Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi raisi – Tatyana Anodina

"Mir" davlatlararo teleradiokompaniyasi raisi – Radik Batirshin 

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti – Shinichi Kitaoka

Xalqaro bolalar fondlari assotsiatsiyasi Prezidenti – Albert Lixanov

Kasaba uyushmalari umumiy konfederatsiyasi bosh kotibi – Vladimir Sherbakov

Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti, O‘rta Osiyo mitropolit okrugi rahbari – Vikentiy

BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili – Helena Freyzer

Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti direktori – Viktor Matveyev

Rossiya neft-gaz sanoatchilari uyushmasi kengashining raisi – Yuriy Shafranik

«LUKOYL» neft-gaz kompaniyasi prezidenti – Vagit Alekperov

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori – Viktor Grishin

Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari – Eduards Stiprays 

Siemens konserni Prezidenti va Bosh direktori – Jo Kezer

Qutlovlar kelishi davom etmoqda. 

(Manba:O‘zA)

Milliy kino san’atimiz rivojini yangi bosqichga ko‘tarish – davr talabi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-dekabr kuni milliy kino san’ati va kinoindustriyamizni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va bu borada mavjud muammolarni hal etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Bosh vazir, tegishli vazirlik va idoralar, “O‘zbekkino” milliy agentligi va uning tizimidagi ijodiy tashkilotlar rahbarlari, kinoijodkorlar vakillari ishtirok etdi.

Dunyo miqyosida turli g‘oya va mafkuralar kurashi, odamlar, ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongini egallash uchun turli kuchlar o‘rtasida raqobat keskin tus olgan bugungi kunda eng ommaviy san’at bo‘lgan kinoning beqiyos imkoniyatlaridan samarali foydalanishimiz kerak, deb ta’kidladi davlatimiz rahbari.

Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan mamlakatimizni modernizatsiya qilishning ustuvor vazifalari barcha soha va tarmoqlar qatori kino san’atini ham takomillashtirish, soha uchun yangi imkoniyatlar yaratishni talab qilmoqda. Shu maqsadda Prezidentimizning 2017- yil 7- avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda kino san’ati va kinoindustriyasini izchil taraqqiy ettirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida muhim huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yig‘ilishda kinoijodkorlarimiz bunday shart-sharoitlardan samarali foydalanib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashga ko‘maklashadigan, boy tariximiz, buyuk ajdodlarimizning betimsol jasorati, zamondoshlarimizning fidokorona mehnatini aks ettiradigan, ularning yorqin obrazlar tasvirlangan filmlar ko‘rish haqidagi orzularini amalga oshirish yo‘lida barcha kuch va imkoniyatlarini ishga solishlari lozimligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz soha oldida turgan dolzarb vazifalar haqida to‘xtalib, kino san’atining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, iqtidorli yosh rejissyor, aktyor, operator va rassomlarning dunyodagi yetakchi kinostudiyalar, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida tajriba va malaka oshirishini tashkil etish bilan bog‘liq ishlarni jadallashtirish va uni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish zarurligini alohida qayd etdi.

Ma’lumki, viloyatlarimizda madaniyat va san’at kollejlari, poytaxtimizda esa O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Nukus va Qo‘qon shaharlarida uning filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda, dedi mamlakatimiz rahbari. Kino sohasi uchun ssenarist va rejissyorlar, operator va aktyorlar tayyorlanayotgan bu ta’lim dargohlarining ilmiy va ijodiy saviyasi, o‘quv dasturlari va metodikasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish lozim.

Majlisda kino san’atimiz, kinoindustriyamizning jahon miqyosida raqobatbardoshligini ta’minlash, buning uchun yetuk professional rejissyorlar, kinodramaturglar, aktyorlar, rassomlar, operatorlar tayyorlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Yana bir muhim masala – hududlarda kinoteatrlar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq ishlar ham atroflicha muhokama qilindi. 1996 yilga qadar mamlakatimizda mavjud bo‘lgan 342 ta qishki va yozgi kinoteatrlarning 323 tasi o‘tgan yillar mobaynida xususiylashtirilib yuborilgan. Ularning asosiy qismi savdo majmuasi, to‘yxona, bozorga aylantirilib, faoliyati butkul o‘zgartirilgan yoki buzib tashlangan. Bugungi kunda mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan 176 ta kinoteatrdan 8 tasi avariya holatida, 65 tasi jiddiy ta’mirtalab, qolganlarining deyarli yarmi faoliyat ko‘rsatmaydi.

Mamlakatimiz kino san’atini talab darajasida rivojlantirish uchun bu muammolarning yechimini albatta topishimiz zarur, dedi Prezidentimiz.

Ana shulardan kelib chiqqan holda, viloyat va tumanlarda kinoteatrlar faoliyatini qat’iy yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Kinoprokat tizimi ham qoniqarsiz ekani, bu yaratilayotgan filmlarni muntazam namoyish etib borish, boshqacha aytganda, aholiga kino xizmati ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish imkoniyatini cheklab qo‘yayotgani tanqid qilindi.

Bugungi kunda xususiy kinostudiyalar soni ham ko‘payib bormoqda. Buni ijobiy hol sifatida baholash mumkin. Biroq san’atga mehr qo‘yish bilan ish bitmaydi, ya’ni yaxshi film yaratib bo‘lmaydi. Binobarin, soha bo‘yicha professional bilimga ega bo‘lmay, o‘qib-o‘rganmay, haqiqiy ustoz tarbiyasini olmay, bu sohada kutilgan natijaga erishish mumkin emasligi ta’kidlandi.

Davlat tomonidan beriladigan ijodiy grantlar uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda xususiy studiyalarning ishtiroki o‘ziga xos sog‘lom ijodiy raqobatni yuzaga keltiradi, dedi davlatimiz rahbari. Raqobat bor joyda albatta rivojlanish, yangilik bo‘ladi. Milliy kinomizning taraqqiyoti uchun bu nihoyatda muhim ahamiyatga ega.

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida barcha sohalar qatori milliy kinoindustriyamizni ham innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.

Biz milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida yaratilgan eng yaxshi romanlar, spektakllar, musiqa va tasviriy san’at asarlarimizni, badiiy filmlarimizni xalqaro miqyosda namoyish etish, dunyo jamoatchiligiga yetkazish bo‘yicha alohida tizim yaratishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bunday asarlarni xorijiy tillarga tarjima qilish, ularning keng targ‘ibotini tashkil etish, xalqaro festival, ko‘rgazma va tanlovlarda faol ishtirok etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur.

Yig‘ilishda sohadagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Jumladan, kinematografiya sohasini rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, xorijiy kinostudiyalar va kinoijodkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ular bilan hamkorlikda filmlar yaratishni yo‘lga qo‘yish g‘oyat muhim ekani qayd etildi.

Biz buyuk xalqimizni ulug‘lamoqchi, O‘zbekiston nomini butun dunyoga tarannum etmoqchi ekanmiz, bu ishni birinchi navbatda kino san’ati yordamida amalga oshirishimiz kerak. Aynan kino san’ati orqali jahon ekranlarini zabt etishimiz mumkin. Buning uchun yana bir bor kuch va imkoniyatlar, ijodiy salohiyatni ishga solishimiz kerak, dedi pirovardida davlatimiz rahbari.



(Manba: O‘zA)

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida 2017-yil 30 dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Prezidentimiz Turkmaniston Prezidentini kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, qardosh turkman halqiga tinchlik, barqarorlik va farovonlik tiladi.

Turkmaniston rahbari, o‘z navbatida, Prezidentimiz va ko‘pmillatli qardosh O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan chin dildan muborakbod etib, taraqqiyot va farovonlik tiladi.

Davlatlar rahbarlari yakuniga yetayotgan 2017 yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy yaqin aloqalarni rivojlantirish, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda tarixiy davr bo‘lganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Oliy darajadagi doimiy muloqotlar O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani va amaliy mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil mart oyida Turkmanistonga davlat tashrifi davomida Strategik sheriklik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Amaliy hamkorlik va aloqalar barcha yo‘nalishlarda sezilarli faollashdi. Savdo, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Chegaraoldi hududlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik mustahkamlanmoqda. Ishbilarmonlik va madaniyat sohalariga doir qator qo‘shma tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Prezidentlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish muhimligini alohida qayd etdilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.



(Manba: O‘zA)

Shavkat Mirziyoyev: Har bir tizimdagi o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 3-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2017-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, hukumat apparati qayta shakllantirilgan edi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi hamda Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi tashkil etilgandi.

Yig‘ilishda mazkur ikki kompleksning o‘tgan davrdagi faoliyati tahlil qilinib, 2018-yilga mo‘ljallangan rejalari va eng ustuvor vazifalari muhokama etildi.

Prezidentimiz kun tartibidagi masalaga tanqidiy yondashib, aksariyat tashkilotlar o‘z faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil eta olmayotgani, qabul qilingan qaror va dasturlarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni, ijro organlari ishidagi o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak. Buning uchun quyi bo‘g‘indagi ishlar samaradorligini oshirish, oddiy odamlarning dardi va tashvishi bilan yashash barcha rahbar va mutasaddilar faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi zamonaviy davlatchiligimizda ulkan o‘zgarish yasagan tarixiy voqea bo‘ldi. Unda 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni bilan birga mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda Murojaatnomadan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar oldida turgan muhim vazifalari haqida so‘z yuritildi. Amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, maktab ta’limi sifatini oshirish, test sinovlari va oliy o‘quv yurtlari faoliyatini takomillashtirish, sportchilarning bo‘lg‘usi musobaqalarga tayyorlash borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash, jumladan, qat’iy pul-valyuta siyosatini yuritish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, zamonaviy sanoat korxonalari barpo etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish kabi masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.



(Manba: O‘zA)

Rasmiy

2018-yilgi davlat budjeti raqamlarda aks etganda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454 sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi(O‘R MB kursi 01.01.2018 da, 1$= so‘m).

Yangi yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 5,9 foiz darajasida rejalashtirilmoqda (tugab borayotgan yilda bu ko‘rsatkich — 5,5 foizni tashkil etgan), inflyatsiya esa 12,4–13,4 foiz darajada bo‘lishi kutilmoqda. O‘sish hajmi sanoat ishlab chiqarishda — 6,4 foiz, qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarishda — 4 foiz, kapital sarmoyalarda — 6,5 foiz, chakana savdo aylanmasida — 5,6 foiz miqdorda bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Davlat budjetining profitsiti ilk marta YaIMga nisbatan 0,02 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Holbuki, 2017-yil va undan avvalgi yillarda davlat budjeti 1 foizlik defitsit bilan tasdiqlanar edi.

2018-yilda O‘zbekiston davlat budjetining asosiy parametrlari

DAROMADLAR, mlrd. so‘m (davlat maqsadli fondlari ishtirokisiz) —  62.229,5

Bevosita soliqlar — 12.805,4


  • Yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqlar — 2.510,9

  • Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun YaSTdan ajratmalar — 1.907,6

  • Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun YaSTdan ajratmalar — 2.110,5

  • Jismoniy shaxslarning daromad soliqlari — 5.198,8

  • Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha belgilab qo‘yilgan soliq — 1.077,6

Bilvosita soliqlar — 33.404,3

  • Qo‘shilgan qiymat solig‘i — 22.019,4

  • Aksiz solig‘i — 8.343,8

  • Bojxona boji — 1.415,3

  • Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moli uchun soliq — 1 323,2

  • Abonentlik raqamini ishlatganlik uchun to‘lov — 302,5

Resursga doir to‘lovlar va mulk solig‘i — 9.714,5

  • Mol-mulk solig‘i — 2.158,9

  • Yer solig‘i — 1.266,6

  • Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq — 6.203,1

  • Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 85,9

Qo‘shimcha foydadan soliq — 1.367,7

Boshqa daromadlar va soliqqa oid bo‘lmagan boshqa tushumlar — 4.937,6

Davlat maqsadli fondlari (Moliya vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi respublika yo‘l fondi, Moliya vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi, Bandlikka ko‘maklashish davlat fondi, davlat mulklarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar fondi) — 31.451,9



O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi daromadlari — 5.463,5

XARAJATLAR, mlrd so‘m (davlat maqsadli fondlari ishtirokisiz) — 62 170

Ijtimoiy xarajatlar — 35.034

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xarajatlar — 34.664

  • ta’lim — 19.504,3

  • shundan ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar — 1.077,2

  • Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarini qo‘llab-quvvatlash fondiga — 110,6

  • sog‘liqni saqlash — 9.562

  • shundan ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar — 803,6

  • madaniyat va sport — 1.165,4

  • fan — 389,3

  • shundan ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar — 26,5

  • ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va konpensatsiya uchun pul to‘lovlari — 3.150,8

  • jamoat ishlarini tashkil qilish — 714

Turar joy binolarini qurish dasturini birgalikda moliyalashtirish uchun ishtirokchi banklariga kredit liniyasi — 370

Nodavlat-notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlar — 15

Iqtisodiyotga xarajatlar — 6.957,8

  • ulardan suv xo‘jaligining ekspluatatsion xarajatlari — 2.741,8

  • sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar — 528,3

  • davlat ehtiyojlari uchun kam hosilli yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag‘lar — 330

  • aholi punktlarini obodonlashtirish bo‘yicha ishlar — 1.116,4

  • tabiatni muhofaza qilish ishlari — 307,1

  • uyjoy-kommunal ishlar — 230,3

  • ichimlik suv ta’minoti tizimini rivojlantirish — 584,7

Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar (Moliyalashtirilishi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi orqali amalga oshiriladigan davlat rivojlantirish dasturiga qo‘shilgan loyihalar) — 3.047,6

Davlat hokimiyati organlari, boshqaruv, adliya va prokuraturani ta’minlash — 2.189,8

Sud organlarini ta’minlash — 219,7

Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqaruv organlarini ta’minlash — 640,5

Vazirlar Mahkamasining zaxira fondi, Qoraqalpog‘iston respublika budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahri budjeti, tuman va shaharlar budjetlari zaxira fondlari — 520,2

Boshqa xarajatlar — 13.545,4

Davlat budjeti profitsiti — 59,5

Davlat maqsadli fondlari xarajatlari — 31.451,9

O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi xarajatlari — 8.979

(Manba: kun.uz)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi


Mazkur qaror avvalambor, sog‘lom va halol sportni targ‘ibot qilish hamda Butunjahon antidoping agentligining kodeks va standartlarini O‘zbekistonda samarali amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarligiga barcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgandir.

Shu o‘rinda, Sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyani barcha a’zo davlatlar katorida O‘zbekiston Respublikasi 2010 yilda ratifikatsiya etganini alohida ta’kidlash joiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi zimmasiga Butunjahon antidoping agentligining antidoping boshqaruvi va menejmenti (ADAMS) maxsus dasturini respublikamizda joriy etish va qo‘llash mas’uliyati yuklatilgan. Mazkur dastur orqali Agentlikni faoliyatini samarali tashkil etish va butunjahon tezkor ma’lumotlar bazasi axborotlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi hamda musobaqa va musobaqalardan tashqari bo‘lgan davr mobaynida doping-test jarayonlaridan O‘zbekiston sportchilari o‘tishi to‘g‘risida aniq axborot shakllanadi va doping-nazorat tizimi tashkil etiladi. Ayniqsa, O‘zbekiston sportchilari dori vositalaridan terapevtik maqsadlarda foydalanishi va taqiqlangan dori vositalaridan foydalanmasligi to‘g‘risida aniq tavsiyalar berish mexanizmi va samarali antidoping tizimi joriy etiladi.

Qaror bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining “Milliy antidoping xizmati” negizida “Sport psixologiyasi bo‘limi”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Agentlik tarkibida 3 ta bo‘lim va 2 ta komissiya tashkil etilishi natijasida sportchilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari va boshqa mutaxassislarga sog‘lom va halol sportni targ‘iboti hamda taqiqlangan dori vositalari yoki uslublar nazoratini ta’minlash kabi dopingga qarshi kurashish borasidagi qator muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.

Bu borada Agentlikka doping orqali sportchilarga yetkaziladigan zarar, inson sog‘lig‘i uchun doping qabul qilishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida sport jamoatchiligini xabardor etish, Butunjahon antidoping agentligining dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, halqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori mamlakatimizda sog‘lom va halol sportni targ‘ib etish va har tomonlama rag‘batlantirish masalasiga davlat tomonidan qaratilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol namunasidir.

Qarorning to‘liq matni matbuotda e’lon qilinadi.

(Manba: O‘zA)

Islohotlar

O‘zbekistonning viloyatlari o‘rtasidagi 54 ta YPX va blokpost faoliyati tugatildi


O‘zbekiston IIV viloyatlar o‘rtasidagi 54 ta yo‘l-patrul xizmati maskani va blokpostlar faoliyati tugatilganini ma’lum qildi.

Viloyatlar chegaralaridagi postlarni tugatish masalasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi parlamentga murojaatnomasida ko‘tarilgan, bu kabi postlar odamlar harakatlanishini cheklab, iqtisodiyot va turizmning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatilayotgani ta’kidlangan edi.

Keyinroq ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zAga viloyatlar chegaralarida jami 133 ta post, jumladan 60 ta YPX, 73 ta PPX postlari ekanini ma’lum qilgan edi.

IIVda viloyatlar o‘rtasidagi postlarning maqsadga muvofiqligini o‘rganish uchun maxsus ishchi guruhi tashkil etildi. Dastlabki o‘rganishlardan keyin 66 ta postni tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlandi.

Ayni vaqtgacha 21 ta YPX, 14 ta blokpost va 19 ta to‘siq post faoliyati tugatildi.

IIV qolgan postlar faoliyatini o‘rganish davom etayotganini ma’lum qildi.



(Manba: gazeta.uz)

xalqaro munosabatlar

O‘zbekiston – Qirg‘iziston: 26 yilda bajarilmagan ishlar bir yilda fazoviy tezlikda amalga oshirildi


Keyingi yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yaxshilanib borayotgani kuzatilmoqda. Bunga ko‘p jihatdan O‘zbekiston tufayli erishilmoqda. Uning rahbari mamlakat Prezidenti lavozimini egallashi bilan qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashni O‘zbekiston tashqi siyosatining bosh ustuvor yo‘nalishi sifatida belgiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qisqa vaqt ichida mintaqaning aksariyat mamlakatlarida bo‘ldi va O‘zbekistonning bu istagi samimiy ekanligini amalda isbotlashga ulgurdi. Bu borada Qirg‘iziston bilan munosabatlar yaxshilanganini namuna deb hisoblasa bo‘ladi. Chunki hukumat va biznes vakillari ishtirokida ko‘plab rasmiy uchrashuvlar o‘tkazildi, 26 yil davomida hal qilinmagan ko‘plab masalalarga yechim topish imkonini bergan muhim kelishuvlarga erishildi va shartnomalar imzolandi.

Qirg‘iziston bilan ko‘p qirrali, ko‘p darajali, o‘zaro manfaatli va amaliy aloqalarni shakllantirish O‘zbekistonning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. 2016 yil oktabr oyida boshlangan va yil oxiriga qadar davom etgan ikki mamlakat hukumat delegatsiyalarining muntazam uchrashuvlari buni tasdiqlaydi. Bir faktni qayd etish zarur: 2017 yil avgust oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasi qaytadan ish boshladi. Uni ikki mamlakat Bosh vazirlari boshqarmoqda. O‘zbekistonning komissiya ishida bunday yuksak darajada ishtirok etish amaliyoti faqat Rossiya va Xitoy bilan amal qilardi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil sentabr oyida Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan chegara to‘g‘risidagi shartnoma davlat chegara chiziqlarining 85 foizi bo‘yicha kelishib olish imkonini berdi. Muzokaralarda ikki davlat rahbarlari Qirg‘iziston – O‘zbekiston chegarasini do‘stlik chegarasiga aylantirish istagini bildirdilar. Bu borada hali ma’lum qiyinchiliklar bo‘lishiga qaramay, qolgan hududlar bo‘yicha ham kelishib olish uchun barcha imkoniyat mavjud.

Shartnomaga muvofiq, «Do‘stlik» (Andijon viloyati), «Kosonsoy» va «Baymoq» (Namangan viloyati) nazorat-o‘tkazish punktlari ishi qayta tiklandi. 1 oktabrdan Qirg‘iziston fuqarolari uchun «Qadamjoy» va «Vodil» (Farg‘ona viloyati) punktlari orqali chegaradan o‘tish tartibi soddalashtirildi. Bunda ikki mamlakat fuqarolari hech qanday takliflarsiz chegarani soddalashtirilgan tartibda kesib o‘tadi.

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning dekabr oyi boshida O‘zbekistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi ikki davlatning o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirishga sodiq ekanini yana bir bor isbotladi. Eng muhimi, ikki mamlakat ham suvdan foydalanish, iqtisodiy va siyosiy masalalarda bir to‘xtamga keldi. Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari xalqaro miqyosda Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan geosiyosiy hamkorlikka asos soldi.

2017 yil yanvar-sentabr oylarida savdo aylanmasi 231,1 million dollarni tashkil etganini o‘zaro munosabatlarni yaxshilashning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida qayd etish mumkin. Bu 2016 yilning shu davriga nisbatan 60 foizga ko‘pdir. Mamlakatlar kesimida olsak, Qirg‘iziston O‘zbekistonga 109 million dollarlik mahsulot eksport qilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga oshgan. O‘zbekistondan import hajmi esa 122,1 million dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,6 barobar ko‘pdir. Yil yakunlari bo‘yicha tovar aylanmasi hajmi 280 million dollarga yetishi kutilmoqda, qisqa muddatli istiqbolda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmini 500 million dollargacha yetkazish rejalashtirilgan.

Qirg‘iziston Milliy ishbilarmonlik klubi va Qirg‘iziston Respublikasi bozorlar assotsiatsiyasi prezidenti Sergey Ponomaryov hozirgi vaqtda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy muloqot faol rivojlanayotganini qayd etmoqda.

Uning ta’kidlashicha, Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida delegatsiya tarkibida qirg‘izistonlik ishbilarmonlar ham bor edi. Toshkentda qirg‘izistonlik va o‘zbekistonlik ishbilarmonlar «G to B» (hukumat vakillarining ishbilarmon doiralar bilan uchrashuvi) hamda «B to B» (biznes vakillarining uchrashuvi) shaklidagi uchrashuvlarda ishtirok etdi.

S.Ponomaryov O‘zbekiston Qirg‘iziston iqtisodiyotida qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan yetarli darajadagi oziq-ovqat va sanoat tarmoqlariga ega ekanini ta’kidlaydi. "Ushbu mamlakatda 32 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladi, shuning uchun ham bizning tovarlarimiz O‘zbekiston bozorlarida raqobatbardosh bo‘lishi mumkin", deya qayd etadi u.

Qirg‘iziston Respublikasi bozorlar assotsiatsiyasi prezidenti qirg‘izistonlik tadbirkorlar O‘zbekistonda yengil sanoat yuksak darajada rivojlanayotgani bilan tanishishganini misol tariqasida keltiradi. Iqtisodchi ikki davlat ham bir-biridan ko‘p narsani o‘rganishi mumkinligini oshkora qayd etmoqda.

«Men buni yaxshi ma’noda gapirayapman, chunki qo‘shni mamlakat biz bilan o‘z tajribasini almashishi va, o‘z navbatida, biz ham ular bilan yutuqlarimizni o‘rtoqlashishimiz uchun yetarli asos bor. Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni nafaqat YeOII doirasida, balki O‘zbekiston va Xitoy bilan ham rivojlantirish imkoniyatiga egamiz. Hozirgi vaqtda hamkorlik qirralarini topishga urinishlar amalga oshirilmoqda», deydi u.

Dekabr boshida Bishkekda bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston – O‘zbekiston qo‘shma korxonasi taqdimotini ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishning dastlabki odimlaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Qo‘shma korxona Qirg‘izistonning Bishkek, O‘sh va Chuy viloyatidagi Qora-Bolta shaharlarida avtomobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda.

Shu masala yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida «GM O‘zbekiston» AJ vakili Jahongir Tillayev Qirg‘iziston Respublikasiga mazkur loyiha orqali xorijiy investitsiyalar oqimi 5 million 180 ming dollarni tashkil qilishini aytib o‘tdi. Shuningdek, u ilk bosqichda 50 ish o‘rni yaratilishini, texnika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari talabalari va bitiruvchilarini ishga jalb qilish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

S.Ponomaryov Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilash haqida gapirar ekan, yuqoridagi barcha loyihalar Qirg‘izistonda amalga oshirilishiga umid bildirdi. Uning fikricha, O‘zbekistonda “bugungi kunda biz Rossiya, Qozog‘iston va Xitoydan xarid qilayotgan” ko‘plab tovarlar ishlab chiqarilmoqda. “Shu bois, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida sheriklik eshiklari ochilmoqda. Biz davlat rahbarlarining tarixiy uchrashuvlari muntazamlik kasb etganining guvohi bo‘lmoqdamiz”, deb qayd etadi iqtisodchi.

Shuningdek, u O‘zbekiston bilan yengil sanoat sohasida ham qo‘shma korxona tuzish masalasi muhokama qilinganini qo‘shimcha qildi. “O‘zbekiston bilan hamkorligimiz bo‘yicha ezgu niyatlarimiz ko‘p, biz nafaqat yaxshi qo‘shnichilikni, ayni damda savdo-iqtisodiy munosabatlarni ham rivojlantiramiz”, deydi S.Ponomaryov.

Xalqaro ishlar bo‘yicha ekspert Edil Osmonbetovning fikricha, 2017 yil Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda tarixiy bosqich bo‘ldi. “Chunki biz ikki tomonlama aloqalar nuqtai nazaridan 26 yilda bajarilmagan ishlarni bir yil ichida fazoviy tezlikda amalga oshirdik, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga erishdik”, deydi u.

Siyosatshunosning fikricha, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar mintaqadagi boshqa davlatlar va MDH mamlakatlari uchun andoza bo‘la oladi.

“Agar biz O‘zbekiston bilan barcha iqtisodiy, chegaraga oid, tranzitni diversifikatsiya qilish masalalariga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda yechim topsak, qo‘shni mamlakat bilan aloqalarimiz teng huquqli bo‘ladi. Mintaqadagi boshqa davlatlar bunga e’tibor qaratib, uni asos qilib oladi va Markaziy Osiyoda 2018-2019 yillarda tamoman boshqa muhit kuzatiladi”, deb ta’kidlaydi E.Osmonbetov.

Siyosatchining fikricha, Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentligiga saylanganidan so‘ng xorijga ilk rasmiy tashrifini O‘zbekistonga uyushtirgani mamlakat rahbariyatining O‘zbekiston bilan o‘zaro aloqalarga alohida e’tibor qaratayotganidan dalolatdir.

Shavkat Mirziyoyevning “Qirg‘iziston va O‘zbekiston munosabatlarida chegara bo‘lmasligi kerak”, degan so‘zlari so‘zning asl ma’nosida emas, munosabatlardagi barcha yo‘nalishlarda chegara bo‘lmasligini anglatadi. Ya’ni har ikki mamlakat ijtimoiy hayot va iqtisodiyotning barcha sohalarida bir-biri bilan hamkorlik qilishi zarur, deb ta’kidlaydi ekspert.

Bu ikki tomonlama aloqalar butunlay yangi, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilganidan guvohlik beradi.

“Bunda mamlakatlar rahbarlari va hukumatlar, eng asosiysi – xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va samimiylik muhim o‘rin tutadi”, deb ta’kidlaydi siyosatshunos.

E.Osmonbetov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi 250 million AQSh dollariga yetgani ikki tomonlama aloqalar tarixida hali kuzatilmaganini, bu davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuksaltiruvchi ko‘rsatkichlardan ekanini ta’kidladi.

“Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston O‘zbekistonning eng yaqin qo‘shnisi, degan so‘zlari biz mintaqada strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganimizni anglatadi”, deb qo‘shimcha qiladi ekspert.

Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi, Qirg‘iziston Xalq assambleyasi rahbari Tokon Mamitov bugungi kunda Qirg‘iziston va O‘zbekiston munosabatlari o‘z tarixi davomida to‘rtinchi taraqqiyot bosqichini o‘tamoqda, deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, ushbu bosqich Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvidan boshlangan. “Baxtimizga, mazkur to‘rtinchi bosqich Qirg‘iziston va O‘zbekiston uchun yanada samarali bo‘ldi va yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi”, deydi u.

Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi to‘rtinchi bosqich 2017 yil sentabr oyidan boshlanganiga e’tibor qaratdi. O‘shanda tashkil etilgan ikki uchrashuv va oktabr oyidagi uchrashuvlar o‘zaro munosabatlarni yanada yaxshilashga turtki bo‘ldi. T.Mamitovning kuzatuvlariga ko‘ra, buning samarasida, birinchidan, chegaralar ochildi, ikkinchidan, ular normal darajada faoliyat yurita boshladi. “Barcha chegaralar bo‘lmasa ham, lekin ular faoliyat yuritishni boshladi”, deb alohida ta’kidlaydi u.

Uchinchidan, T.Mamitovning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat fuqarolarining bordi-keldi qilishiga imkoniyat yaratildi. “Hech kimga sir emaski, har ikki mamlakatda ham qo‘shni davlat fuqarolari bilan quda-anda tutingan kishilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Yaqingacha ular orasidagi aloqalar uzilib qolgan edi”, deydi u.

Uning fikricha, chegara masalasini hal etishga turtki berilgani muhim ahamiyat kasb etdi. «Na birinchi, na ikkinchi Prezident, Qirg‘iziston Respublikasi muvaqqat hukumati rahbari ushbu masalani hal qilishda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmagan edi. Mana endi Prezidentlar A.Atamboyev va Sh.Mirziyoyev tomonidan siyosiy qaror qabul qilindi», deydi T.Mamitov. Shundan so‘ng, ta’kidlaydi u, ikki mamlakat hukumat komissiyalariga ishlashga topshiriq berildi va ular tomonidan barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, chegara muammolari hal qilindi.

Hozirgi kunda chegaraning 85 foizi bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Qirg‘iziston Xalq assambleyasi rahbari shundan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalar, iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini qo‘shimcha qildi. «Biz ulkan sarmoyaviy hamkorlik bo‘sag‘asida turibmiz», deydi u.

Bularning barchasi hamkorlikning uch bosqichidan farq qiluvchi jihatdir. «Shuning uchun, o‘ylaymanki, to‘rtinchi bosqich dastlabki uch bosqichdan sifat jihatdan keskin farq qiladi va hamkorlikning bu bosqichi Qirg‘iziston uchun ham, O‘zbekiston uchun ham o‘zaro manfaatli bo‘lishiga umid qilaman», deb mamnuniyat bilan qayd etdi Tokon Mamitov.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash izchil davom ettirilayotganini qayd etar ekan, T.Mamitov yana bir jihatga urg‘u berdi. «Qirg‘iziston va O‘zbekiston Farg‘ona vodiysi, umuman olganda, Markaziy Osiyodagi ikki muhim davlatdir", deydi u. Shuning uchun butun dunyo ushbu masalaga e’tibor qaratmoqda. «Xalqaro hamjamiyat ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanayotgani, chegara muammolari hal bo‘layotgani va sarmoyaviy xarakterdagi masalalar muhokama qilinayotganining guvohi bo‘lmoqda», deydi Qirg‘iziston Xalq assambleyasi rahbari. So‘zi so‘ngida Tokon Mamitov «biroq ular harbiy-siyosiy sohadagi masalalar qanday yechim topishi, O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasiga hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni safarbar etishga kelishib olisharmikin deb kuzatib turibdi", deya ta’kidladi.

«Kabar» O‘zA uchun maxsus.

(Manba: O‘zA)

O‘zbekiston – Qirg'iziston: Bayonnoma kuchga kirdi


2017-yilning 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg'iziston Respublikasi Hukumati o'rtasida 1996-yil 4-sentabrdagi xalqaro avtomobil qatnovlari to'g'risidagi Bitimga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi Bayonnoma kuchga kirdi. Mazkur hujjat 2017-yil 6-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Bayonnoma hukumatlararo bitimni qo'llash ko'lamini kengaytirish orqali transport kommunikatsiyalari sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga ko'ra, tomonlar o'z davlatlari hududida erkin tranzit rejimini bir-biriga taqdim etadilar va kafolatlaydilar, shuningdek, "Toshkent - Andijon - O'sh - Irkeshtam - Qashg'ar" avtomobil yo'nalishi bo'ylab tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadilar.

Hujjatning to'liq matni bilan www.lex.uz sahifasida tanishish mumkin.



(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati)

O‘zbekiston bilan Niderlandiya o‘rtasidagi Bayonnoma kuchga kiradi


O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2001-yil 18-oktabrda imzolangan Daromadlarning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik va daromad hamda kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni oldini olish to‘g‘risida Konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 2017-yil 6-fevralda Gaaga shahrida imzolangan Bayonnoma 2017-yilning 31-dekabr kuni kuchga kiradi.

Mazkur Bayonnomada soliqlarni to‘lashdan bosh tortishni oldini olish maqsadida usbu Konventsiyaga soliq sohasida axborot almashishning samarali mexanizmlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish kiritish nazarda tutilgan.

Ushbu xalqaro bitim soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashda O‘zbekiston va Niderlandiya hamkorligini mustahkamlashga yordam beradi hamda ikki mamlakat soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlaydi.

Yuqoridagi Bayonnomaning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.



(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati)

“Rosatom” davlat korporatsiyasi delegatsiyasining tashrifi


Rossiya Federatsiyasining “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev boshchiligidagi delegatsiya 29 dekabr kuni O‘zbekistonga keldi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari N.Otajonov va “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori A.Lixachev O‘zbekiston – Rossiya hamkorligi turli yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi. Ushbu tashrif mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlashda navbatdagi muhim qadamdir.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida Tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Hujjat mazkur sohada aniq yo‘naltirilgan loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga qaratilgan.

– O‘zbekiston yadro fizikasi va atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha yuqori salohiyatga ega, – dedi A.Lixachev. – Hukumatlarimiz o‘rtasida imzolangan bitim O‘zbekistonda atom elektr ctansiyalari va tadqiqot reaktorlarini qurish, materialshunoslik, mineral xomashyo bazasini tadqiq qilish va boshqa yo‘nalishlardagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Hujjat tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi o‘zaro hamkorlikning amaliy jihatlarini belgilab bergani bilan ahamiyatlidir. Radioizotoplarni ishlab chiqarish va ularni sanoat, tibbiyot hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘llash, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish istiqboldagi o‘zaro foydali hamkorlikning muhim yo‘nalishlari bo‘ladi.

(Manba: O‘zA)

Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziriga maktub


Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

Martin Stropnitskiy Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari,

Sizni muhim sana – O‘zbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan qutlashdan chin dildan mamnunman.

O‘tgan davr mobaynida ikki mamlakat o‘rtasida teng va do‘stona munosabatlar o‘rnatildi, shuningdek, turli sohalarda samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikda katta tajriba orttirildi.

O‘zbekistonda Chexiya Evropadagi muhim va ishonchli hamkor sifatida ko‘riladi. Biz munosabatlarimizning kelajagiga ulkan ishonch bilan qaraymiz va o‘zaro manfaatli barcha masalalar bo‘yicha ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyormiz.

Ishonchim komilki, O‘zbekiston Respublikasi va Chexiya o‘rtasidagi hamkorlikning kuchli siyosiy, iqtisodiy va huquqiy asoslari bundan keyin ham ikki tomonlama munosabatlarni izchil va barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ushbu ajoyib fursatdan foydalanib, kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman va Siz, janob Vazirga, sihat-salomatlik, farovonlik va mas’uliyatli ishingizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan,



O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

Abdulaziz Kamilov

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati)
Ish jarayonida fodalanilganda maba lavhasi qo‘yilishi shart


_______________________________________________________________________



O’zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati

Yüklə 87,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə