Iqtisodiy bilim asoslari


Taklif tushunchasi, Taklifning hajmiga va miqdoriga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 14,87 Mb.
səhifə53/254
tarix16.02.2023
ölçüsü14,87 Mb.
#100971
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   254
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi n

4.Taklif tushunchasi, Taklifning hajmiga va miqdoriga ta’sir etuvchi omillar.


Ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi.
Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 7-jadvalda ko‘rsatilgan.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g’ri bog’liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi.
7-jadval
Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi bog’liqlik

1 kg un narxi (so‘m)

1 oy davomida unning yakka taklifi miqdori (kg)

1 oy davomida unning bozor taklifi miqdori (tn)

350
300
250
200
150

60
50
30
20
10

6
5
3
2
1

Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag’batlantirish vazifasini bajaradi.


Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g’ridan-to‘g’ri bog’liqlikni ko‘rsatuvchi 7-jadvaldagi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig’ini tasvirlash mumkin (10-chizma).
R,so‘m S
3 50
300
250
200
150 S
100
50
0
1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna

Yüklə 14,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə