Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Sh.Furye
kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishini o`rganishga 
o`zining katta hissasini qo`shdi. F.Engels "Anti Dyuring" asarida shunday 
degan edi: "O`tmishning asosiy etap (bosqich)larida Sh.Fur'ening genialligi 
keng namoyon bo`ldi. U jamiyat o`z rivojlanishida yovvoyilik, 
patriarxalchilik, varvarlik va tsivilizatsiya (madaniyat) bosqichlarini bosib 
o`tganligini ko`rsatib berdi". Bunday taqsimot garchand ishlab chiqarish 
taraqqiyoti darajasini hisobga olgan bo`lsada, lekin ishlab chiqarish 
munosabatlarining xarakterini va moddiy ishlab chiqarishda ishlab 
chiqarish usulining turlichaligini inkor etadi. Shuning uchun varvarlikka 
quldorlik va feodalizm kabi turlicha ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatlar kiritiladi. 
Sivilizatsiya davrini esa u kapitalizm vujudga kelishi bilan bog`laydi. 
Lekin shuni aytish kerakki, uning qarashlariga xos xususiyat har bir 
davrning asosiy omili sifatida faqat ishlab chiqarish darajasinigina emas, 
balki inson ehtiroslari va tabiati uyg`unligini ham alohida ajratib 
ko`rsatishdir. 
Shunday qilib, ana shu holatlar muayyanligining vujudga kelishi 
o`z navbatida tsivilizatsiyalar o`rniga har tomonlama rivojlangan 
assotsiatsiyalar (uyushmalar) tashkil topishiga sabab bo`ladi. 
Kapitalizmni tanqid qilish Sh.Furye ta'limotining eng kuchli 
jihatidir. Jamiyatning yangi sotsial tashkiloti barpo etilmasa, ishlab 
chiqarishning rivoji mehnat ahliga baxt emas, balki kulfat keltiradi, deydi 
u. "Burjua tsivilizatsiyalarining o`ziga xos xususiyati,- deb yozadi olim, - 
tartibsiz ishlab chiqarishdan iborat. Boylik ko`paymoqda, ammo ishlab 
chiqaruvchi inson ana shu ko`payib borayotgan boylikdan bahramand 
bo`layotgani yo`q" (Sh.Furye. Izbranno`ye sochineniya. T.II, M.,1954, 
str.68). U aholining ayrim qismi behuda, parazit hayot kechirib, ezilgan 
mehnatkash xalqning ekspluatatsiya qilinishi hisobiga yashayotganini 
aytish bilan birga, bunday jamiyat aholining barcha qatlamlarini to`liq 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


240 
ta'minlash imkoniga ega emas degan xulosaga keldi. Sh.Furye ayniqsa 
kapitalistik savdo nuqsonlarini, undagi tovlamachilik, olibsotarlik va 
muttahamlikni fosh etadi. "Agar biz Sen-Simonda,- deb yozgan edi. 
F.Engel's, tafakkurning genial kengligini, shuning natijasida uning 
qarashlarida eng so`nggi sotsialistlar nomuntazam iqtisodiy fikrlari deyarli 
hammasining kurtaklari bayon etilganini ko`rsak, Sh.Furye mavjud 
ijtimoiy tuzumni tanqid qilmaganligini, bu tanqidda sof fransuzcha o`tkir 
zehnning, analizning g`oyat chuqurligi bilan qo`shilganligini ko`ramiz, u 
burjua dunyosining jamiki moddiy va ma'naviy nochorligini toqatsizlik 
bilan fosh qilib tashladi..." Haqiqatan, ham Sh. Furye o`z asarlarida nafaqat 
mavjud jamiyatni balki klassik iqtisodiy maktab vakillari yuqori baho 
berayotgan erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotni ham va umuman 
klassiklarni o`zlarini ham keskin tanqid qiladi. Uning fikriga ko`ra erkin 
raqobatga asoslangan iqtisodiyot savdogarlar va savdo agentlar sonini 
keraksiz darajada oshirib yuborgan bo`lib bu esa asosiy kamchiliklarni 
e'tibordan chetda qoldirgan. Sh. Furye sivilizatsiya jamiyatning 
kamchiliklari deb quyidagilar belgilaydi: ijtimoiy xaos; aholi nufuzini ortib 
borishi; kambag`allikni kuchaytiruvchi industrializm va boshqalar. Lekin 
Sh.Furye kapitalizmni har tomonlama tanqid qilgan bo`lsada, boshqa 
xayoliy sotsializm namoyan-dalari singari u ham islohotlar yo`li, 
tashviqotni kengaytirish bilan ekspluatatsiya, adolatsizlikka qarshi 
kurashib, "odil jamiyat" sari bormoqchi bo`ldi. Kelajak jamiyatning asosiy 
yacheykasi bir necha ishlab chiqarish assotsiatsiyalaridan iborat falanga 
(jamoa)dir. Falanganing har bir a'zosi mehnat qilish huquqiga ega bo`lib, 
mehnat zavq bag`ishlashi, kishilarning ehtiyojiga aylanishi kerak. Sh.Fur'e 
o`sha paytda mashaqqat deb hisoblangan mehnat qanday qilib inson uchun 
xuzur-halovatga aylanishi mumkin degan masalani o`rtaga qo`yadi. U 
burjua huquqi sistemasini tanqid qilib, mehnat qilish huquqini birinchi 
o`ringa qo`yadi, mehnat qilish huquqi bo`lmasa qolgan hamma 
huquqlarning qadri yo`q deb hisoblaydi. Uning mehnat musobaqasi 
to`g`risidagi, mehnatni insonning g`ayrat-shijoati namoyon bo`ladigan 
ijodiy jarayonga aylantirish haqidagi g`oyalari ijobiy ahamiyatga egadir. 
Angliya - sanoat to`ntarishini amalga oshirgan birinchi mamlakat 
bo`lib, kapitalizm u yerda tez va dadillik bilan rivojlandi. Bu hol tabiiy, 
Angliya xayoliy sotsializmining o`ziga xos xususiyatini belgilab berdi. U 
xususiy mulkchilikning barcha ko`rinishlarini inkor etib, fransuz 
sotsialistlarining industriallar jamiyati, turli uyushmalariga moyilligi yo`q 
edi. Siyosiy iqtisodni proletariat manfaatlariga xizmat qildirishga harakat 
kommunistik jamoalar tashkil etish tajribalarini qo`llash va nihoyat tinch 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


241 
yo`l bilan yangi "odil jamiyat"ni qurish imkoniyatlarini isbotlashga urinish 
bu maktabga xosdir. 
Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishi 
Robert Ouenning (1771-1858 yy.) hayoti va ijodiy faoliyati bilan 
bog`liqdir. U Shimoliy Uelsda hunarmand oilasida dunyoga keldi. 
Maktabni tugatgach, o`zi mustaqil shug`ullangan, yoshlik yillaridayoq 
mehnatkashligi, tadbirkorligi bilan ajralib turgan. R.Ouen 1800 yildan 
boshlab Pyu-Lenark (Shotlandiya) dagi yigiruv korxonasida boshqaruvchi 
bo`lgan, o`sha yillarda unda insoniyatni qutqarishni maqsad qilgan 
islohotchilik g`oyalari shakllanadi. Biroz keyinroq (1820 yildan boshlab) 
xayoliy sotsializmga xos bo`lgan fikrlar va tashviqotga asosiy e'tiborni 
qaratadi. R.Ouenning "Jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni 
shakllantirish haqida tajribalar", "Yangi axloqiy dunyo kitobi", "Adolatni 
almashuv bozori", "Ulug` milliy hunar ittifoqi" asarlarida uning sotsialistik 
loyihalari bayon etilgandir. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, uning 
xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni umumning mulkiga 
aylantiradigan, qashshoqlik yo`qoladigan, mehnat jafo-zulmatdan baxt-
saodatga aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish fikriga keldi. Shu 
maqsadga halaqit beradigan uchta to`siq bor deydi u. Bu uchta illat: 
xususiy mulk, din va burjuacha nikohdir. Biroq olim kapitalistik 
taraqqiyotning obyektiv qonunini tushunmadi, sinflar kurashini inkor etdi. 
Yangi tuzum yangi yo`l bilan yoki tinch yo`l bilan quriladi va unga tinch 
yo`l bilan o`tiladi, deb ishondi. R.Ouenning loyiha va ijtimoiy dasturlari 
fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan 
ajralib turadi. U ishchilar mehnatini yengillashtiradigan yoshlar va 
qariyalar mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, 
rag`batlantirishni tashkil etgan, u Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining 
asoschilaridan edi. R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati 
shundan iboratki, u burjua siyosiy iqtisodini inkor 
etgan fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o`z 
nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning 
mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan keyin 
qiymatning asosiy manbayi deb mehnatni hisobladi. 
Xususiy mulk bilan bir qatorda mehnat bilan kapital 
o`rtasidagi qarama-qarshiliklar sababchisi deb pul 
hisoblandi. 
R.Ouen
qiymatning sun'iy o`lchovi bo`lmish 
puldan 
voz 
kechib, 
mehnat 
harajatlarining 
ekvivalenti sifatida "ishchi pullarini" joriy etishni taklif etadi. U 
R.Ouen
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


242 
kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib "ishlab chiqarish 
uyushmalarini" tashkil etishga harakat qildi. 
Lekin bu urinishlar behuda bo`lib chiqdi, chunki kapitalistlar o`z 
korxonalarini ixtiyoriy sotish haqida o`ylamagan bo`lsalar, kasaba 
uyushmalari sotib olish uchun imkoniyatlari yo`q edi. R.Ouen 
birinchilardan bo`lib T.Maltusning "aholi nufuzi" qonuniga qarshi chiqdi. 
U mehnatkashlarning og`ir ahvolga tushib qolishiga aholi soni ortib borishi 
emas, balki mavjud mahsulotlarning adolatsiz taqsimlanishi sabab 
bo`lmoqda, deb ko`rsatadi. 
R.Ouen xayoliy sotsializmi va uning islohotchilik faoliyati qarama-
qarshi xarakterdadir. U ishchilarning manfaatlarini himoya qilib, boylik 
mehnatda yaratiladi, deb ko`rsatish bilan birga ayni vaqtda ishchilarga 
e'tiborsiz passiv rol belgilaydi, kapitalistlarni esa asosiy kamchilik 
qoniqarsiz tarbiyada deb oqlashga harakat qiladi. Lekin olim qarashlari va 
faoliyatida qarama-qarshiliklar bo`lishiga qaramay, uning ayrim tajribalari 
barbod bo`lgan bo`lsada, umuman olganda R.Ouenning g`oyalari ijobiy 
ahamiyatga ega bo`lib, Angliya ishchilar harakati taraqqiyotida katta rol 
o`ynadi. U o`zining ko`pgina asarlarida jamiyatni to`g`ri tashkil qilish 
konsepsiyalarini ilgari suradi. Ularning bachasida xar bir fuqoro uchun 
mehnatning majburiyligi, jamiyatning eng muxim tamoyillaridan deb 
hisoblanadi. Shuningdek R. Ouenning ishlab chiqarish uyushmalarida 
ishchi pullarini o`rni modiy boyliklar odilona taqsimlash masalalarini va 
umumman xususiy mulkchilikka berilgan baho o`sha davr uchun katta 
ahamiyatga molik edi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə