Inklyuziv ta’limning xususiyatlari, yutuqlari va rejalari



Yüklə 18,46 Kb.
tarix22.05.2023
ölçüsü18,46 Kb.
#111874
Inklyuziv ta\'lim


Inklyuziv ta’limning xususiyatlari, yutuqlari va rejalari
Inklyuziv ta’lim nima? Bunday ta’limda kimlar taxsil oladi? degan savollar tug’iladi,albatta. Inklyuziv ta’lim bu-davlat siyosati bo’lib, nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlarni yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Ya’ni sog’lom bolalar bilan birga imkoniyati cheklangan bolalarning bir maktabda va bir sinfda birgalikda ta’lim-tarbiya olishi desak xato bo’lmaydi. Bu ta’lim shakli hozirgi kunda eng samarali qulay ta’lim tizimi sifatida o’z faoliyatini olib bormoqda.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 12.10.2021 yildagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida” gi 638-son qaror qabul qilindi. Hujjat 13.10.2020 yildagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-4860-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan. Inklyuziv ta’lim o’qituvchi va o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglikka asoslanadi. Shu jihatdan inklyuziv ta’lim jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan ta’lim oluvchilarga va to’liq imkoniyatga ega o’quvchilarga teng ta’lim berish bilan o’ziga xos xususiyatga ega hisoblanadi.Inklyuziv ta’limning quyidagi xususiyatlariga e’tibor qaratishimiz lozim:

  1. Interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanadi;

  2. Individuallashtirilgan dasturlarga asoslanadi;

  3. Ta’lim oluvchilar guruhlarga bo’lib o’qitiladi;

  4. Jismoniy va ruhiy jihatdan imkoniyati cheklangan o’quvchilarni maxsus o’qitish;

  5. Sensor tarbiyani amalga oshirish;

  6. Talim-tarbiya olish huquqini teng ta’minlash;

  7. Mashg’ulotlarga maxsus yondashish;

  8. Mashg’ulotlarni tajribali o’qituvchilar tomonidan olib borilishi.

Bizda va umuman olganda dunyo mamlakatlarida ham inklyuziv ta’limga alohida e’tibor beriladi. Chunki bunday ta’lim shakli shaxsning ta’lim va tarbiyaga oid huquqni to’liq ro’yobga chiqarish imkonini beradi. Masalan, to’liq nogironligi bo’lgan bolalarni individual tarzda oilada maxsus o’qitish aynan inklyuziv ta’limning yana bir asosiy bo’lgan vazifalari hisoblanadi.
“Maktablar jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emotsional, tilidagi yoki boshqa nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi kerak. Ularga ruhiy va jismoniy nuqsoni bor bolalar, boshpanasiz bolalar,ko’chmanchi xalqlarga tegishli bo’lgan bolalar, etnik yoki madaniy kamchilikni tashkil etgan oilalarning bolalari kiradi” (Harakat Rejasiga kirish 3-band)1.
Inklyuziv ta’lim vazifalari:
-Ta’lim muassasasida ta’limda alohida ehtiyoji bo’lgan imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning ta’lim olishlari uchun zarur psixolog-pedagogik, korreksion sharoitlar yaratish, ularning imkoniyatiga yo’naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishini, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;
-Maxsus ta’lim muassasasi o’quvchilarini umumta’lim maktablari bilan uyg’unlashtirgan holda faoliyat olib borish yo’li bilan o’quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash;
-Jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, bolaning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
-Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni oilalardan ajralmagan holda yashash huquqini ro’yobga chiqarish;
-Jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga muqobil munosabatni shakllantirishdir.
2020-2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo’yicha quyidagi vazifalar belgilandi:
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binosiga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar o’qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo’llanmalar, turli kasblarga o’qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni o’qitish uchun inklyuziv ta’lim tiziminitashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko’tarish qurilmasi, pandus, tutqich va b.), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo’yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlari bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash va b.
Inklyuziv ta’limning imkoniyatlaridan foydalanish uchun o’qituvchi faol bo’lishi, ta’lim oluvchiga muntazam ravishda topshiriq berib borilishi, imkon qadar topshiriqlarning yozma bo’lishi va topshiriq natijalarini nazorat qilib borish asosida inklyuziv ta’lim samaradorligiga erishiladi. Bularning barchasi inklyuziv ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo’lishi taqozo etiladi.
Yutuqlari
Inklyuziv ta’limning yutuqlari kundan kunga ortib bormoqda. Jumladan:
UNISEF Xalq ta’limi vazirligining defektolog va psixologlarning inklyuziv ta’limdagi roli to’g’risidagi nizomlar, loyihalarini ishlab chiqishga ko’maklashdi;
UNISEFning ko’magi inklyuziv ta’lim bo’yicha 5 yillik ish rejasi ta’lim sohasining umumiy rejasiga kiritilishini ta’minladi.
Qolaversa, hozirda yangilanayotgan konstitusiyaga 220000 taklifni orasidan aynan Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Maxsus pedagogika kafedrasining inklyuziv ta’lim bo’yicha bergan taklifi qabul qilindi hamda 50-modda sifatida kiritildi. Bu ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun katta imkoniyatlar sari yo’l ochilishiga ishonamiz.
Istiqboldagi rejalari
-tanib olingan mintaqalarda inklyuziv ta’lim uslublarini tajriba sifatida joriy etish uchun Xalq ta’limi vazirligiga texnik yordam ko’rsatish;
-maktabga qatnamaydigan yoki shunday xatarga uchrayotgan bolalarga alohida e’tibor qaratadigan viloyat bolalar rivojlanish markazlarida tegishli o’quv dasturlarini joriy etish;
-o’qituvchilar, ota-onalar va o’quvchilar uchun mo’ljallangan va imkoniyatlari cheklangan bolalar oddiy maktablarda bilim olishlari mumkin bo’lishiga qaratilgan alohida dasturlarni “Speshial Olimpiks” ko’magida O’zbekistonda tajriba sifatida joriy etish.

1“ Maxsus pedagogika”-M.U.Xamidova

Yüklə 18,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə