Innovatsion texnalogiayalardan foydalanish


International Conference on Developments in Education



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix30.12.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#98067
1   2   3
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Delhi, India 
https

econferencezone.org 23
st 
Oct. 2022 

foydalanish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, 
kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g’oyani singdirish, sharqona tarbiyani 
shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida 
o’quvchilarda mustaqil fikrlash, og’zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni 
rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad 
asosida esa ma'naviy, g’oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o’rganish jarayonida xalqning 
madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo’ladi. Ma'lumki, ta'limda 
ilg’or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o’quv mashg’ulotlarining 
samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo’llash orqali mustaqil 
va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot 
texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. 
Bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o’quvchilar faqat 
tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa 
ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topish, mustaqil o’rganish va fikrlash, tahlil 
qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishga o’rgatadi. O’qituvchi bu 
jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va 
shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda 
ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», 
«Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik 
guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi 
zamonaviy texnologiyalar qo’llanmoqda.
Bizning fikrimizcha, tarbiya fani darslarida, ayniqsa boshlang’ich sinflarda qo’yiladigan 
asosiy talablar quyidagilardan iborat: 1. Ta'limiy o’yinlar o’quvchilar yoshiga mos bo’lishi 
kerak; 2. O’yinlar o’tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo’lishi lozim; 3. 
Ta'limiy o’yinlarni o’tkazish vaqti aniq belgilanishi shart; 4. Ta'limiy o’yinlar ham ta'limiy, 
ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi kerak; 5. Ta'limiy o’yinlarning o’tkazilish maqsadi, 
ahamiyati belgilanishi lozim Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi 
ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi desak to’g’ri bo’ladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
1. Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
2. Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash
3. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 
1993. 184-185-b. 4. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq 
merosi. nashriyoti, 1993. 182-b. 
4. Saviya.uz 
5. Ziyonet.uz

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə