Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Maks Veber 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


274 
tushuntirib berishi uchun tuzadigan muayan sxemasidir. M.Veberning XV-
XVI asrlarda Yevropaning xo`jalik burilishiga deformatsiyaning ta'siri 
sohasidagi izlanishlari fanda juda katta iz qoldirdi. Bu izlanishlarning 
markazida "Protestant etikasi va kapitalizm ruhi" asari turadi. Ma'lum 
ma'noda Veber Zombart amalga oshira olmagan ishni, ya'ni fundamental 
tarixiy-iqticodiy asarini yaratdi. Bu kitob sayohatchining kelajak haqidagi 
yozuvlari emas, balki kosmosdan turib kuzatishi edi. 
XULOSA 
F.List va tarixiy maktab namoyandalari o`z asarlari va uslubiyatlari 
bilan Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shdilar. 
List asarlarining betakrorligi va ilmiy ahamiyati xo`jalik siyosiy 
muammolarini 
chuqur 
tahlil 
qilishda 
hamda 
kam 
rivojlangan 
mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish qiyinchiliklarini oldindan ko`rsatib 
berishda o`z o`rnini topadi. F.Listning traktati to`rtta asosiy kitobdan iborat 
bo`lib, "Tarix", "Nazariya", "Sistemalar" va "Siyosat" deb nomlanadi. 
Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini o`rganib, zarur 
xulosalar chiqaradi. Ikkinchi kitob olimning iqtisodiy qarashlarining 
nazariy asoslarini ko`rsatib beradi. Uchinchi kitobda List siyosiy 
iqtisodning 
bir 
nechta 
sistemalarini 
ko`rib 
chiqadi. 
Jumladan, 
merkantilistlar, fiziokratlar sistemalari bilan bir qatorda sanoat sistemasi 
mavjudligini ko`rsatib o`tadi. 
F.List 
xo`jalik 
rivojlanishini, 
ya'ni 
taraqqiyotining 
turli 
bosqichlarini ko`rsatar ekan, umumiy qonuniyatlarni e'tibordan chetda 
qoldiradi. Lekin u o`z qarashlarini tarixiy-geografik, milliy sharoitlardan 
kelib chiqqan va hamma uchun umumiy bo`lgan holatlarni tasdiqlovchi 
manbalarni aniq ko`rsatib o`tdi. Shuningdek, milliy sanoat, millatning 
sanoat tarbiyasi va ayniqsa tashqi savdo taraqqiyoti muammolari keng 
ilmiy tahlil qilindi. 
F.List tomonidan bir davrning o`zida turli mamlakatlar teng 
rivojlanishi mumkin emasligining ilmiy asoslanishi katta ahamiyatga ega 
bo`ldi. 
Tarixiy maktab olimlari iqtisodiy fan rivoji yo`lida ko`p ishlarni 
amalga oshirdilar. Ular o`z asarlarida tarixiy va statistika manbalarini keng 
qo`llagan bo`lsalar-da, ayrim hollarda yuzaki bayonchilikni ham 
uchratishimiz mumkindir. Lekin shuni aytish zarurki, B.Gil'debrandning 
"Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi" va K.Knisning "Tarixiy 
usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod" nomli kitoblari nashr qilinishi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


275 
iqtisodiy ta'limotlar tarixida tarixiy maktab o`rnini mustahkam belgilab 
berdi. 
Ushbu maktabning "tarixiy" usuliga xos xususiyatlarni V.Rosher 
quyidagicha belgilaydi: 
1. Xalqlar iqtisodiy masala deganda nimani tushunadi? Ular 
iqtisodiy sohada nimalarga erishganliklarini amalda ko`rsatish; 
2. Faqat zamonaviy iqtisodiy munosabatlarni kuzatish bilan 
cheklanmaslik; 
3. Barcha xalqlarga xos iqtisodiy xodisa va harakatlarni taqqoslab 
tanqid qilish. Bu sohada ayniqsa qadimgi xalqlarga e'tibor berish; 
4. Iqtisodiy muassasalarni maqtamaslik va haqorat qilmaslik, 
chunki ulardan ayrimlarigina barcha xalqlar uchun foydali yoki zararlidir. 
Shunday qilib, tarixiy maktab vakillari tarixiy rivojlanish, 
evolutsiya va bosqichlar ketma-ketligini e'tirof etib, iqtisodiy qonunlarni 
e'tibordan chetda qoldirdilar. 
Tarixiy maktab faoliyati barcha kamchiliklardan qat'i nazar katta 
e'tiborga loyiq bo`ldi. Bu maktabning o`ziga xos usulini nemis 
iqtisodchilarining keyingi avlodi o`z ijodi bilan davom ettirdi. 
XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanida bir 
nechta nazariy maktablar vujudga keldiki, ular o`z maqsad, vazifalari va 
uslubiyatlari bilan o`zaro farq qilar edilar. Germaniyadagi yangi tarixiy 
maktab ham xuddi ana shunday ya'ni yangi yo`nalishni ilmiy asoslashga 
harakat qilgan va klassik nazariyotchilarni ayovsiz tanqid qilgan nazariy 
maktablardan biri edi. Ushbu maktab iqtisodchilari klassiklar fikricha 
qarshi iqtisodiy qonunlarning nisbiy ekanligi, tarixiylik nuqtayi nazaridan 
vaqtincha ekanligini hamda itimoiy va tabiiy faktorlargi mos ravihda 
shartli ekanligini ko`rsatib berdilar. Shuningdek klassiklarning "iqtisodiy 
inson" g`oyalari ham tanqid qilinib, undagi insonlarning xo`jalik faoliyati - 
xulqiga xos kechinmalari (ijtimoiy manfaat, oilaviy g`amxo`rlik, 
mehribonlik, burchni his etish, urf-odatlar va boshqalar) e'tibordan chetda 
qolmaganligini alohida ta'kidladilar. Va nihoyat, ular klassik maktabga xos 
bo`lgan abstraksiya va deduksiya uslublaridan keng foydalanish o`z 
navbatida 
ilmiy 
kuzatish 
va 
induksiya 
uslublaridan 
yetarli 
foydalanmaslikka asosiy sabab ekanligini ko`rsatib berdilar. haqiqatan 
ham, yangi tarixiy maktab olimlari qo`llagan va iqtisodiyot fanidagi 
yangicha tarixiy usullar ushbu maktab erishgan ijobiy yutug`larga asosiy 
sababchi edi. Chunki bir qancha marotaba nashrdan chiqqan fundamental 
tarixiy-iqtisodiy monografiyalar na faqat oddiy ilmiy ishlar sifatida, balki 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


276 
bu izlanishlar natijasi, qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda 
o`z o`rnini topdi. 
Shu o`rinda taniqli iqtisodchi olim Ya.S.Yadgarovning yozishicha, 
tarixiy maktab xo`jalik hayoti evolutsiyasini ilmiy o`rgangan yangi tarixiy 
maktabning o`tmishdoshi bo`lgan bo`lsa, o`z navbatida bu maktab hozirgi 
zamon iqtisodiyot fanidagi institutsional yo`nalish ya'ni amerika ijtimoiy-
institutsional maktablari shakllanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatgan edi (
Ядго
-
ров
А
.
С
история
экономических
учений

М
., 1999,
с
.149). 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə