Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Jon Beyts Klark
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


300 
balari cheklanganligi bilan xarakterlanadi. "Har bir ihlab chiqarish omili" 
ijtimoiy mahsulotda o`zi bevosita ishlab chiqargan boylik hissasiga ega 
Klark iqtisodiyotni statika va dinamika qismlariga bo`ladi (mex-
anika fani kabi). Avvalgi tadqiqotlarda statika qo`llanilgan bo`lsa, 
endilikda tabiiy-dinamik usul taklif etiladi. U iqtisodiyot fanini uch qism 
(bo`lim)ga bo`ladi: 1) boylikning universal xodisalari; 2) ijtimoiy-iqtisodiy 
statika (boylik bilan keyin nima bo`lishi to`g`risida gap yuritiladi); 3) ijti-
moiy-iqtisodiy dinamika (agar jamiyat faoliyat shakli va usulini 
o`zgartiradigan bo`lsa, bu sharoitda boylik va jamiyatning farovonligi bilan 
nima ro`y beradi, degan gap yuritiladi). 
Klark fikricha, xayoliy statik ijtimoiy ishalb chiqarishga operatsiya-
larning o`zgarmas xarakteri xosdir, bunda doimo avvalgi texnologik 
jarayonlarda yaxshi ma'lum Usha boyliklar yaratilaveradi, boylik hajmi 
bunda o`smaydi va kamaymaydi. Yer ham bir xil mahnat qurollari yor-
damida ishlanadi, o`sha hosil olinadi, boshqacha aytganda, ishlab chiqarish 
organizmi o`z shaklini o`zgartirmaydi. Demak, bu holatda harakat yopiq 
sistema (tizim)da boradi, iqtisodiyot barqaror va muvozanatda bo`ladi. 
Klarkning yozishicha, "iqtisodiy dinamikada" jahonning normal boyligi 
ko`proq bo`ladi va ish haqining tabiiy darajasi keyin hozirgidan ancha 
baland bo`ladi. 
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qarshi bo`lgan dinamik shart-
sharoitlar keltiriladi: 1) aholi o`sishi; 2) kapital o`sishi; 3) ishlab chiqarish 
metodlarining yaxshilanishi; 4) sanoat korxonalari shaklining o`zgarishi; 5) 
nisbatan past unumli korxonalar o`rniga nisbatan yuqori unumli 
korxonalarning yashovchanligi va boshqalar. Hatto har bir omil o`zicha 
jamiyatni dinamik holatda saqlash va ijtimoiy tarkibga ta'sir etish qudratiga 
ega bo`lar ekan. 
Klarkning 
yuqoridagi 
metodologik 
g`oyalari 
keyinchalik 
N.Kondratyev (Rossiya), Y.Shumpeter va boshqa olimlar tomonidan 
to`ldirilgan. 
Klark tadqiqotida "eng yuqori unumdorlik qonuni" muhimdir. Bu 
qonun erkin raqobat sharoiti, iqtisodiy muvozanat holatida amal qiladi. Ish-
lab chiqarish omillari bir xil samaradorlikka ega bo`lgan sharoitda eng yu-
qori unumdorlikning pasayib borishi masalasi marjinal prinsiplarda qarab 
chiqiladi. 
Kapital bilan ta'minlanganlik o`zgarmas deb olingan taqdirda, 
mehnatinng eng yuqori unumdorligi har bir yangi ishga jalb etilgan xodim 
bilan pasayib boradi va aksincha. Xodimlar soni o`zgarmas bo`lgan holatda 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


301 
mahnatning eng yuqori unumdorligi faqat kapital bilan ta'minlanganlikning 
o`sishi natijasidagina yuqoriroq bo`ladi. 
Qimmatni taqsimlashdagi hissalar oxirgi unumdorlikka bog`liq 
bo`ladi, ya'ni foiz kapitalining so`nggi o`sishidan hosil bo`lgan mahsulot 
bilan aniqlanadi, ish haqi esa mehnatning ohirgi oshuvidan hosil bo`lgan 
mahsulot bilan belgilanadi. 
Olim erkin raqobatli korxonada eng yuqori unumdorlikni mikroda-
rajada o`rganib, "befarqlik zonasi" yoki "eng yuqori soha" mavjudligini 
tasdiqlaydi, bu har bir korxona doirasida nazorat qilinishi mumkin. Bu 
zona doirasida odamlar sohibkorlar daromadiga ta'sir etmagan holda ishga 
kelib-ketishlari mumkin. Agar raqobat bekamu ko`st amal qilsa, hamma 
yerda bu eng yuqori ishchilar o`zining mehnat mahsuli sifatidagi maoshini 
oladilar, ammo raqobat doim mukammal bo`lmasligi sababli ular tahminan 
o`z mehnatiga yaqin maoshni oladilar. Bu sharoitda biror xodimning ish-
dan ketishi tufayli eng yuqori ish (uncha ahamiyatsiz ish) bajarilmay 
qoladi, sohibkor (tadbirkor) esa o`z navbatida "befarqlik zona" doirasida 
ziyonsiz bir nechta ortiqcha odamlarni ishga qabul qilishi mumkin, chunki 
bu zonada ish haqi ularning ishlab chiqarishi bilan bog`liq va bunda hech 
qanday foyda yuzaga kelmaydi. 
Amalda esa tadbirkor shu zona doirasida, avvalgi maosh bilan juda 
kam xodimni ishga jalb etadi, chunki ziyon keltirish xavfi bo`lib, tavakkal-
chilik minemaldir, bu eng yuqori, chegaralangan ishchi maoshi darajasida 
ish haqi oladi.
Kapitalga foizning shakllanishi O.Bem-Baverkning "kutilmalar 
nazariyasi"ga o`xshash fikr yuritiladi. 
Eng yuqori unumdorlik qonunidan shunday xulosa chiqariladiki, 
ishlab chiqarish omilining bahosi uning nisbiy kamomadligi bilan bog`liq. 
Bu esa, xususan, "adolatli ish haqi" doimo mehnatning eng yuqori unum-
dorligiga mos keladi, mehnat esa boshqa unumliroq ishlab chiarish omili, 
ya'ni kapitalga nisbatan past bo`ladi.
Shunday qilib, Klark "qonuni"ning asosiy mohiyati quyidagicha: 
ishlab chiqarish omili-mehnat va kapital shu omil tomonidan yaratiladigan 
mahsulot qiymati omil bahosi bilan tenglashguncha o`stirilib borishi mum-
kin (masalan, korxonada ishlayotgan xodimlar sonini ma'lum chegara-
gacha, ya'ni bu omil "befarqlik zonasi" ga kirguncha ko`paytirilishi mum-
kin). Amalda bu "qonun" bo`yicha ishlab chiqarish omilining rag`bati shu 
omil bahosi tadbirkorning olishi mumkin bo`lgan daromadidan ortib keta-
digan sharoitda o`z imkonini tugatgan bo`ladi. Demak, Klarkni bir vaqt-
ning o`zida ishlab chiqarish harajatlari strukturasi (tarkibi) ni optimallashti-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


302 
rish muammolari bilan bog`liq bo`lgan, hozirgi davr nazariyalarining 
asoschilaridan biri deb atash mumkin. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə