“Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – eng muhim qadriyat” degan tamoyil


birinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi



Yüklə 412,37 Kb.
səhifə4/5
tarix04.04.2023
ölçüsü412,37 Kb.
#104193
1   2   3   4   5
gazeta

birinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi;
ikkinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
uchinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha milliy komissiya tarkibi tasdiqlanadi.
Xususan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining 11-maqsadida “Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini takomillashtirish” muhim vazifa etib belgilanmoqda. 
Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish, davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini raqamlashtirish, murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. 
Eng asosiysi, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasida “Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqchil davlat” milliy dasturini ishlab chiqish vazifasi zimmamizga yuklangani bejiz emas.
Albatta, ushbu Dastur loyihasi, ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda, belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va taqdim etiladi.
“Yo‘l xaritasi” loyihasida yana bir muhim vazifa – Xalq qabulxonalarining huquqiy maqomini takomillashtirish masalasi uchun mas’ul etib belgilanganmiz. Xalq qabulxonalari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish va ularning davlat boshqaruvi tizimidagi maqomini mustahkamlashga qaratilgan Konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish bo‘yicha ishlarni allaqachon boshlab yubordik.
Xalq bilan bevosita muloqot qilish, yurtdoshlarimizning dardu tashvishlari, muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha mutlaqo yangi demokratik tizim – Xalq qabulxonalari o‘tgan besh yilda faoliyat yuritib kelmoqda va o‘zini oqladi.
Bundan tashqari barcha davlat organlari faoliyatida “xalq dardiga kuloq solish”, muammolarni joyida hal etish va xalqni rozi qilish bo‘yicha samarali ishlar qilinmoqda.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining 12-maqsadi “Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” deb nomlangani bejiz emas.

Yüklə 412,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə