Iqtisodiyot nazariyasi fanidan


-chizma. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i



Yüklə 196,16 Kb.
səhifə8/12
tarix09.06.2023
ölçüsü196,16 Kb.
#116305
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
22.42. Oripov A\'zamjon Nomonovich. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.

8-chizma. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i.

Biz iqtisodiyot resurslarning to’liq bandligi va ishlab chiqarishning to’liq hajmi bilan xususiyatli deb hisobladik. Agar band bo’lmagan resurslar bo’lsa yoki resurslari samarasiz foydalanilsa (to’liq foydalanilmasa) iqtisodiyot jadvalda ko’rsatilgan har bir muqobil variantdagidan kamroq mahsulot ishlab chiqargan va bu chizmada keltirilgan ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig’ining ichida joylashgan bo’lur edi.


Agar resurslarning miqdori va sifati hamda texnologiya o’zgarsa iqtisodiyotda ishlab chiqarishning umumiy hajmi ham (ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig’ining holati) o’zgaradi. Mavjud resurslarning ko’’ayishi har bir variantda bitta yoki har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’’ayishiga olib keladi.
Biz tahlilda texnologiya doimiy yoki o’zgarmay qoladi deb hisobladik. Xaqiqatda texnika va texnologiya doimiy takomillashib, o’zgarib boradi. Dastlab texnika taraqqiyoti faqat ishlab chiqarish vositalarining takomillashuviga, ancha samarali mashina va uskunalarining yaratilishiga olib keladi, deb hisoblaymiz. Bunda texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish imkoniyatlarining oshishiga olib keladi, jamiyat resurslarning o’zgarmagan miqdorda ko’’roq tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Iqtisodiy o’sish mahsulotning ko’’roq umumiy hajmini ishlab chiqarish layoqati bo’lib, u resurslar taklifining ko’’ayishi va texnika taraqqiyoti natijasi hisoblanadi. Iqtisodiy o’sish resurslarning to’liq bandligida iqtisodiyotning ham non va ham tegirmon ishlab chiqarishning ko’’roq hajmini ta’minlashi hisoblanadi. Turg’un iqtisodiyot ko’’roq U mahsulot olish uchun X mahsulotning bir qismidan voz kechishga majbur bo’lsa, dinamik, o’sib boruvchi iqtisodiyot X va U mahsulotlarning ko’’roq miqdoriga ega bo’lish layoqatini bildiradi. Odatda iqtisodiy o’sish jamiyatning har xil mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha quvvatining mutanosib ko’’ayishiga olib kelmaydi. Ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish hajmi ko’’ayishi, boshqalari o’zgarishsiz qolishi mumkin.



Yüklə 196,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə