Innovatsion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish



Yüklə 18,63 Kb.
tarix06.04.2022
ölçüsü18,63 Kb.
#85085
Innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish
t-table
    1. Innovatsion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish


Globallashuv sharoitida iqtisodiy rivojlanishida ilm fanning tutgan o‗rnini belgilab olish va uni chuqur anglashga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Bilimlar iqtisodiyotiga o‗tish mamlakatda yangi bilimlarni yangi texnologiyalarga, milliy va global bozorlarda o‗z haqiqiy iste‘molchilarini topa oladigan mahsulot va xizmatlarga samarali tarzda aylantira oladigan yaxlit bir tizimini shakllantirishni talab etmoqda.

O‗zbekiston Respublikasida o‗tkazilgan Respublika ―Innovatsion g‗oyalar, ishlamalar va texnologiyalar‖, ―Sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjalar yarmarkasi‖da taqdim etilgan ilmiy-tekshirish ishlamalari va texnologiyalari, qo‗shma korxonalarda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sifat ko‗rsatkichlari xalqaro ISO standart talablariga mosligi va O‗zbekistonda lokalizatsiya qilingan import o‗rnini bosuvchi va eksportga yo‗naltirilgan ko‗plab tovarlar ishlab chiqarilmoqda.

Yuqori tartibdagi raqobat afzalliklari (yangi ilmiy ishlamalar, texnologiyalar, novotarlarning innovatsion monopoliyasi)ga asoslangan innovatsion rivojlanishi yangi sohalar va yangi bozorlarga faol bostirib kirishni tashkil qilish uchun katta strategik imkoniyatlar yaratadi. Bu strategik imkoniyatlar o‗z navbatida iqtisodiy o‗sishning sifat jihatidan yangi salohiyatini yaratadilar.



  1. Birlashmalar, yutib yuborishlar yoki yangi va qo‗shma korxonalar tashkil qilish asosida yangi sohaga kirib borish.

  2. Turdosh sohalarda har tomonlama rivojlanish.

  3. Turdosh bo‗lmagan sohada har tomonlama rivojlanish.

  4. Ishlab chiqarishni yig‗ishtirish va tuzatish.

  5. Aralash har tomonlama rivojlanish va qayta qurish.

  6. Ko‗p millatli har tomonlama rivojlanish.

Agar yangi sohaga kirib borishda yangi kompaniya yoki qo‗shma korxonani tashkil qilish strategiyasi har tomonlama rivojlanmagan

kompaniya tomonidan kuchli va foydali raqobat o‗rinlarini egallash uchun qo‗llanilsa, qoloq ishlab chiqarishlarni yig‗ishtirish va tugatish, transmilliy har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish, rivojlanish strategiyasi, qoidaga ko‗ra, kuchli va etarlicha keng har tomonlama rivojlangan koorporatsiyalarda vujudga keladi.

So‗nggi yillarda ko‗plab olimlar va mutaxassislar tomonidan innovatsion xizmatlar bozorini shakllantirish va boshqarish, rag‗batlantirish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlar ko‗lami kengayib borayotgan bo‗lsada, ammo innovatsion xizmatlar bozorining ayrim muhim jihatlarini tadqiq etish zarur darajada emas, xususan, mazkur bozorning faoliyat yuritish shartlari, asosiy sub‘etklarining o‗zaro samarali aloqalarini ta‘minlash omillarini ochib berish, hududlarda innovatsion xizmatlar bozorini qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish yo‗llarini aniqlashga ehtiyoj mavjud. Bundan tashqari,iqtisodiy tizimning muntazam rivojlanib borishi innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirishning yangi modellarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Innovatsion xizmatlar bozori deganda innovatsion xarakterga ega bo‗lganxizmatlarni yaratuvchilar bilan shunday xizmatlardan foydalanuvchilar (iste‘molchilar) o‗rtasidagi innovatsion xizmatlarni sotish va xarid qilish, etkazib berishga qartilgan iqtisodiy munosabatlar majmuasini tushunish mumkin9.

Zamonaviy sharoitlarda innovatsion xizmatlar bozori deyali barcha hududlarda (makonda) mavjud bo‗lishi ko‗zda tutiladi, shu bilan birga odatda innovatsion xizmatlar ilg‗or texnologiyalar, texnik va uskunalar, yondashuvlarni o‗zida mujassamlashtirgani sababli, ular innovatsiyalarga to‗lov qobiliyatiga ega talab yuqori bo‗lgan muhitda kengroq tarkib topadi. SHu nuqtai nazardan turli hududlarda innovatsion xizmatlar bozorini rivojlanganlik darajasi ko‗p hollarda mazkur hudud iqtisodiyoti, xususan uning real sektorining rivojlanganlik darajasiga mutanosib ekanligi kuzatiladi.

Hududiy innovatsion xizmatlar bozori hududda shakllangan innovatsiya tizimining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u innovatsiyalar yaratuvchilar hisoblanadigan institutlarni rag‗batlantirish orqali yangi innovatsiyalarni paydo bo‗lishiga, innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq etish orqali rivojlatirishga intiladigan korxona, korxonalar, tadbirkorlik sub‘ektlarining innovatsiyalarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish uchun asosiy makon vazifasini o‗taydi.

Agar hududiy innovatsiya tizimi, bilimlar, texnologiyalar innovatsiyalarni yaratish va sotish bilan band bo‗lgan, o‗zaro bog‗liq tuzilmalar (korxonalar)ning hamda ta‘lim, ilmiy, tadbirkorlik va notijorat korxonalarining hududiy darajada o‗zaro aloqalarini ta‘minlaydigan huquqiy, moddiy-moliyaviy, axborot va ijtimoiy xarakterdagi tuzilmalar ekanini inobatga olsak hududiy innovatsion xizmatlar bozorini mazkur aloqalarni shakllanishiga xizmat qiluvchi omillardan biri sifatida talqin etish mumkin.

XXI asrning ikkinchi va uchinchi o‗n yilliklardagi dunyoning innovatsion o‗zgarishlari ishlab chiqarishning postindustrial iqtisodiy uslubining shakllanishi bilan ifodalanadi. Garchi bu jarayon uzoq muddatli va ziddiyatli bo‗lsada, hozirdanoq uning asosiy jihatlari ko‗zga tashlanmoqda.

Birinchidan, bu integral iqtisodiy tizim. Bu xususiy mulkchilikka yo‗naltirilgan, har tomonlama raqobatli ko‗rinishdir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlarning shaxsiy tashabbuslari va innovatsion faolligi bilan hozirgi va kelajakdagi avlodlar uchun munosib turmush tarzini ta‘minlash, davlatning marketing strategikinnovatsion funksiyalarini amalga oshirish, bozor iqtisodiyotining davlat tomonidan tartibga solinishi hamda inson kapitali, tabiiy resurslar muhitini takror ishlab chiqarishni ta‘minlovchi nobozor sektorining rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan bog‗lashga imkon beradi.

Ikkinchidan, bu ko‗p ukladli iqtisodiyot bo‗lib, unda har bir iqtisodiy uklad o‗ziga xos bo‗lgan o‗rin egallab, boshqa ukladlar ustidan hukmronlik qilmaydi va ular bilan birlashadi. Bu erda gap turli ukladlarning optimal tarzda birlashuvi va hamkorligi haqida boradi:

- texnologik o‗sishni amalga oshiruvchi, monopoliyaga qarshi kurash bo‗yicha kuchli nazorat ostida bo‗lgan ishlab chiqarish markazlashuv darajasi yuqori tarmoqlarda ishlab chiqarish strukturasini o‗zgartiruvchi yirik biznes;

- millionlab fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslari uchun keng imkoniyatlar ochib beruvchi, innovatsion faollikning yuqoriligi bilan ajralib turuvchi, yirik ishlab chiqarishdan bo‗shatiluvchi va mehnat bozoriga yangi kirib keluvchi ishchi kuchining bandligini ta‘minlovchi kichik va o‗rta biznes;

- strategik ahamiyatga ega tarmoqlar va nobozor sektorida mujassamlashgan hamda davlatning strategik innovatsion funksiyalarini amalga oshirishni ta‘minlovchi davlat mulki;

- aholining hayot faoliyati muhitini (uy-joy, kommunal xo‗jalik va atrof-muhit muhofazasi), ma‘naviy takror ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishni (maktablar, madaniy muassasalar va hokazo) ta‘minlovchi munitsipal uklad;

- inson faoliyati va takror ishlab chiqarishda eng muhim funksiyalarni bajaruvchi, uy va shaxsiy oilaviy xo‗jalik bilan ifodalanuvchi natural uklad.

Shunisi muhimki, har bir uklad o‗ziga xos bo‗lgan funksiyalarni bajarish bilan birga egallab turgan o‗rnida eng samarali bo‗lishi lozim. Chunki, iqtisodiy o‗sish sur‘atlari va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bog‗liq bo‗ladi.

Barcha bozorlar kabi innovatsion xizmatlar bozori talab va taklif, raqobat asosida, ta‘kidlash joizki, mazkur bozor anan‘aviy tovarlar va xizmatlar bozoridan o‗zining bir qator xususiyatlari bilan keskin farqlanadi. Innovatsion xizmatlar mahsuli aksariyat hollarda muayyan buyurtma asosida emas, mustaqil ravishda (ishlab chiqaruvchining o‗z tashabbusi bilan) yaratiladi va bozorga chiqariladi. Bundan tashqari, yangi innovatsion mahsulot yoki xizmat uni amalga tadbiq etish bilan bog‗liq qo‗shimcha amallar, xarajatlar va jarayonlarni amalga oshirishni talab etadi. Ularning amaliyotda qanchalik foydali bo‗lishini oldindan baholash



mushkulligi sabab mazkur mahsulot yoki xizmatlar bilan bog‗liq risk darajasi yuqori.

Hududlarda innovatsiya xizmatlari bozori xususida so‗z borganda ayrim hollarda bozorga taklif etilayotgan innovatsion mahsulot uning potensial iste‘molchilarining texnologik jihatdan etarlicha tayyor emasligi tufayli ham talabga ega bo‗lmasligi mumkinligi ehtimolini hisobdan chiqarish mumkin emas.
Yüklə 18,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə