“Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – eng muhim qadriyat” degan tamoyil



Yüklə 412,37 Kb.
səhifə5/5
tarix04.04.2023
ölçüsü412,37 Kb.
#104193
1   2   3   4   5
gazeta

Zero, bu o‘rinda ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish, odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini o‘rganishda ijod ahli mehnatidan samarali foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Bularning barchasi, o‘z navbatida, yurtimizda ta’sirchan jamotchilik nazoratini o‘rnatishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi o‘rni va ahamiyati qonunchilik negizida tubdan kuchaytirilgandi. Taraqqiyot strategiyasida ana shu tashkiliy-huquqiy asoslarni takomillashtirish ko‘zda tutilgani yangi davr talabidir.
Shu nuqtai nazardan, Taraqqiyot strategiyasi loyihasining 83-maqsadi “Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash” deb atalgani hamda unda bir qator muhim vazifalar ko‘zda tutilgani ham katta hamiyatga ega.
Avvalambor, bu o‘rinda axborot sohasini tartibga solishga qaratilgan mavjud qonunlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot kodeksi shaklida unifikatsiya qilinishi haqida so‘z bormoqda. Shuningdek, fuqarolarning axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyati oshiriladi.
Turli yosh toifasi uchun mo‘ljallangan o‘quv kurslari hamda onlayn dasturlar ommalashtiriladi. Xalq ta’limi va professional ta’lim tizimining tegishli darsliklariga media savodxonlik bo‘yicha mavzular joriy qilinadi.
Shaxsiy va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni internet tarmog‘ida oshkor qilish bilan bog‘liq daxlsizlik huquqlari buzilishining oldini olish ham ko‘zda tutilgan. Bunda Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning daxlsizlik huquqlari bilan bog‘liq moddalariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlanadi.
O‘z navbatida, “Yo‘l xaritasi” 46-bandida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish haqida so‘z boradi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ushbu vazifaning asosiy ijrochilaridan biridir.
Bunda, birinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha tegishli xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish taqozo etiladi. Ikkinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv milliy mexanizmning qonuniy asoslarini rivojlantirish kerak bo‘ladi. Hamkor tashkilotlar bilan har ikki masala bo‘yicha, umuman, Taraqqqiyot strategiyasi ijrosi doirasida o‘zaro hamjihatlikda faol ish olib boramiz.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasining 19-maqsadi – advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirishdan iborat. Bunda:
advokatura institutini to‘laqonli o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh
malakali kadrlarni jalb qilish;
advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini shakllantirish;
advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
bepul huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanishni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.
Yana bir muhim jihat: Loyihaning 90-maqsadida  BMT organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatni kuchaytirish haqida so‘z boradi.
Ya’ni, O‘zbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo hamjamiyatiga keng tanitish; O‘zbekiston rahbariyatining BMT doirasidagi tashabbuslarini amalga oshirishni ta’minlash; BMT va uning muassasalari bilan iqtisodiy-moliyaviy va konsultativ hamkorlikni rivojlantirish bunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish; BMTning “Inson huquqlari yo‘lida harakatga da’vat” tashabbusini ilgari surish uchun barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish istiqbollari ko‘rsatib berilmoqda.
Muxtasar aytganda, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasi negizida bir qancha yangi dasturlar, yangi konsepsiyalar, yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi nazarda tutilmoqda. Bu bilan mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik rivojlanishining keyingi bosqichida amalga oshiriladigan islohotlar keng qamrab olinmoqda.
Shunday ekan, Taraqqiyot strategiyasining tasdiqlanishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish hamda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ulkan maqsad va vazifalarimizga erishish imkonini beradi.
Akmal SAIDOV,
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori
Yüklə 412,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə