5.
Abonent qurilmalarini qaytarib berish tartibi
5.1.
Abonentga taqdim etilgan abonent qurilmasi Kompaniyaga tegishli bo‘lib, Abonent
tomonidan Aksiya shartlari buzilgan hollarda Kompaniya Abonent bilan imzolangan
Shartnomani, shuningdek, Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi shartnoma
(keyingi o‘rinlarda – Xizmat ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi shartnoma)ni, abonent qurilmasini
qaytarib berish sharti bilan, o‘rnatilgan tartibda bekor qilishga haqli.
5.2.
Shartnoma, shuningdek, Xizmat ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi shartnoma ixtiyoriy ravishda
Abonent tashabbusiga ko‘ra, bekor qilinishi mumkin.
5.3.
Tomonlardan birining tashabbusiga ko‘ra, 2.2-bandda nazarda tutilgan shartlar
bajarilgunga qadar Shartnoma bekor qilinganda, Abonent taqdim etilgan abonent qurilmasini
uning tabiiy eskirganini hisobga olgan holda, to‘liq jamlangan va soz holatda qaytarib berishga
majbur.
5.4.
Abonent qurilmasining qaytarilishi Abonent telekommunikatsiya xizmatlaridan ixtiyoriy
ravishda voz kechgan vaqtdan boshlab yoki Operator Abonent tomonidan Aksiya shartlari
buzilganligini aniqlagan vaqtdan boshlab, bir oy ichida amalga oshirilishi lozim.
5.5.
Abonent qurilmasi sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisining xodimiga qaytarib beriladi.
Abonent qurilmasini qaytarib berish uchun ushbu qurilma to‘liq jamlangan holatda bo‘lishi
kerak. Qurilma qaytarib berilganda Abonentga tegishli topshirish-qabul qilish dalolatnomasi
taqdim etiladi.
5.6.
Agar abonent qurilmasi ushbu moddaning 5.4-bandida belgilangan muddatda
qaytarilmasa, qurilmani qaytarish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq abonent
ro‘yxatga olingan joydagi tumanlararo xo‘jalik sudi orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |