Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy nazorat ishi



Yüklə 99,94 Kb.
səhifə2/6
tarix25.05.2023
ölçüsü99,94 Kb.
#112871
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy naz

Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini hamda tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bolmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.


Bundan ko'rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha.
Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o'tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlal mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko'zda tutadi. U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vauchcr)
bo‘yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilanga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.


Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo'lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish
hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish. Bu sanab o‘tilgan usullarni amalga oshirishning aniq shakllarini 4-chizma orqali ifodalash mumkin.


Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylash-tirishning ko‘rsatib o‘tilgan yo'llari hamda usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli qo'llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko'zlangan rnaqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlaming g‘oyat
keng qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o‘rtasida o'tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan kapitalning kirib kelishiga, yo'l ochishi zaair bo‘lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni
davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullami qo'llashni rad etmaydi, aksincha, ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, bu aksiyalami sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining ishtirok etishi
ham bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab pulli, pulsiz yoki imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O’z shakli va usulidan qat’i nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta’minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi.


Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qo‘yib, jamiyatda faollik ko'rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbussiga keng yo‘l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlat zimmasidan soqit qilish yo'llaridan biri bo’lib, davlat mulkini ma’lum darajada haqiqiy egalari - fuqarolarga berish demakdir. Ko'pincha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib bo‘lmaydi, bunda aholining hammasi mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni iqaridi ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlami o'z zimmasiga olavermaydi.


Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalom bor, xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan to'Iaroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takroiianmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko‘lami dasturini ishlab chiqarish zarur.


O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat.

Quyidagi jadvalda O‘zbeklstonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va


xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlarini ko’rish mumkin.






Yüklə 99,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə