42
Mahsulotni o‘rganish
bosqichida
iste’molchilarning qanday va qaysi
tovarlarni sotib olishga xohishi borligi aniqlanadi, bozor o‘rganiladi,
anketa so‘rovlari, og‘zaki savol-javoblar kabi tadqiqotlar o‘tkaziladi,
iste’molchilar ehtiyojini qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarish rejalash-
tiriladi va rivojlantiriladi.
Narxlash
bosqichida tovarning narxi belgilanadi.
Tovarning narxi
shunday belgilanishi kerakki, ya’ni iste’molchilarning uni sotib olishga
qurbi yetsin.
Shu bilan birga, tovarni ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi
firma ham ma’lum miqdorda foyda olsin.
Reklama
bosqichida firma va tovar haqidagi ma’lumotlarni axborot
vositalari va turli tadbirlar orqali iste’molchilarga
yetkazish amalga
oshiriladi. To‘g‘ri berilgan reklama tadbiri tovarning sotuv hajmini
keskin oshirishi mumkin. Firma, tovar va tadbirlar haqidagi rang-barang
ma’lumotlar radio,
televideniye, internet va boshqa aloqa tarmoqlari,
gazeta va jurnallar, ko‘chalarda o‘rnatilgan
ustun va bino devorlaridagi
lavhalar, e’lonlar, plakatlar orqali iste’molchilar e’tiboriga havola
etiladi. Tovarning nisbatan arzon narxi, bejirim qadoqlanganligi va tovar
yorlig‘idagi yozuvlar ham o‘ziga xos reklama hisoblanadi.
Tovarni reklama qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:
Dostları ilə paylaş: