Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


Inklyuziv ta’lim oldida turgan to’siqlar va muammolar



Yüklə 329,17 Kb.
səhifə47/78
tarix10.10.2023
ölçüsü329,17 Kb.
#126620
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-fayllar.org

100Inklyuziv ta’lim oldida turgan to’siqlar va muammolar
Inklyuziv ta’lim tizimida jahon miqyosida amaliyotga joriy qilish borasida bugungi kunga qadar ham juda ko’plab muammolar va to’siqlar mavjud. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: Salbiy munosabat; Hamjamiyatda ko’rinmaslik; Moddiy mablag’ muammolari; Jismoniy moslashtirish; Sinfdagi o’quvchilar soni; Qaramlik; Jinsiy belgilarga qarab kamsitish; Favqulodda vaziyatlar, mojorolar va qochoqlar. Salbiy munosabat-maxsus ehtiyojli bolalarning umumta’lim muasasalari tizimida ta’lim tarbiya olaishlari uchun eng katta to’siq bo’lsa kerak. Salbiy munosabat muammosining mazmuni shundaki, ota-onalar, hamjamiyat a’zolari, o’qituvchilar, umumta’lim muassasalari hodimlari, boshqaruv organlaridagi hatto maxsus ehtiyojli bolalrning o’zlaridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya olishlariga nisbatan qashiliklari va buni istamasliklaridir. Bunga sabab nogironlarga nisbatan insonlardagi noto’g’ri fikr, ular to’g’risida ma’lumotlarning yetishmasligi, nogiron bolalarning chegaralangan muhitda o’sganligi va boshqalardir. Hamjamiyatda ko’rinmaslik muammosining mazmuni shundaki, ko’pincha ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar ota-onalar tomonidan qattiq bekitiladi. Ularni uyga qamab hyech kimga ko’rsatmaydilar, ro’yxatga olish jarayonida nogiron bolasi to’g’risida hyech bir ma’lumot berilmaydi. Natijada ko’plab nogiron bolalar hamjamiyatda ishtirok etishdan mahrum bo’ladilar. Ular to’g’risida hyech bir ma’lumotni bo’lmasligi ta’lim-tarbiya muassasalariga qatnamasliklariga olib keladi.
100.Inklyuziv ta’limning nazariy asoslari
Inklyuziv ta’lim bu -davlat siyosati bo’lib, nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng xuquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir. Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim olish muhitini o’rganib maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limiy ehtiyojlariga umumiy baho beriladi. Asosiy ma’no shundaki, sog’ligining yomonlashuvi yoki rivojlanishining orqada qolishi sababli alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ham mumiy ta’lim jarayoniga kushish mumkin. Inklyuziv ta’limda, ta’lim berishning diqqat markazida bola turadi (o’quv rejasi emas) deb bu jarayonga yondashadi. Ushbu yondashuvlar bolalar xar xil sharoitda o’qiydi , rivojlanadi, ma’lumotni xar xil tezlikda qabul qiladi degan e’tirofga asoslanadi. Ular xar bir bolaning shu qatorda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ehtiyojlarini qondiradigan ta’lim muxitini yaratib berishga qaratilgan. Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo’llab– quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda olishi va optimal o’quv rejasining mavjudligidir. Maktab muxiti moslashuvchan bo’lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak.

Yüklə 329,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə