Innovatsiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish istiqbollari



Yüklə 219,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix04.06.2023
ölçüsü219,29 Kb.
#115408
1   2
148-Article Text-428-1-10-20201017

Keywords:
modern
 
technologies, advanced pedagogical technologies
information technologies, digital technologies, method, virtual stand, internet, 
international experience, credit-module system. 
Ma‘lumki dunyodagi mavjud barcha jamiyatning kelajagi, taraqqiyoti ta‘lim 
tizimining qay darajada taraqqiy etgani bilan belgilanadi. Shu boisdan ham, hozirda 
mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan davlatimizning uzluksiz talimni isloh 
qilish va takomilashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va 
axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarilgani ham sir emas. Ta‘lim-tarbiya jarayoni murakkab jarayon 
hisonlanadi. Uning murakkabligi shundaki, modernizatsiya sharoitida ta’limning 
samaradorligiga erishishdir, samaradorlikka erishish esa ko’plab omillar, xususiyat va 
tendensiylar bo’lishini talab etadi. Birinchi navbatda, ta’lim oluvchi va ta’lim 
beruvchida motiv shakllanganligi, ularning orasida o’zaro munosabat faollik nuqtai 
nazaridan bog’langanligi, ta’lim oluvchi yangi bilimlarni egallashga bo’lgan 
ehtiyojini qondirishga harakatda bo’lishi, ta’lim beruvchi esa darsni tashkil etishda 
uning mukammalligiga, to’gri tashkil etilishiga, metodika esa talabga javob beradigan 
darajada tuzilganligi kabi xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi lozim.
Yurtboshimiz tashabbuslari bilan yangi davrga qadam qo’yilayotgan bir davrda 
keng fikrlash doirasiga ega , bilimlarni chuqur egallagan, o’z sohasida yetuk va davr 
talabiga javob beraoladigan shaxslarga bo’lgan etibor va talab kuchayotgani yana bir 
karra, modernizatsiyalangan ta’limni va sifatli tashkil etilgan ta’limni joriy etish 
masalasini ko’ndalang qilib qo’yadi. Shu sababli ham, bilimdon, tashabbbuskor, 
jamiyatda faol va o’z mehnatida bilan dunyoni zabt etaoladigan shaxs 
shaklllantirilishi lozim. O’ylaymanki, hozirgi davr nuqtai nazaridan kelib chiqib 
bunday talablarga javob bera oladigan va yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarni 
o’zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirishda quyida mezonlarni tashkil etilish 
muhim ahamiyat kasb etadi: 

Zamonaviy va ilg’or ta’lim texnologiyalari 

Raqamli texnologiya 
+
zamonaviy va ilg’or pedagogik texnologiya 

Xalqaro tajribalar 
Avvalo ta’lim texnologiyalari haqidagi tushunchaga urg’u bersak, ta’lim 
texnologiyalari ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, o’quv 
materiallarini tanlash va strukturalashdan, ta’lim modelini tanlashdan to ularni 
amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
122
www.openscience.uz


loyihalashtirishdan tashkil topganligi uning tub mohiyatini ochib beradi. Vaholangki, 
optimallik va samaradorlik darajasini noan’anaviy usullarini ta’limga olib kerish va 
uning ilg’origini ta’minlash zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tashkil etishga 
zamin yaratadi. 
Zamonaviy pedagogik texnologiya mohiyati shundan iboratki, u mavjud 
texnologiyalari bilan bir safda turadi, buning sababi har bir texnologiya o’zining 
metodi, shakli, uslubi va qo’llanish doirasiga egaligidir. Ammo ta’kidlab o’tilgan 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar tubdan farq qilib, ular murakkab va tushunish 
ancha chigal bo’lgan kompleks tushuncha yoki pedagogikaga xos bo’lgan bilimlar 
sohasini aniq va tushunarli ifoda eta olishi bilan mavjud texnologiyalardan farq 
qiladi. Masalan, “Klaster” metodi , “3X4” metodi, “Bumerang” metodi, “Iyearxiya” 
metodi, “Muammoli ta’lim” metodi , “Keys stadi” metodi va bu metodlarni ko’plab 
davom ettirishimiz mumkin.Quyida keltirib o’tilgan metodlar ta’limda joriy etilgan 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar turkumi bo’lib, ularning maqsadi bilimlarni 
puxta egallashga ko’mak berish, samaradorlikni ta’minlash ongni yuksalshtirish va 
talabalarni har xil vaziyatlarga moslashuvchanligini ta’minlashdir. 
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar boshqa 
sohalardagi texnologik jarayonlar bilan birgalikda birlasha oladi, o’z mazmun 
mohiyatini boyitib boradi va ta’lim jarayonida samarali yondashuvning yangi 
imkoniyatlarini ochib bera oladi. Bunga misol tariqasida axborot texnologiya, raqamli 
texnologiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalar uyg’unlashuvini misol qilib 
keltirish mumkin. Fikrimizni oydinlashtiradigan bo’lsak, axborot texnologiya, 
raqamli texnologiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalar uyg’unlashuvi kompyuter-simsiz tarmoqlar(internet)-pedagog> o’rtasidagi muloqot deb atash 
mumkin. Bular yangi davr pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim 
jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo‘llana 
boshlandi. Yurtmizda hukm surayotgan pandemiya sharoitida, ta’lim berish va ta’lim 
olishning yangi, zamonaviy turi keng jamoatchilikka havola etildi ya’ni masofaviy 
ta’limda ta’lim olishga muvaffaq bo’ldik, albatta masofaviy ta’limni biz «Talaba- 
kompyuter-simsiz tarmoqlar(internet)-pedagog» larning uyg’unlashuvisiz tasavvur 
eta olmaymiz. Bu kabi dars mashg’ulotlarini yo’lga qoyilishida raqamli 
texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etdi. Biz albatta, simsiz tarmoqlari, internet 
tarmoqlari va albatta kompyuter texnologiyalar bilan darsni maqsadini ushbu 
sharoitda amalaga oshirdik. Bu esa hozirda ta’limdagi eng zamonaviy yondashuv 
hisoblanib, shu sabadan ham ta’limda yangicha yo’nalish olib kira oldik desak 
mubolag’a bo’lmaydi. Masovafiy ta’limdan tashqari raqamli texnologiya-axborot 
texnologiya- zamonaviy pedagogik texnologiyani uyg’unlashuviga dastur ilovalar 
orqali darsni tashkil etish haqida ham ko’plab ma’lumotlar keltirish mumkin. Hozirda 
joriy etilgan va boshqa o’quv yurtlarida tashkil etilayotgan «online jurnal» dasturini, 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
123
www.openscience.uz


videokonfrensiyalar o’tkazishni, «videotopishmoq»ta’lim texnologiyasini va virtual 
stendlarni misol tariqasida keltirish mumkin. 
Shu o’rinda virtual stend tushunchasiga tushuntirish beradigan bo’lsak, virtual 
stend – o‘quv amaliy stendi yoki o‘quv-malaka ustaxonasi bo‘lib, o‘quvchi-
talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va 
texnologiyalari orqali ma’lum yo‘nalishda zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilishga 
yordam beradi. Virtual stendlar har bir o‘quvchi-talaba uchun texnikaga o‘zining 
kirish parametrlarini «buyurishga», o‘z bilimlarini nazorat qilishga imkon beradi.
Ta’limni modernizatsiyalash va samaradorligi haqida so’z yuritar ekanmiz, unda 
yana bir muhim omil xalqaro tajribalar o’zlashtirishni nazarda tutish maqsadga 
muvofiq albatta. Xalqaro, chet el tajribasi ya’ni ta’limda o’z yo’nalishiga va uslubiga 
ega bo’lgan davlatlarning ilg’or tajribalarini olib kirish hozirda mamalakatimiz davlat 
siyosati oldida turgan maqsadlardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Birobarin, 
“O’zbekiston Respublikasi Xalq tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” 
sini tasdiqlanishi buning yaqqol isbotidir.
Ushbu konsepsiya O’zbekiston Respublikasi umumiy o’rta va maktabdan 
tashqari ta’lim tizimini tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, o’sib 
kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat 
jihatidan yangi darajaga ko’tarish, o’quv- tarbiya jayoniga ta’limning innovatsion 
shakllari va usullarini joriy etish maqsadida tasdiqlandi, shu bilan birga O’zbekiston 
respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International student 
Assessment) Xalqaro miqyosda o’quvchilarni baholash dasturi reytengi bo’yicja 
jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishishiga erishish yana bir 
ustuvor maqsaddir, shuningdek

uzluksiz ta’lim mazmunini sifat jihatdan yangilash, shuningdek professional 
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish

o’qitish metodikasinini takomillashtirish, ta’lim tarbiya jarayonida 
individullashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish,

xalq ta’limi sohasidagi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari 
va innovatsion loyihalarni joriy etish 
kabi vazifalarni bajarish odinga maqsad qilib qo’yildi va vazifalarni bajarish 
bo’yicha ilk qadamlar tashlanmoqda. 
Yana bir xalqaro tajribalarni joriy etish doirasida, Koreya davlatining tajribasi 
olib kirildi bu tajriba barchaga ma’lum bo’lgan kredit-modul tizimidir. Ushbu kredit-
modul tajribasi Koreya davlatida yaxshi samara berganligi sababdan ham, bu xalqaro 
va ilg’or tajriba ayrim oliy o’quv yurtlarimizda tashkil etildi. Va o’quv yurtlarida 
ta’lim kredit-modul tizimini joriy etish bilanoq, ta’limda sifatni yanada 
yaxshilanganligini ko’rish mumkin. Darhaqiqat bu kabi o’z sinovidan o’tgan va 
yaxshi samara beradigan xalqaro tajribalar bundan keyin ham o’zlashlashtirib boriladi 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
124
www.openscience.uz


va umid qilamanki, ta’lim tizimimizni modernizatsiya qilishda o’zining samaradorligi 
bilan namoyon bo’ladi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
[1]
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’lim tizimini 
takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlari to’g’risida” gi farmoni PF-
5538 son. 05.09.2018 yil. 
[2] N.Muslimov, Z.Raximov, X.Qodirov “Ta’lim texnologiyalari” darslik. 
Toshkent-2017. 11-bet. 
[3] M.F. Hakimova, N.X. Xo‘jayev, D.Q. Axmedov. Zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma.– Т.:ТDIU nashr., 2006y, 52-53-betlar. 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
125
www.openscience.uz

Yüklə 219,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə