Institut elekrton platformasi. Shaxsiy kabinet



Yüklə 25,1 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü25,1 Kb.
#141288
Institut elekrton platformasi. Shaxsiy kabinet


Institut elekrton platformasi. Shaxsiy kabinet, qaytar aloqani amalga oshirish. Ma`lumotlarni joylashtirish.

Oliy ta'lim yangi axborot texnologiyalarini ishlatish asosida ta'limning turli ko'rinishlari, shakllari va usullarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Shularni hisobga olgan holda elektron ta'lim tizimida ta'lim jarayonini tashkil etish aniq tayyorgarlikni talab etadi, ya'ni zaruriy ta'lim darajasiga va moddiy-texnik ta'minotga ega bo'lishni talab etadi.




Elektron ta'limni shakllantirishda Moodle platformasi katta ahamiyatga ega. Moodle platformasining asosiga L.S.Vigotskiy, Djon Dyui, Jan Piaje, Ernst fon Glazerfeld kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar qo'yilgan. Bu tamoyillar asosida Martin Dujiamas (Martin Dougiamas) (Moodle ta'limni boshqarish tizimini yaratish bo'yicha loyiha muallifi va boshlig'i) umumiy "ijtimoiy konstruktivizm" (inson faoliyatida ijtimoiy voqelikning ijtimoiy-psixologik qurilishi jarayonlarini o'rganadigan sotsiologik va psixologik nazariya) nomi ostida tizim asosiga yotqizilgan besh tamoyilni shakllantirdi. Bu tamoyillarni hisobga olib, elektron ta'limning ta'lim sub'ektlari, ular orasidagi aloqa tizimlari va ta'lim jarayoni amalga oshadigan soha kabi asosiy komponentalarini ko'rib chiqish mumkin. Elektron ta'lim modeli asosiy komponent sifatida axborotni maxsus axborot va ta'lim muhitida (virtual) uzatishni nazarda tutadi. Sohaning o'ziga xosligi o'quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlariga tubdan ta'sir qiladi: o'quv motivatsiyasi, o'quv holati, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.
O'quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlari birinchi navbatda Moodle platformasi orqali o'qituvchi-talaba munosabatlarining ko'rinishi hisoblanadi. Elektron ta'limda masofali kursning muvaffaqiyati ko'p hollarda o'quv materialini to'g'ri tashkillashtirishga bog'liq bo'ladi. Agar masofali kurs o'qitishga yo'naltirilgan bo'lsa, u holda kurs uchun zarur bo'lgan materiallarni to'plash, saralash va joylashtirish ko'p hollarda o'qituvchi va talaba hamkorligi asosida tashkillashtiriladi va bu kurs tarkibiy qismining didaktik xususiyatlari bilan belgilanadi.

Masofali kursni yaratish talabalarda mustaqil ravishda bilim olish qobiliyatini shakllantirishga yo'naltirilishi kerak. Bunday holda, o'qituvchi o'quv jarayonini boshqarishi va olingan bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat qilishi kerak. Masofali kurs uchun o'quv materialini tayyorlash vositalari o'quv rejaga muvofiq ravishda tanlanadi.
Moodle platformasi uchun kurs strukturasi quyidagi elementlardan iborat bo'lishi kerak:
1. Motivatsiya bloki samarali kognitiv faoliyatga, asosiy tarkibni faol o'zlashtirishga qiziqishni rag'batlantiradi. Motivatsiya - masofali kursning zarur qismi bo'lib, butun ta'lim jarayoni davomida saqlanib turishi kerak. Bu yerda katta e'tibor talabalarga qo'yilgan aniq maqsadga qaratiladi. Agar qo'yilgan masala darajasi talaba tayyorgarligi darajasiga mos kelmasa, motivatsiya yo'qoladi.
2. Yo'riqnoma bloki o'quv jarayoni qatnashchilari uchun muhim bo'lgan yo'riqnomalar va uslubiy ko'rsatmalar, normativ hujjatlar, anketa natijalari, masofali kurs jadvalidan (kurs bo'limlari, topshiriqlar, testlar, mustaqil ishlar) iborat bo'lib, aniq, tushunarli tarzda berilishi kerak.
3. Axborot bloki o'z ichiga bosma darsliklar va o'quv qo'llanmalar, elektron darsliklar va uslubiy ko'rsatmalar, laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish uchun topshiriqlar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati, kurs bo'yicha qo'shimcha materiallarni oladi. Moodle platformasida bu blokda ma'lumotlarni joylashtirish uchun ma'ruza, glossariy, Flash Video, Scorm paketi kabi elementlar va veb-sahifa, giperhavola kabi resurslar mavjud.

4. Nazorat bloki o'quv jarayonini nazorat qiluvchi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi: joriy, oraliq va yakuniy nazorat testlari, mustaqil ishlash uchun savollar, mavzular yuzasidan nazorat topshiriqlari. Bunda nazorat ishlari talabaning masofali kursdagi ta'lim resurslarini o'zlashtirishini nazorat qilish, mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish uchun muhim omil hisoblanadi.
5. Kommunikativ va konsultatsiya bloki o'zida masofali kurs talabalarining o'qituvchi bilan interaktiv muloqotini tasvirlaydi. Moodle platformasida o'qituvchi va talaba o'rtasida interaktiv aloqani amalga oshirish uchun ma'ruza, forum, chat kabi vositalar mavjud. Konsultatsiya individual yoki guruh tarzida amalga oshirilishi mumkin (bir vaqtning o'zida 5-7 kishi). Ular real tarzda (chat, ICQ, Skype, vebinar) va asinxron tarzda (elektron pochta, forum, e'lonlar) bo'lishi mumkin.
Yuqoridagilarga ko'ra, masofali kursni tushunarli va tizimli tarzda shakllanishi birinchi navbatda, o'qituvchining pedagogik va kasbiy mahoratiga bog'liq bo'ladi. Masofali kurs uchun o'quv materialini tayyorlash vositalari o'quv rejaga muvofiq ravishda tanlanadi. Buni quyidagi sxemada ko'rish mumkin:
Moodle platformasi resurslarni loyihalash, yaratish va boshqarishga ruxsat beradi. Platforma interfeysi dasturlashtirish va ma'lumotlar bazasini boshqarish sohasi bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lmagan o'qituvchilar ishlashi uchun ham qulay imkoniyatlarni taqdim etadi va tushunarli tarzda ishlab chiqilgan. O'qituvchi mustaqil holda tizimda masofali kurs yaratishi va uni boshqarishi mumkin. Bundan tashqari, pedagogik jarayonda o'qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida kursning resurslari va elementlarini boshqarish uchun ma'lumotlarni kiritishga ko'maklashuvchi WYSIWYG HTML-muharriri ishlatiladi.

Bu muharrir orqali matn, jadval, sxema, rasm, audio, video, flesh ma'lumotlarni masofali kursga tez va oson joylashtirish mumkin .Moodle platformasida administrator tomonidan ro'yxatdan o'tganidan keyin talabalar masofali o'quv kurslari o'qituvchilari tomonidan o'z kurslariga ro'yxatga olinishlari kerak. Shundan keyin talabalar o'quv va uslubiy materiallar bilan to'ldirilgan masofali kurslarga kirish huquqiga ega bo'lishadi. Moodle platformasi talabaga o'qituvchi rahbarligida mustaqil ta'lim olish imkonini beradigan vositalarga ega.Talabalar birinchi marta Moodle platoformasida ishlashni boshlashganda, avvalo kurs strukturasi bilan tanishtiriladi, uslubiy ko'rsatmalar taqdim etiladi, ishlash tartibi, topshiriqlarni bajarishga bo'lgan talablar o'rgatiladi. O'qituvchi talabalarga Moodle platoformasida ishlash tartibi haqida tushuncha beradi. Masofali kursda har bir nazariy materialdan keyin talabalar topshiriqlar, testlar asosida baholanadi.Moodle platformasida nazariy materiallar "Leksiya" elementi yordamida beriladi. Bunda sahifalar ketma-ketligi nazariy materiallar va savolli sahifalar tarzida
beriladi. Sahifadan sahifaga o'tish o'qituvchi tomonidan oldindan aniqlanadi. Ma'ruza materialini ishlab chiqishda ma'ruzalar va topshiriqlar uzviy ketma-ketlikda beriladi. Ma'ruza yakunida talabalar o'tilgan o'quv materialini o'zlashtirish uchun test topshiradilar. Bunday testlarni bajarish uchun noto'g'ri javoblarga shtraf bermagan holda cheksiz urinishlar beriladi. Test natijalari baholar jurnalida qayd etiladi, ammo reytingni hisoblashda hisobga olinmaydi. Yangi material bilan tanishish orqali bajariladigan ishlarning asosini shakllantirish kerak. Shuning uchun tizimda talabalar bilimini tekshirish uchun ularga topshiriqlar beriladi. Buning uchun "Topshiriq" va "Test" elementlari ishlatiladi. Bu elementlar talabalarni individual holda yangi materialni qay tarzda egallaganliklarini tekshirishga ruxsat beradi.
Talabalarga "Topshiriq" elementi orqali amaliy topshiriqlar berib boriladi. Bajarilgan topshiriqni talaba serverga yuklaydi, o'qituvchi topshiriqni o'zi tekshirib, baholaydi yoki talabaga topshiriqni qayta bajarishi uchun qaytarib yuboradi. Talaba topshiriqni qoniqarli bajarsa, keyingi ma'ruzaga o'tish uchun ruxsat beriladi. Kurs yakunida talaba "Test" elementi orqali nazorat testini topshiradi va test yakunida test natijasi beriladi. Bu esa test nazoratining shaffofligi va ochiqligini ta'minlaydi. Moodle platormasi o'qituvchi va talaba o'rtasida interaktivlikni amalga oshirish uchun kursda turli forum va chatlar qo'llaniladi. Talabalar o'qituvchi tomonidan berilgan masalalarni hal qilishi hamda mustaqil tarzda masalaga oid materialni izlab topishi uchun kerakli havolalarga o'tishini ta'minlash maqsadida Moodle platformasida "Gipersstilka" resursidan foydalaniladi.
Talabalar va o'qituvchi o'rtasida teskari aloqani ta'minlash talabalarning faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni doimo nazorat qilishga ruxsat beradi. Teskari aloqa mexanizmi ta'limning har bir bosqichi bo'yicha maqsad va vazifalarni tekshirishga yo'naltirilgan. Teskari aloqa ixtiyoriy shaklda, shu jumladan (joriy, oraliq, yakuniy) nazorat testi, munozara, telekonferensiya kabi shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. Moodle platformasida bilimlarni baholash uchun modulli-reyting tizimi ishlatiladi, bu tizim talabalar bilimini baholash, materiallarni mustaqil izlab topish ko'nikmalarini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish imkonini beradi. Nomutaxassislik yo'nalishlarida baholashning modulli-reyting tizimini shakllantirishda quyidagi asosiy xususiyatlar e'tiborga olinadi: kursni modulli tartiblash; kurs/modul bo'yicha nazorat ishlarini shakllantirish; ball -reytingli shkalani aniqlash; talabalarga baholash chegarasi, nazorat ishini topshirish muddati, ballarni
yakuniy bahoga o'tkazish to'g'risida ma'lumot berish; baholar jurnalini ko'rish. Bunda kurs davomida talabalar bajargan ishlari uchun baholanadi.
Yuqoridagilar asosida shuni aytish mumkin-ki, oliy ta'limda axborot texnologiyalarini ishlatish va shu asosda ta'lim jarayonini tashkillashtirishning turli ko'rinishlari, shakllari va usullarini rivojlantirish asosida elektron ta'lim tizimida ta'lim jarayonini tashkil etishning muhim jihatlari va ta'lim tizimi arxitekturasi o'rganilgan holda elektron ta'lim sohasini tashkil etishda o'qituvchilar faoliyati, elektron ta'limning didaktik tamoyillari tashkillashtirildi. Elektron ta'lim jarayonida kurs strukturasini qurishda Elektron ta'limda masofali kursni muvaffaqiyatli ishlab chiqishda Moodle platformasiga qo'yiladigan asosiy talablar va kurs strukturasining asosiy imkoniyatlari o'rganilgan holda Moodle platformasi uchun elektron ta'lim metodikasi ishlab chiqildi.

Yüklə 25,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə