Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy nazorat ishi


Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha yondashuvlar



Yüklə 99,94 Kb.
səhifə4/6
tarix25.05.2023
ölçüsü99,94 Kb.
#112871
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy naz

3. Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha yondashuvlar.


Moddiy va ma'naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko‘rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol topishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to‘xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va ob’yektiv zaruriyatdir. Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo, uning ro‘y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar mavjud bo’lmog’i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’i nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bolgan uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo'lishi shart. Ishchi kuchi deb, insonning mehnat qilishga boMgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo'lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o'zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bev(osita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xom ashyo bo’ishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan
kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.


Mehnat vositalarini mehnat predmetlariga ta’sir etish xususiyatiga ko‘ra, bir nechta katta guruhlarga bo'Iish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil apparatlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosila ta’sir qiladi va bu ashyolarni o'zining iste’moli uchun zarur boMgan
shaklga keltiradi. Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun moMjallangan mehnat vositalari (sisternalar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi. Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to’la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo’llar va boshqalar misol bo’la oladi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir.
Tadbirkor deb, iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning birbiriga qo'shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan dovyurak kishilarga aytiladi; bu
xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko'rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular yer va kapitalda o‘z ifodasini topadi. Ishlab chiqarish jarayonida biz yuqorida sanab o'tgan omillarning hammasi qatnashadi, ular bir-birini toMdiradi, birbiriga ta’sir qiladi. Ulardan biri yetishmasa ishlab chiqarish
oqsaydi yoki samarasiz yakunlanadi, ko‘zlangan maqsadga erishib boMmaydi. Ikki yoki bir nechta ishlab chiqarish omillarining bir-biriga o‘zaro ta’siri natijasida vujudga kelgan mahsulot (tovar yoki xizmat) hajmining o‘zgarishi ishlab chiqarish funksiyasi deyiladi. (Ishlab chiqarishning omillari
doimo bir xil boMib turmaydi, ular sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishda, rivojlanishda boMadi. Ishlab chiqarish vositalari rivojlanib, borgan sari murakkab mashinalar, asbob-uskunalar, stanoklar vujudga keladi. Shuningdek, ishchi kuchi ham ongi, malakasi oshgan, yangi mashinalami yaratadigan, ulardan unumli foydalanadigan boMib boradi.


Ishlab chiqarish omillari bir-biriga bogMiq va o‘zaro ta’sirda bo’ladi, birining o‘zgarishi ikkinchisiga ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ta’sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini topadi. Kishilar buyumlarning ilgari ma’lum bo’lmagan xususiyatlarini anglab, tovar va xizmatlarning yangi turlarini tayyorlash sirlarini bilib oladilar, ilg‘or texnologiyani qo’llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. Ishlab chiqarish omillarining va texnologiyaning o‘zgarishi ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmuni va shaklining o‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo’ladi.



Yüklə 99,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə