Innovatsion texnalogiayalardan foydalanish


International Conference on Developments in Education



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix30.12.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#98067
1   2   3
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Delhi, India 
https

econferencezone.org 23
st 
Oct. 2022 

tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini 
ta’kidlagan holda baxolanmoqda. O’zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p 
asrlar davomida qo’llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o’ziga xos urf-odatlari va 
an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g’oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o’tmishda 
ko’plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo’lgan. Hozirgi kunda bu mеrosdan 
ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. Ajdodlarimiz bilim o’rgatuvchi ustoz faoliyatiga 
katta ahamiyat bеrganlar. Bu pеdagogik faoliyatga bo’lgan asosiy talablardan biri edi. Sharq 
uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o’tkir fikrlaydigan 
kishilar to’g’risida shunday dеydi: «Aqlli dеb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir 
mulohazali, foydali ishlarga bеrilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo’r istidodga 
ega; yomon ishlardan o’zini chеtda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil dеydilar». Uning 
fikricha, «Ta'lim so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan 
o’rganishdir, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakatga, 
kasb-hunarga bеrilgan bo’lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga bеrilgan bo’lsalar, kasb- 
hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, dеmak, ular 
kasbhunarning chinakam oshig’i bo’ladilar» Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni - 
o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi 
shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, 
estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy 
kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.
Tarbiya jarayonida o’quvchida jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq 
keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining ongiga 
(ta’lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni 
uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash 
jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga 
erishish qiyinlashadi. Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va 
vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.
A) O’quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida rejalashtiriladi.
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi.
V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va 
qayerda ishlatish rejalashtiriladi. Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim 
- tarbiya tizimi jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.
Tarbiya fanini o’qitishda darslarda kooperativ ta’limning quyidagi metotlaridan samarali 
foydalanish mumkin : Vay-fay (Wi-Fi(jimlikni saqlash ishorasi )). 1.o’qituvchi qo’lini 
ko’taradi va Wi-Fi deb aytadi. 2.O’qituvchiga diqqat qarating (ishni to’xtating gaplashmang). 
3.O’qituvchining ishorasini ovoz chiqarmasdan takrorlang Ta'limning maqsadi jamiyat 
ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib 
bo’lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to’g’ri, aniq, o’rinli 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə