Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy nazorat ishi


Aholini ijtimoiy himoya qilishning asosiy usullari



Yüklə 99,94 Kb.
səhifə3/6
tarix25.05.2023
ölçüsü99,94 Kb.
#112871
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy naz

2. Aholini ijtimoiy himoya qilishning asosiy usullari.


Davlatning ijtimoiy siyosati. tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhl'ari
o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o ‘zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan
foydalanadi.


Ijtimoiy to'lovlar — kam ta ’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo'lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan
bogMiq bo'lmaydi. Ijtimoiy to'lovlaming maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi. Aholi real daromadlari darajasiga inflyasiya sezilarli ta ’sir ko‘rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol tovarlariga
narxning o'sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o ‘sishiga bog'liqlikda oshirib borish hisoblanadi. Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi aholi kambag‘al qatlamini qo‘llab-quwatlash hisoblanadi.


Amaliy hayotda qashshoqlikning o ‘zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o'z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa, faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko'zda tutadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi,
shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.


Ijtimoiy siyosat — bu davlatning daromadlar taqsimotidagi
tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o'rtasidagi ziddiyatlami bartaraf qilishga yo'naltirilgan siyosatdir.


Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish — bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o ‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi^j Bunda respublikaning o'ziga xos yondashuvi ishlab chiqifib, daromadlar nisbatini o ‘zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg'arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o ‘zida qayta ko‘rib chiqish yo'li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o ‘zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona ta ’rif setkasi katta
ahamiyatga ega bo'ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o ‘zaro bog‘lashimkonini berdi.


Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi - ichki iste’mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo'ldjj Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to'lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil
qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo'ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o'tish imkoniyatini yaratadi.


Iqtisodiy islohotlaming ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo'nalishi — aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo'llab - quwatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o'tkazilganligi
bo'lad. Bu yo'nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi.


Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qoMlab-quwatlash bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi.



Yüklə 99,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə