Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling


  Abonent qurilmalarini almashtirish tartibi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix21.04.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#85846
1   2   3   4   5   6   7
“Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling” aksiyasini o‘tkazish shartlari

4. 

Abonent qurilmalarini almashtirish tartibi

 

4.1. 



Abonent  qurilmasi  nuqson  bilan  ishlab  chiqarilganligi  aniqlanganda,  tashqi  taʼsir 

ko‘rsatilganligi  izlari  mavjud  bo‘lmaganda  (zavod  plombasining  butunligi  buzilganligi, 

korpusiga  zarar  yetkazilganligi,  ichiga  suyuqlik,  hasharotlar  tushganligi  va  h.)  Abonent 

Shartnoma  imzolangan  vaqtdan  boshlab,  olti  oy  davomida  ushbu  abonent  qurilmasini 

almashtirish  huquqiga  ega.  Bunday  hollarda  Abonent  birinchi  navbatda  1084  qisqa  raqamiga 

qo‘ng‘iroq  qilib,  abonent  qurilmasi  nosoz  holda  ekanligini  tasdiqlovchi  tegishli  dalolatnomani 

tuzish  uchun  Kompaniyaning  texnik  mutaxassisini  chaqirishi  kerak.  Ishdan  chiqqan  Abonent 

qurilmasining almashtirilishi Kompaniya omborxonasida shunga o‘xshash konfiguratsiyaga ega 

qurilma  mavjud  bo‘lganda,  sotuv  va  xizmat  ko‘rsatish  ofisiga  uning  nosoz  holda  ekanligini 

tasdiqlovchi dalolatnoma asosida to‘liq jamlangan holda qaytarilganda amalga oshiriladi. 

4.2. 

Abonentga  bog‘liq  bo‘lmagan  tashqi  yoki  boshqa  omillar  taʼsirida  qurilma 



shikastlanganligi  faktlari  aniqlanganda,  Abonent  qurilmasini  4.1-bandda  ko‘rsatilgan  muddat 

davomida almashtirishga ruxsat beriladi.               Zarurat tug‘ilganda, sotuv va xizmat ko‘rsatish 




 

 

ofisi  xodimi  tomonidan  ushbu  shartlarning  7.5-bandi  talablari  buzilganligi  holatlarini  istisno 



qilish  uchun  texnik  ekspertiza  xulosasi  talab  qilinishi  mumkin.  Texnik  ekspertiza  ushbu 

faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  tegishli  huquqlarga  ega  bo‘lgan  ixtisoslashtirilgan  tashkilot 

tomonidan  amalga  oshiriladi,  texnik  ekspertiza  o‘tkazilishi  bilan  bog‘liq  xarajatlar  Abonent 

tomonidan  qoplanadi.  Qolgan  barcha  hollarda  qurilma  almashtirilmaydi,  bunda  Abonentning 

barcha majburiyatlari o‘zgarishsiz qoladi. 

4.3.   Abonent  tomonidan  avval  sotib  olingan  va  GPON  texnologiyasi  bo‘yicha 

telekommunikatsiya xizmatlariga ulangan abonentning o‘z qurilmasi ishdan chiqqanda, abonent 

qurilmasi ushbu Aksiya doirasida taqdim etilishi mumkin. 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə