Innovatsion muhit tushunchasi va uning tuzilmasi



Yüklə 53,8 Kb.
səhifə1/4
tarix24.03.2023
ölçüsü53,8 Kb.
#103066
  1   2   3   4
3-1


3-MILLIY INNOVATSION TIZIMLAR.
Reja:
  1. Innovatsion muhit tushunchasi va uning tuzilmasi.


  2. Milliy innovatsion tizimni shakllantirishning kontseptual qoidalari, o‘ziga xos jihatlari va tendentsiyalari.
  3. O‘zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimining subyektli funktsional sxemasi.





    1. Innovatsion muhit tushunchasi va uning tuzilmasi

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholi farovonligini tubdan oshirish va turmush sifatini yaxshilash, jamiyat va davlatni har tomonlama hamda jadal rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilab olindi. Boshqacha qilib aytganda, biz O‘zbekistonni ishlab chiqarishda innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushi bo‘lgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh sanoatga, shuningdek, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga ega jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylantirishimiz lozim. Qo‘yilgan maqsadlarga O‘zbekistonni rivojlanishning innovatsion modeliga to‘liq o‘tkazmasdan turib erishish mumkin emas, bu mamlakatda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning hamda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalda joriy qilishni rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish zaruratini taqozo etadi.
Mamlakatimizda innovatsion g‘oyalarning tug‘ilishiga va ularni tijoratlashtirishga yordam beruvchi to‘laqonli innovatsion muhit mavjud emas. Bu
innovatsion rivojlanish sohasida mustahkam qonunchilik bazasining yaratilmaganligi bilan bog‘liq. Yuqorida tilga olib o‘tilgan muammolarning echimi bizning fikrimizcha quyidagi ikkita holat bilan bog‘liq. Bu, birinchidan, bugungi kunda dunyoning barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida shakllanib ulgurgan milliy innovatsion tizimlarning tarkibiga kiruvchi institutlar va tashkilotlarning umumiyligi sifatida innovatsion taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi shart- sharoitlarni yaratish zaruriyati bilan belgilansa, ikkinchidan esa,xo‘jalik yurituvchi subyektlarda butun bir innovatsion tsikl davomida g‘oyalarning tug‘ilishi va ularning tijoratlashuviga imkon beruvchi innovatsion salohiyat – ichki muhitning mavjudligi bilan belgilanadi. Innovatsion muhit sifatida baholanuvchi ichki muhit va tashqi shart-sharoitlarning o‘zaro uyg‘unligi samarali innovatsion faoliyatni amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi.
Innovatsion jarayon barcha bo‘g‘inlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’min etuvchi zaruriy innovatsion muhitni yaratish uchun innovatsiyalarni amalga oshirishning barcha ichki va tashqi omillarini o‘zaro hamohanglikda rivojlantirish talab etiladi. Yangiliklar (biznes g‘oyalar, innovatsion loyihalar)ni yaratish va ularni amalga oshirishning eng muhim sharti innovatsion faoliyat subyektlari (tadbirkorlar, innovatsion jamoa, faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalar)da quyidagi turli-tuman resurslarning umumiyligi bilan tavsiflanuvchi innovatsion salohiyatning mavjudligi bilan belgilanadi:

  1. Intellektual resurslar (texnologik hujjatlar, patentlar, litsenziyalar, yangiliklarni o‘zlashtirish bo‘yicha biznes-rejalar, korxonaning innovatsion dasturi);

  2. Moddiy resurslar (eksperimental va asbob-uskunalar bazasi, zamonaviy ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari uskunalari, maydonlar);

  3. Moliyaviy resurslar (o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lari va grantlar);

  4. Kadrlar (innovatsiyalarni amalga oshirishdan manfaatdor lider –novatorlar, personal; ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari bilan xodimlarning

hamkorlik va shaxsiy aloqalari; ITTKI larini amalga oshirish borasida to‘plangan tajriba; loyihalarni boshqarish tajribasi);

  1. Infratuzilma resurslari (korxonalarning ITTKI bo‘limlari, yangi mahsulot bo‘yicha marketingi bo‘limi, patentlashtirish va huquqiy bo‘lim, axborot texnologiyalari bo‘limi) shuningdek, innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa resurslar.

Tadbirkorlar innovatsion kompaniyani tashkil etish bosqichida yuqorida sanab o‘tilgan resurslarning barchasiga ham egalik qila olmasliklari mumkin, shunday bo‘lsada innovatsion faoliyatni amalga oshirish chog‘ida ularga egalik qilishga intilish va ularning zarur ekanligini anglab etish engg muhim shart hisoblanadi. Faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyada innovatsion strategiya va innovatsion loyihalarni amalga oshirish ham, o‘z navbatida innovatsion salohiyatning asosiy komponentlari mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Ushbu vaziyatda, sanab o‘tilgan resurslar: ilmiy –texnik salohiyat, ishlab chiqarish-texnologik salohiyat, moliyaviy- iqtisodiy salohiyat va kadrlar salohiyati kabilar kompaniyaning umumiy resurs salohiyatining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi. Shu bois, innovatsion potentsial haqida gapirganda, innovatsiya uchun zarur bo‘lgan resurslar mavjudligini emas, balki ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini ham yodda tutish kerak.
Ushbu imkoniyatlar, birinchi navbatda, ko‘zlangan innovatsion maqsadga erishilishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi muhitga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos innovatsion muhitning shakllantirilishi bilan bog‘liq. Shunday qilib, mavjud va yangidan tashkil etilayotgan kompaniyalarning innovatsion rivojlanishi ko‘p jihatdan innovatsiya salohiyat darajasi va kompaniyaning innovatsiyalarni yaratish (tijoratlashtirish) borasidagi imkoniyatlarini tavsiflovchi innovatsion muhit bilan belgilanadi. Shu bilan birga, ichki innovatsion muhit sifatida innovatsion salohiyatning mavjud ekanligi zarur omil hisoblansada, ilmiy-texnik faoliyat natijalarini samarali tarzda tijoratlashtirish va innovatsion strategiyalarni amalga oshirish uchun etarli emas. Innovatsion jarayonda barcha yo‘nalishlarning samarali ishlashi va ilmiy ishlanmalarning tijoratlashuvini amalga oshirish uchun, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, innovatsion rivojlanishga imkon beruvchi tashqi sharoitlarni yaratish zarur. Tashqi muhit omillari yangi institutsional tuzilmalarni yaratish va mavjudlarini yangilash, ularning funktsiyalari, faoliyat ko‘rsatish modellari va boshqa institutsional tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq. Har bir mamlakatning innovatsion iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan institutsional bozor tuzilmalarining yaxlitligi milliy innovatsion tizim (MIT)ni ifoda etadi. XX asrning 80-yillaridan buyon innovatsion tizimlarni yaratish dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlari davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Yüklə 53,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə