International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix17.03.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#102761
  1   2   3   4
din-psixologiyasi-bo-yicha-mutaxassis-kadrlarni-tayyorlashda-fanlararo-integratsiyaning-ahamiyati



International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-35-38 
 
 
 
 
 
35
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
DIN PSIXOLOGIYASI BO‘YICHA MUTAXASSIS KADRLARNI 
TAYYORLASHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING AHAMIYATI 
 
Zebo Xamidovna Kasimova
O‘zXIA “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri, p.f.n., professor 
Zebo-1972@mail.ru 
 
Ilm-fan rivojlanib borgan sari, differensiatsiya jarayoni kuchayib, yangidan 
yangi fan sohalari vujudga kela boshlaydi. Shu bilan birga ilm-fanning
rivojlanib borishi barobarida, paradoksga o‘xshash jarayon - fanlararo
integratsiya ham kuchayib boradi. Masalan, ikki va undan ortiq fanlar
hamkorlikda o‘rganadigan “qo‘shaloq” fanlar, ya’ni ikki fanning ob’ekti sifatida
- sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, psixofiziologiya, neyropsixologiya, 
etnopsixologiya, muhandislik psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, sport
psixologiyasi kabi yangi fan sohalari vujudga keldi. Din psixologiyasi ham shu
jarayonning mahsuli hisoblanib, dinshunoslik va psixologik bilimlar zaminida 
vujudga kelgan bo‘lsa-da, o‘zining mustaqil maqsad va vazifalari, ob’ekt va
predmetiga ega fan sifatida shakllanib, rivojlanib bormoqda.
Din psixologiyasi fanining hozirgi bosqichida fanlararo integratsiya 
jarayonining shakllanishi, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish dolzarb masalalardan 
bo‘lib, ular qo‘yidagi yo‘nalishlarda olib borilishi zarur:
-birinchidan, din psixologiyasining ob’ekti umumnazariy masalalarini
o‘rganish bo‘lib, u diniy ta’limotlar, diniy e’tiqodning mazmun-mohiyati,
xususiyatlari, dinning shaxs va jamiyat ma’naviy hayotidagi sotsial-psixologik 
vazifalarini qamrab oladigan yo‘nalishda;
-ikkinchidan, differensial yondashuv, ya’ni diniy e’tiqod va dindorlar ruhiyati
ma’lum ijtimoiy muhit va tarixiy davrlarni hisobga olgan holda tadqiq etiladi. 
Ko‘pincha buni hisobga olmaslik natijasida, turli guruhlar o‘rtasida bahsli holat
va nizolar vujudga kelib qoladi. Ma’lumki, tabiiy ofatlar, qirg‘in - barot
urushlar, ijtimoiy notinchlik, iqtisodiy tanazzular davrida diniy hissiyotlar va
e’tiqodlar nisbatan kuchayib ketadi;
-uchinchidan, diniy marosimlar psixologiyasi bo‘lib, diniy marosim va
amallar, urf-odat va udumlarni bajarishning inson ruhiyati va e’tiqodiga ta’siri
o‘rganiladi;
-to‘rtinchidan, keyingi yillarda xalqaro muammoga 
aylanib borayotgan ekstremal vaziyat va asotsial xulq-atvor 



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə