Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi



Yüklə 7,91 Mb.
səhifə1/3
tarix22.12.2022
ölçüsü7,91 Mb.
#97555
  1   2   3
Iqtisodiy jinoyatchilik


“Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanining predmeti va uslubi
So’nggi yillarda aholi farovonligini ta’minlash inson haq-huquqlari muhofazasini kuchaytirish hamda davlat organlarini inson manfaati uchun hizmat qilishini joriy etish bo’yicha ko’plab bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bu borada mamlakatimiz prezidenti SH. M. Mirziyoev 2019 yil amalga oshirishga mo’ljallangan ustuvor yo’nalishlarda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, odil sudlovga erishish huquqini muhofaza qilish idoralari faoliyatini takomillashtirish ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishda “Xalqimiz tinchligi va xavfsizligini ta'minlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish talab etiladi.”deya alohida ta’kidlab o’tdilar.
Jinoyat deganda ma’lum bir hududda va ma’lum bir vaqtda o‘rnatilgan huquqiy tartib va qonunni buzadigan muntazam ravishda sodir bo‘ladigan harakatlar tushuniladi. Jinoyat bu - jamiyatning noqulay tomonlarini aks ettiruvchi murakkab huquq tushunchasi va o‘z tarixining ma’lum davrlariga xos xususiyatlarga ega.
Iqtisodiy jinoyat o’z ichiga pul, moliya va mulkiy munosabatlarni oluvchi faoliyatning shunday turiki, uning maqsadi o’zgalarning yo’qotishi evaziga noqonuniyi tarizda oson yo’l bilan daromad topishdir. U mamlakat iqtisodiyoti xavfsizligiga, uning gullab-yashnashiga katta tahdid soladi
1.O’zgalar mulkini talon taroj qilish (bosqinchilik, talonchilik, fribgarlik, tovlamachilik, o’g’rilik)
2.O’zgalar mulkini talon taroj qilish bilan bog’liq bo’lmagan jinoyatlar (aldash orqali mulkiy zarar yetkazish, mulkni qo’riqlashdagi vijdonsizlik yo’ki qasddan nobud qilish, qonunga zid yo’l bilan mulkni olish yo’ki o’tkazish)
3.Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar (Chet el valyutasini yoki banknotani yashirish, soxta bankrotlik yoki tadbirkorlik, qalbaki pul yoki qimmatli qog’ozlar yasash)
4.Xo’jalik faoliyatidagi jinoyatlar (savdo va hizmat ko’rsatishdagi qonunbuzarlik, havfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish …,).

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə