Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik



Yüklə 14,52 Kb.
tarix07.01.2022
ölçüsü14,52 Kb.
#82662
Sh. Dusmanov Hisoboti


Samarqand davlat chet tillar instituti “Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik” fakulteti 2129-2130-2131-2134-2135-2136-213-214-215-233-guruhlar tyutori Dusmanov Sherzodning noyabr, dekabr oylarida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida

HISOBOTI

Menga joriy yilning noyabr oyida “Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik” fakultetiga tegishli bo‘lgan jami 10 ta guruh ya’ni 164 nafar talaba biriktirildi. Shulardan, talabalar turar joyida 15 nafar, ijarada 101 nafar, qarindoshinikida 1 nafar, o‘z uyida 41 nafar talaba istiqomat qiladi. 164 nafar talabadan 16 nafar talaba davlat granti asosida qolgan 148 nafar talaba to‘lov shartnoma asosida tahsil olmoqda. 164 nafar talabadan 55 nafari o‘g‘il bola qolgan 109 nafari xotin-qizlardan iborat. Qizlardan 5 nafari turmushga chiqqan, o‘g‘illardan 1 nafari uylangan.



O‘tgan oylar davomida menga biriktirilgan guruhlarning har biriga “Axborot va murabbiylik soatlari” to‘liq o‘tildi. Bundan tashqari 2130, 2134 guruhlar bilan birgalikda Samarqand shahridagi tarixiy obidalarga ziyoratlar tashkil etilib, ajdodlarimiz bunyod etgan tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishtirildi. 2134 va 215 guruhlar bilan Buyuk alloma Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyiga tashriflar uyishtirildi. Barcha guruhlardagi talabalarning shaxsiy ma’lumotlarining elektron bazalari shakllantirilib, barcha guruhlar uchun alohida-alohida hujjatlar yig’ma jildi tashkil etildi. Yotoqxona va ijarada turuvchi talabalar xonadoniga borib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishib chiqildi. Shu bilan bir qatorda, 2130 guruh talabalarining ota-onalari bilan yig‘ilish tashkil etilib, talabalarning kiyinish madaniyati, o‘zini tutish madaniyati, axloqi va fanlardan o‘zlashtirayotgan ko‘rsatkichlari bilan tanishtirildi.

Barcha amalga oshirilgan ishlarning suratlari ilova qilinadi.
Yüklə 14,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə