Iqtidorli bolalar bilan ishlash



Yüklə 22,92 Kb.
səhifə1/2
tarix20.04.2022
ölçüsü22,92 Kb.
#85672
  1   2
Iqtidorli bolalar bilan ishlash


IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH
Iqtidor – bu inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi sifati bo‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi. Psixologik lug‘atda “iqtidor” tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi: 1) iqtidor bu – faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan qobiliyatlarning o‘ziga xos uyg‘unlashuvidir; 2) iqtidor bu – insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va o‘ziga xosligini belgilaydigan umumiy qobiliyatlar; 3) iqtidor bu – aqliy potensial, ta’lim olish qobiliyati va bilish imkoniyatlarining bir butun individual xarakteristikasi; 4) iqtidor bu – tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, qobiliyatlar tabiiy asoslarining o‘ziga xosligi va ularning namoyon bo‘lishi darajalari; 5) iqtidor bu – iste’dodlilik, faoliyatda yuqori natijalarga erishish uchun ichki imkoniyat va sharoitlarning mavjudligi. Ushbu tavsiflardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, iqtidor asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda (masalan, ta’lim, ijodiy, kasbiy, ilmiy) muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlar yotadi.

Iqtidorli bolalar bilan ishlashda psixologlar iqtidorning tuzilishini belgilaydigan asosiy omillarni bilishlari lozim. Bular quyidagilar:

umumiy intellektual yoki aqliy qobiliyatlarning yuqori darajasi;

bilish motivining dominantligi — boshqa motiv turlaridan ustunligi;

yangi predmetlar, vazifalar, voqea-hodisalarga duch kelganda, muammoni qo‘yilishi va yechimini topishda ijodiy faollikning namoyon bo‘lishi.

Iqtidorning erta namoyon bo‘lishi ikki yoshdan olti yoshgacha kuzatiladi. Bunday bolalar ikki-uch yoshdan o‘qishga intiladilar, uch-to‘rt yoshda o‘qishni va sanashni biladilar, besh-olti yoshda so‘zlarni va uncha katta bo‘lmagan jumlalarni yoza oladilar. Maktabgacha yosh davrida iqtidorli bolalar boshqalardan intellektning rivojlanish darajasi bilan ajralib turadilar.

O‘zlarining juda faolligi, ko‘plab savol berishlari, qiziquvchanligi, kattalardan oladigan ma’lumotni oson eslab qolishi va qayta aytib bera olishi bilan birga, boy tasavvurga egadirlar. Iqtidorli bolalar ko‘p hollarda turli hisob-kitoblarga qiziqadilar, she’r yoki ertaklar to‘qiydilar, musiqa asboblarini chaladilar, shaxmat o‘ynaydilar, rasm chizadilar, qo‘shiq aytadilar va raqsga tushadilar.

Yetti yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan davrda bolalar ko‘p hollarda kolleksiya yig‘ishga (markalar, medallar, sevimli mul’tfil’m va kino qahramonlarining rasmlari va xok...), qog‘oz, yog‘och va boshqa materiallardan turli predmetlarning loyihalarini yasashga qiziqadilar.

Iqtidorli bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha barcha noma’lum bo‘lgan narsalarga va yangiliklarga nisbatan mustaqil ravishda javob axtarishda faollik ko‘rsatib, kattalarga turli savollar beradilar. Bu savollarga berilgan javoblar orqali atrof olamni, voqea-hodisalarning sabab va oqibatlarining bog‘liqligini anglaydilar, shaxsiy hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladilar.
3-yoshli bolaga xos bo‘lgan hislatlar:

1. Nutqi ma’no jihatidan bir-biriga bog‘langan so‘zlardan iborat.

2. O‘yinda rolga kiradi.

3. Shar, olma va boshqa predmetlarni chiza oladi.

4. O‘zi yechinib kiyina oladi.

5. Kubiklarni bir-birining ustiga qo‘ya oladi.

6. Tayanchsiz zinalardan o‘zi ko‘tarilib, tusha oladi.
4 yoshli bolalar esa, o‘z imkoniyatlarini real baholay oladilar. Lekin, 4-5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek o‘zlari haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. O‘z-o‘zini anglash layoqati katta bog‘cha yoshida rivojlanib, avval u qanday bo‘lgani va kelajakda qanday bo‘lishini fikrlab ko‘rishga harakat qiladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni 3 bosqichga ajratish mumkin:

— birinchi davr — 3- 4 yosh oralig‘ida bo‘lib, emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘likdir;

— ikkinchi davr — 4- 5 yoshni tashkil qilib, axloqiy o‘z-o‘zini boshqara olish bilan bog‘liq;

— uchinchi davr esa, shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatlarini shakllanishi bilan tavsiflanadi.


Shuning uchun ham maktabgacha yoshidagi bola shaxsini tadqiq qilish juda murakkab jarayondir, chunki ko‘pgina shaxsni tadqiq qilish metodlari, katta yoshli odamlarga mo‘ljallangan va bolani o‘z-o‘zini tahlil qilish imkoniyatlariga asoslanmagan. Bundan tashqari psixodiagnostika yordamida o‘rganaladigan shaxs sifatlari maktabgacha tarbiya yoshida to‘liq shakllanmagan va beqarordir.
Bolalar psixodiagnostikasi ixtiyorida faqat maxsus proektiv metodlar ya’ni bolani yutuqqa erishish motivlari va xavotirlanish holatlarini o‘rganish metodlari mavjuddir yoki shaxs sifatlarini baholashda ekspert metodlaridan foydalanish mumkin. Bunda bolani yaxshi biladigan kattalar, tarbiyachilar, ota-onalar ekspert sifatida maydonga chiqadilar. Faqat ana shunday tarzda bolani shaxs sifatlariga baho bera olish imkoniyatlariga ega bo‘lamiz.
Bizga ma’lumki, intellektual testlar odamni aqliy faoliyatni rivojlanganlik darajasi va ularni alohida kognitiv protsesslarini (idrok diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi. Quyida maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlari, ijodiy (kreativ) qobiliyati hamda bolalarda faoliyatning biror sohasidagi iqtidorni aniqlash bo‘yicha bir qator testlar, shuningdek ushbu yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar hamda ota-onalar uchun maslahatlar taqdim etiladi.

Iqtidorli bolalar bilan ishlashning psixologik asoslari





Yüklə 22,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə