Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklami litsenziya asosida berishni, ilmiytadqiqot
ishlari o‘tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma tadbirkorlikni o ‘z ichiga oladi.
Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa obyektlarni Ioyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko‘rsatishdan iborat bo’ladi.