Innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 27,01 Kb.
tarix13.03.2023
ölçüsü27,01 Kb.
#102399
növüReferat
KOMPYUTER GRAFIKASINING TURLARI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
IPAK YO'LI INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

______________________________________”


fanidan
REFERAT
MAVZU:______________________________________
______________________________________________


Ta’lim yo’nalishi:_____________________
Bajardi: ________________guruh talabasi
_________________________________
Qabul qildi: ____________________
OLMALIQ-2023 YIL
KOMPYUTER GRAFIKASINING TURLARI

REJA:

KIRISH

1.Kompyuter grafikasining tarixi
2.Vektorli grafika
3.Piksellar

XULOSA
ADABIYOT
Kirish
Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko‘zlari yorda- mida qabul qiladi. Ko‘rish tizimi turli obyektlarning tasvirini qabul qilib ola- di. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasawur paydo bo‘ladi.
Obyektlarning tasvirini yaratish, ularni saqlash, qayta ishlash va tasvir­lash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuterning eng qiyin va asosiy masa- lalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni bekor turganida ham ekranida ko‘rinishi kerak bo‘lgan tasvimi sekundiga o‘nlab marta qayta ishlab ko‘rsatadi.
Kompyuterning ekranida paydo bo‘ladigan tasvirlar uning videokarta deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi. Video- kartalar uchun maxsus videoprotsessorlar ishlab chiqariladi. Videoprotses- sorlar kompyuterning asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlarini bajarish tezligi bo‘yicha ortda qoldirib ketgan.
Kompyuter ekranida tasvir qanday yaratilishi bilan tanishib chiqamiz. Kompyuterning ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda tasvirlash qurilmasi monitor (monitor - kuzatish, nazorat) deb ataladi. Kompyuterda bo‘layotgan jarayonlarni monitor orqali kuzatish mumkin. Monitorning tasvirlar ko‘rsatiladigan qismi, ya’ni ekrani displey (display - tasvirlamoq) deb ataladi. Hozirgi paytda alohida korpusda yig‘ilgan tasvir­lash qurilmalari kompyuter monitori, kompyuter bilan birga joylangan tas­virlash qurilmalari (masalan, noutbuk, planshet hamda telefonlarda) displey deb atalmoqda.
Кompyuter grafikasi o’zoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to’laqonli grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuter animasiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi. Кopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko’rinishlari o’z ichiga olsa kompyuter animasiyasi dinamik o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi.
Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir.
Кompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.
Кompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o’rganadi.
Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.
Кompyuter grafikasi turlari. To’zilishiga ko’ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo’lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko’pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo’lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi.
Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo’lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo’yicha (800) va vertikal bo’yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko’p bo’lsa tasvirning ekrandagi va qoq’ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo’ladi.
Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo’yalish rangini ko’rsatish orqali xosil qilinadi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yo’q’i ikki formula – to’q’ri to’rtburchak va ellipsning ranglari, o’lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko’ra kamroq joy egallaydi.
Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo’qotmagan xolda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash matematik formulalardagi mos koeffisientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni o’zatishning fotografik aniqligi talab etilgshanida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida o’zatiladi.
Axborotni grafik shaklda ishlab chikish, takdim etish, ularga ishloB bеrish, shuningdеk, grafik ob'еktlar va fayl­larda bulgan nografik ob'еktlar urtasida boKlanish urnatishni informatikada kompyutеr grafikasi dеb atash kabul kilingan. Kompyutеr grafikasi uch turga bulinadi: rastrli grafika, Vektorli grafika va fraktal grafika. Ular urtasidagi asosiy fark nurning displеy ekrandan utish usulidan iborat. Eslab koluBchi elеktron-nurli trubka (ENT)larga ega Vektorli kurilmalarda nur bеrilgan traеktoriya buylab bir marta chopib utadi, uning izi esa ekranda kеyingi buyruk bеrilgungacha sklanib koladi. Dеmak, Vektorli grafikaning asosiy elеmеnti — chizikdir.
Vektorli grafika bilan ishloBchi dasturiy Bositalar birinchi naBbatda tasvirlarni yaratishga muljallangan. Bunday Bositalar rеklama agеntliklarida, dizaynеrlik byurolarida va nashriyotlarda kullaniladi.
Rastrli kurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuktalar majmuasidan Bujudga kеladi. Bu nuktalar piksеllar (pixel) dеb ataladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini koploBchi piksеllar matritsasidir. Dеmak, rastrli grafikaning asosiy elеmеnti nuktadan iborat.
Rastrli grafika Bositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyutеr dasturlar yordamida kamdan-kam xoldagina yaratiladi. Kupincha ushbu maksadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanеrlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga muljallangan kupgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishloB bеrishga muljallangan. Internet tizimida kuprok rastrli tasvirlar kullanilmokda.

Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jixozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya'ni bunda tasvirlar formulalar yordamida kuriladi. Fraktal grafika odatda uyin dasturlarida kullaniladi.


Rastr grafikasida obyektlar bit kartasidagi to’rda ranga ega bo’lgan nuqtalar (piksellar) erdamida tasvirlanadi.
Rastrli tasvirlar bilan ishlash uchun rastr muharriridan foydalanamiz. Rastr tasvirlarni tasvirni rastr ko’rinichiga o’tkazish (Convert to Bitmap) yoli bilan olarniz. Rastr tasvirlarni muharrirlaganda piksellar ranglarini da o’zgartirish imkoniyati tugiladi, fahat ranglarni o’zgartirganimizda obyektning formasi uzgarishiga uz tasirini tegizadi.
Vektor grafikasi matematik obyektlar ustida tashqi qurilmalarga (monitor,printer) bogliqsiz holda amallar bajaradi.Vektor grafikasida birinch navbatda obyektning formasi uzgaradi rangi esa ekkinchi darajali bo’ladi. Sababi vektor grafikasida rang bilan forma bir-biriga bogliq emas bulib, forma birinchi darajali, rang bo’lsa ikkinchi bulib, faqat toliqtiruvchi xizmatini bajaradi.
Vektor grafikasi “qul yordamida” chizishdan yiroq shuning uchun avval obyektning vektor konturini chizish kerak keyin esa uni qanday qilib muharrirlashni oylab ko’rish kerak.
Vektor kontorlarinin muharrirlashda qanday asbob bilan yaratilganidan qattiy turda Forma (Shape) va maxsus muharrir paneli (Node Edit) (tuginlarni muharrirlaydi) foydalaniladi.
Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinf- larga ajratiladi: 1) statsionar (o‘zgarmas) yoki oddiy grafika; 2) kompyuter animatsiyasi; 3) multimedia.
Oddiy grafika vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan tasvirlarni yaratish bilan shug‘ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalarni kelti- rish mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan tasvir­lar yaratadi. Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar.
Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turda- gi axborotlarni, masalan, ovoz va matnni ham o‘z ichiga oladi. Multimedia- ning o‘ziga xos jihati uning interfaolligi bo‘lib, unda bir joy dan ikkinchi joyga o‘tish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to‘ri - wwwni, undagi www-saytlar va www-sahifalarni keltirish mumkin.
Qaysi sohada ishlatilishiga qarab, grafika quyidagi turlarga ajratiladi:
Ilmiy grafika. Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlash uchun.
Tijorat grafikasi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlarni yaqqol ko‘r- sata bilish uchun xizmat qiladi.

Konstruktorlik grafikasi. Iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa soha- larda loyihalash ishlarini osonlashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va avto- matlashtirishni ta’minlaydi.


Illyustrativ grafika. Xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida foydalaniladi.
Badiiy grafika. San’at asarlarini yaratishda keng qo‘llaniladi.
KOMPYUTER GRAFIKASI VA UNING TURLARI.  Kompyuter grafikasi haqida ma’lumot.  Kompyuter grafikasining turlari. Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatimizni informatsion jamiyatga aylantirdi. Bu jamiyatda faoliyat ko’rsatuvchilarning aksariyat qismi axborotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan banddirlar. Bunday ishlarni zamonaviy kompyuterlarsiz amalga oshirish qiyin. Ulardagi ma’lumotlarni qayta ishlash mashina grafikasi yordamida amalga oshirilsa foydalanuvchiga katta qulayliklar tug’diradi. Kompyuter grafikasi – bu model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash to’g’risidagi fandir. Kompyuter grafikasi deganda odatda grafik ma’lumotlarni kompyuter vositasida tayyorlash, qayta ishlash (qurish), saqlash va namoyish etish jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma’lumot deganda ob’ekt modellari va tasvirlari tushuniladi. Kompyuter grafikasi jahonda yangi fundamental fan hisoblanib, o’tgan asrning 90-chi yillarida paydo bo’ldi hamda fan va ishlab chikarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda uziga xos mustaqil ahamiyat kasb etdi. Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varoq oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm chizish, ya’ni tasvir yaratish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar bo’lib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va dasturiy vositalarining yangilanib turishi ushbu kursni hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni tinmay o’rganib borishni taqozo etadi. So’nggi yillarda bu sohada juda katta uzgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini uzida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi moslama – skanerlar, dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi. Kompyuter grafikasining uch turi mavjud bo’lib, bular: rastrli, fraktal va vektorli grafikadir. Xaitov Bafo Usmonovich «Kompyuter grafukasi» 8 Rastrli grafika. Rastr tasvirlar to’g’ri burchakli matritsa shaklida namoyon bo’lib, har bir yacheykasi rangli nuqtadan iborat. Rastr grafikasining asosi piksel’ (nuqta) hisoblanib, u rang bilan ifodalanadi. Tasvir nuqtalar to’plami sifatida akslanib ular qanchalik ko’p bo’lsa ko’rinish shunchalik tiniq va sifatli, fayl esa ko’p joy egallaydi. Ya’ni, aynan bitta tasvirning o’zi yuqori yoki past sifatli bo’lishi, o’lchov birligiga qarab nuqtalar ko’p yoki kam (odatda bir dyuymga nisbatan nuqtalar soni – dpi yoki piksellar soni – ppi bilan belgilanadi) bo’lishi mumkin. Rastr – bu nuqtalarning tartibli joylashuvidir. Rasm 1.1 da elementlari to’g’ri to’rtburchakdan iborat bo’lgan rastr tasvirlangan. Bunday rastrlar to’g’ri burchakli rastrlar deyiladi. Asosan shu turdagi rastrlar ko’p uchraydi. SHuningdek, boshqa geometrik shakllardagi rastrlar ham qo’llanilishi mumkin. Masalan: uchburchak, oltiburchak (rasm 1.2). Faqat ular quydagi talablarga javob berishi lozim: − hamma geometrik shakllar bir xil bo’lishi kerak; − geometrik shakllar tekislik yuzasini ochiq joy qoldirmasdan va birbirini to’smasdan to’liq qoplashi lozim. Rasm 1.1 To’g’ri to’rtburchakli rastr. n m n m a) Uchburchakli rastr b) Geksagonal rastr Rasm 1.2 Xaitov Bafo Usmonovich «Kompyuter grafukasi» 9 Rastrli tasvirlar har bir katagi ranglangan katakli qog’ozni eslatadi. Piksel (inglizcha pixel – picture element) – rastrli tavirlarning asosiy elementi hisoblanib, tasvir aynan shu elementlardan tashkil topadi. Rastrli grafikani tahrirlaganda biz piksellarni tahrirlaymiz, ya’ni ularning rangini o’zgartiramiz. Rastrli grafika asosan sifat sig’imi (razreshenie)ga bog’liq, chunki tasvirni ifodalovchi ma’lumot ma’lum bir o’lchamdagi to’rga bog’langan bo’ladi. Rastrli tasvir tahrirlanganda uning sifati o’zgarishi (odatda pasayishi), ya’ni tasvirni o’zini mas, balki u joylashgan to’rning o’lchamlari o’zgartirilib tasvirning aniqlik, tiniqlik darajasi o’zgartiriladi va fayl egallagan hajmi kamaytiriladi. Rastrli grafikani tasvirning sifat sig’imiga nisbatan past bo’lgan qurilma (printer)da chop ettirish rasm sifatini pasaytishiga olib keladi. Demak rastrli grafikani chop etish qurilmasining sifat sig’imi tasvir sifat sig’imiga nisbatan yuqori bo’lishi tavsiya etiladi. Rastrli grafikaning keng tarqalgan formatlari: *.tif, *.gif, *.jpg, *.png, *.bmp, *.pcx va b. Afzalligi:  Rastr grafikasi real obrazlarni effektiv namoish eta oladi. Sifatli rastr tasvirlari foto surat darajasidagi yuqori aniqlikda real va haqqoniy aks ettirilishi mumkin.  Rastr tasvirlar chiqarish qurilmalari – asosan lazer printerlarida juda yaxshi chop etiladi. Ya’ni rastr grafikasining sifati chop etishda o’zgarmaydi. Kamchiliklari:  Rastr tasvirlari saqlash qurilmalari (qattiq disk, SD-DVD, fleshka va h.) da ko’p joy egallaydi;  Rastr tasvirlarni tahrirlashda kompyuterning xotira resurslari – xususan tezkor xotirada ko’proq joy talab etiladi;  Rastr tasvirlarni tahrirlash mehnat talab va mashaqqatli;  Rastr tasvir masshtablashtirilganda tasvir sifati o’zgaradi. Qo’llanish sohasi:  Elektron va poligrafik nashriyotlar, Web dizaynda;  Foto tasvirlarni tahrirlash va restavratsiya qilishda;  Badiiy grafika va skaner bilan ishlashda. Fraktal grafikasi. Fraktal grafikasi asosan matematik amallar asosida grafik kompozitsiya tuzishda qo’llaniladi. Bugungi kunda videoroliklar, kliplar, videoo’yinlar yaratishda fraktal grafikasining o’rni beqiyosdir. Fantastik janrdagi kinofil’mlarda yoki kompyuter o’yinlarida atrof muhitning murakkab Xaitov Bafo Usmonovich «Kompyuter grafukasi» 10 kompozitsiyalari (o’rmonlar, tog’lar, shahar qiyofasi va h.) yaratishda fraktal grafikasidan keng foydalaniladi. Fraktal grafikasining qo’llanish printsipi proektiv geometriyaning qonuniyatlariga asoslangan bo’lib, oddiy geometrik elementni o’ziga o’xshash akslantirishdan iborat. Aytaylik qish sovug’ida deraza oynasidagi naqshlar yoki kristal panjaralarning hosil bo’lishi insonni ajablantiradi. Bunday hodisa va jarayonlrni kompyuterda modellashtirish, ularning formula asosida qonuniyatlarini topish bir qarashda matematik echimga ega emasday ko’rinadi, lekin echimi oddiydan murakkablikka printsipi asosida yaratiladi. YUqorida keltirilgan misollarda agar diqqat bilan e’tibor qaratsangiz oddiy bir element, aytaylik bir dona qor parchasi xuddi shunga o’xshash (katta yoki kichik, holati, rangi o’zgargan) boshqa bir element bilan takrorlanadi. Bunday o’xshash to’plamlar fraktal to’plamlar deb nomlanadi. Fraktallar bizga oddiy geometriyadan ma’lum bo’lgan figuralarga o’xshamaydi va ma’lum bir algoritmlar asosida quriladi. Fraktal grafikasida asosiy ob’ekt bu geometrik figura emas, balki matematik formuladir. Formuladagi koeffitsientlarni o’zgartirish asosida mutlaqo boshqa bir kompozitsiyalarni yaratish mumkin bo’ladi. Umuman oddiy qilib aytganda fraktallar – bu dastlabki figuraga nisbattan ko’p marta qo’llanilgan ma’lum bir almashtirish va o’zgartirishlar demakdir. Dastlabki fraktal geometriyasi g’oyalari XIX asrlarda vujudga kelgan. Kantor oddiy rekursiv (qaytariladigan) funktsiya orqali chiziqni chiziqlar to’plamiga olib keldi, keyinchalik esa Benua Mandel’brot fraktal geometriyasiga asos soldi va fraktal iborasini kiritdi. Fraktal – lat. fractal bo’lingan (qismlarga ajratilgan) ma’nosini bildiradi. Fraktalning yana bir izoh-tushunchalaridan biri bu – qismlardan iborat va har bir qismi yana bo’linadigan geometrik figuradir. Har bir bo’linadigan figura yaxlit figuraning kichraygan yoki o’xshash nusxasidir. Fraktallarning asosiy xususiyati bo’ o’ziga o’xshashlikdir. Oddiy figurani doimo kichraytirish va unga o’xshatish asosida fraktallar tuzish mumkin. Misol uchun: Oddiy kesma teng uchga bo’linadi (Rasm 1.3-a). O’rtadagi qismga teng bo’lgan yangi bir kesma bo’lagi qo’shiladi va to’rt bo’lakdan iborat siniq chiziq hosil qilinadi (Rasm 1.3-b). Keyingi etapda to’rtta kesmaning har biri yana uchga bo’linadi va o’rta qismiga teng yangi bo’laklar qo’shiladi (Rasm 1.3-c). Bu holat yana takrorlanganda bejirim bir naqsh kompozitsiyasi kelib chiqadi (Rasm 1.3-d). Agarda har bir etapda bo’laklarni kichraytirish bilan birga ularni yo’nalishini ham o’zgartirilsa yanada boshqaroq kompozitsiya kelib chiqadi. Xaitov Bafo Usmonovich «Kompyuter grafukasi» 11 Rasm 1.3 Fraktal grafikasi fayllari asosan *.fif kengaytmasiga ega bo’lib, kompyuter xotirasida juda kam joy egallaydi. Ya’ni ular xotirada faqat formula yozuvlari ko’rinishida saqlanadi. Fraktal grafikasining keng tarqalgan formatlari: *.frp; *.frs; *.fri; *.fro; *.fr3, *.fr4 va h. Afzalligi:  Original va bejirib, fantastik tasvirlarni hosil qilish mumkinligi;  Real hodisa va jarayonlarni (ilmiy grafikaviy) modellashtirishda qo’llash mumkinligi. Kamchiliklari:  Dasturlash tilining murakkabligi. Turli dasturlash tillari (C, Delphi, Pascal va h.) ni bilish talab etiladi;  Natijani oldindan baholashning qiyinligi. Qo’llanish sohasi:  Ko’ngilochar dastur va video o’yinlar yaratishda (oddiy va murakkab teksturalar, turli landshaft va fonlarni yaratishda);  Kino va video industriyada (noananaviy hodisa va jarayonlarni hosil qilishda, fantastik syujetlar yaratishda).

Adabiyot
files -> ebooks -> Maruza%20matnlari
Maruza%20matnlari -> Tabiiy fanlar
Maruza%20matnlari -> Navoiy davlat pedagogika instituti informatika va axborot texnologiyalar kafedrasi zamonaviy matematik paketlar
Maruza%20matnlari -> Buxoro davlat universiteti «axborot texnologiyalari»
Maruza%20matnlari -> Taqrizchilar: k f. n., dotsent X. B. Raxmatov
Yüklə 27,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə