Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy nazorat ishi


Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakillari



Yüklə 99,94 Kb.
səhifə5/6
tarix25.05.2023
ölçüsü99,94 Kb.
#112871
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy naz

4. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakillari.


Jahon xo’jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ularning tashqi iqtisodiy qismlari) ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan boMadi. Shu asosda mamlakatlar o'rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo'jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) — bu jahonning turli mamlakatlari o'rtasidagi xo‘jalik aloqalari majmuidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
— tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;
— kapital va chet el investitsiyalarining harakati;
— ishchi kuchi migrasiyasi;
— ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
— fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;
— valyuta-kredit munosabatlari.


Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng awalo, milliy xo'jaliklaming xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o'zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o'tadiki, ulardan har biri milliy xo'jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. Tovar va xizmatlaming xalqaro savdosi hamda jahon bozorining asosiy belgi va xususiyatlarini XXVII bobda batafsil ko‘rib chiqamiz.


Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:
— xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo’li bilan harakati ko'pincha mustaqil shakld sifatida ajratiladi;
—pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nou-xau hamda Tovar kreditlari shaklida boMishi mumkin;
—qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;
— ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo‘yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali to ‘g’ridan-to‘g’ri va portfelli investitsiyalardan iborat
Bo’ladi. To‘g’ridan-to‘g’ri investitsiyalar shu capital hisobiga qurilgan obyekt (korxona)lar ustidan nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa, bunday huquqni bermaydi. U odatda, aksiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar shaklida beriladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o‘z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta ’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o'tishida topadi.


Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa tavsifdagi omillar ham taqozo qiladi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o'z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya — mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, Immigratsiya — mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Xalqaro migrasiya shuningdek repatriatsiya — ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o ‘z ichiga oladi.


Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi:
1) immigrantlar va noimmigrantlar;
2) shartnoma bo‘yicha ishlashga kelgan migrantlar;
3) nolegal, yashirin immigrantlar;
4) boshpana so‘rovchi shaxslar;
5) qochoqlar.



Yüklə 99,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə