«Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi Kurs ishi «Mikroiqtisodiyot»



Yüklə 134,38 Kb.
tarix27.03.2018
ölçüsü134,38 Kb.


«Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi


Kurs ishi
«Mikroiqtisodiyot» fanidan
Mavzu: Iqtisodiy qaror qabul qilishda tavakkal va noaniqlik

Bajardi: Sanoqulov G’iyosjon

Guruh: 0-2a-11

Tekshirdi: Qurbanbayeva Nodira


Reja:

Kirish.


  1. Bob. Tavakkalchilik va uning iqtisoddagi ahamiyati.

    1. Iqtisodda noaniqlik, noaniqlik sharoitida iqtisodchi tanlovi.

      1. Tavakkalchilikni baholash va o’lchash.

    2. Tavakkalchilikka bo’lgan munosabat.

    3. Tavakkalchilikdagi iqtisodchi yutug’i va yo’qotishi.

    4. Iqtisodiy qaror qabul qilishda tavakkalchilikni kamaytirish omillari.

      1. Axborot bilan taminlash.

      2. Mahsulot sifati haqidagi malumot.

      3. Sug’urtalash bozorlarini ko’paytirish.

      4. Tavakkalchiliklarni qo’shish va taqsimlash.

      5. Olib sotatarlarning iqtisoddagi o’rni va faoliyati.

      6. Auksionlar. Fyucherslar, opsionlar va xedjirlashtirishlar.

    5. Investitsiya va tavakkalchilik

  2. Bob. O’zbekistonda tavakkalchilik.

    1. O’zbekistonda tavakkalchilikni pasaytirish chora tadbirlari.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish

Iqtisodda qaror qabul qilishda noaniqlik va tavakkalchilikni ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, avvalo noaniqlik va tavakkalchilikni kundalik hayotdagi ahamiyatiga qarashimiz kerak. Avvalambor shuni aytish lozimki hayotdagi har bir hodisa bir o’zgacha jumboq, noaniqlikni o’zida mujassamlantiradi. Hamma narsa ham aniq bo’lavermaydi. Bunday paytlarda bir qarorga kelish, bizga eng yaxshi yo’lni tanlash masalasi oldimizda turadi. Bu holatda nazariya va amaliyotga tayangan holda tavakkal qilinadi. Biz mazkur ishda iqtisoddagi tavakkalning o’rni haqida gapirib o’tamiz.

Bilamizki iqtisoddagi barcha ko’rsatkichlar (narx, iste’molchi daromadi, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar) aniq berilgan bo’lmaydi. Bunday paytda bozor sub’ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog’liq. Ma’lumki, to’g’ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to’liq axborot bo’lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to’g’risida axborot to’liq bo’lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni iqtisodchi malum bir miqdorda o’z daromadini yo’qotadi. Ushbu yo’qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.

Hayotda shunday vaziyatlar bo’ladiki noaniqlik (tavakkal) darajasini tanlashimizga to’g’ri keladi. Masalan, biz malum miqdorda pul yig’dik. Bu jamg’arilgan pulni nimaga sarflasak bo’ladi? Nima qilsak bu pul bizga yuqori daromad keltiradi? Shu pulni bank hisob varag’i kabi biron-bir xavfsizroq joyga qo’ygan ma’qulmi yoki xavfi kattaroq bo’lsada, fond birjasi kabi daromadi yuqoriroq joyga qo’yish ma’qulmi? Yana boshqa bir misol ish yoki lavozimni tanlash masalasi bo’lishi mumkin. Yirik, barqaror, ish bilan ta’minlanish ishonchli bo’lgan, lekin xizmat vazifasi bo’yicha ko’tarilish cheklangan kompaniyada ishlash yaxshimi yoki o’sish uchun imkoniyatlari katta, ammo bandlik kafolatlari past bo’lgan yangi korxonaga ishlash ma’qulmi?

Bulardan ko’rinib turibtiki daromadi kata bo’lgan yani naflilik darajasi yuqori bo’lgan yo’llarda tavakkalchilik ham kata bo’ladi. Qanchalik katta tavakkalchilikka qo’l ursak shuncha katta daromad keltiradi yoki aksincha. Lekin doim ham katta risk yuqori darajada daromad keltiradi degani emas. Iqtisodchi bunday paytda hamma mablag’ini yo’qotib qo’yishi ham mumkin. Shu sababli ham ba’zi tadbirkorlar kam daromad bo’lsa ham tavakalchilikdan qochib kafolatlangan natijali ishga mablag’larini sarflashadi.

Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik (yo’qotish) darajasini bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora tadbirlar ko’rishga imkon beradi.

Iqtisodda tavakkal taxlil qilish jarayonida o`zbek olimlaridan G`ulomov va Egamberdiyev muallifligidagi kitoblar katta yordam berdi. Bu mavzuning dolzarbligi shundaki har bir tadbirkor faoliyatidagi noaniqlik (tavakkal) ning miqdorini bilish bilan oldini olish yoki bu yo’qotishlarni kamaytirish va bu holat jamiyat uchun zarar keltirmasligi kerakligidir. Kurs ishini yozishdan maqsadlar:


  • Tadbirkorlarning noaniqlik sharoitidagi faoliyatini tahlil qilish

  • Tavakkalchilikni kamaytiruvchi omillarni o’rganish.

  • Tadbirkorlarning tavakkalchilikka bo’lgan munosabatlarini o’rganish.

  • Bu xususida O’zbekistonda olib borilayotgan chora tadbirlar va bularni insonlar hayotidagi muhim rolini tahlil qilishdan iborat.



I BO’LIM

1.1 Iqtisodda noaniqlik, noaniqlik sharoitida iqtisodchi tanlovi.

Iqtisodda doim ham ko’rsatkichlar aniq berilavemaydi. Masalan narx, iste’molchi daromadi, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar har doim aniq berilgan bo’lmaydi. Shuning uchun iqtisodda noaniqlik tushunchasi paydo bo’ladi. Bunday paytda real hayotda bozor sub’ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog’liq. Bu xolat yuzaga kelishiga asosiy sabab axborot bo’ladi. Ma’lumki, to’g’ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Biror ish qilishdan oldin bu ish haqida malumot olish juda zarur. Masalan keajakdagi bo’ladigan iwlar albatta noaniq bo’ladi. Shunday qilib noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to’liq axborot bo’lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to’g’risida axborot to’liq bo’lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum yo’qotishlarga olib keladi. Ushbu yo’qotishlar tavakkalchilikni bildiradi. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik darajasini bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora tadbirlar ko’rishga imkon beradi. Qanchalik tavakklachilik darajasi kamaysa shunchalik tadbirkor ishlari ijobiy bo’lishiga kafolat bo’ladi. Bunday paytda iqtisodchi qo’rquvi ham kamayadi. Noaniqlik iqtisodda juda kata salbiy holatlarni olib kelishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo’qotishga olib keladi. Bilamizki iqtisodning eng kata maqsadi resurslardan samarali foydalanish, ularni isrof bo’lishini oldini olishdan iboratdir. Shu sababli ham iqtisodda qilinyotgan tavakkalchilikni aniqlash va uni o’lchash tushunchasi kerak bo’ladi.



Tavakkalchilikni o’lchash. Tavakkalchilikni o’lchash juda muhum hisoblanadi. Tavakkalchilikni o’lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog’liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo’ladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo’lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 50% ga tengligi yoki o’ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo’lishi mumkin. Bunday holatga qaraganimizda birinchi holatda ehtimollik kamro chunki tanganing 2 ta tamoni bor va tavakkalchilik kamroq. Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya’ni faraz qilish yo’li orqali aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida etib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga tajribasiga asoslanadi. Nima uchun deganda, ushbu voqeaning takrorlanishi to’g’risida statistik ma’lumotlar yo’q. Ehtimol sub’ektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.

Bu misollarda voqeaga ta’sir qiluvchi tasodifiy ehtimoli yuqori omillar ko’p va ularni hammasini bartaraf qilish mumkin emas. Bu juda qiyin ishdir. Bundan tashqari, bu yerda teng ehtimolli al’ternativ variantlarning o’zini yo’qligi ehtimolni matematik hisob-kitoblar orqali aniqlashga imkon bermaydi.

Yuqoridagi birinchi turdagi ehtimolni obyektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol subektiv ehtimol bo’lib, biznesga xosdir. Ham obektiv va ham subektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Ob’ektiv ehtimol o’rtacha qiymatni aniqlashga yordam bersa, sub’ektiv ehtimol olinishi mumkin bo’lgan natijalarning o’zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin bo’lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak bo’ladi.

Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo’lgan barcha natijalarning o’rtacha o’lchangan qiymatlari. Bu erda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o’lchovi.



,

- mumkin bo’lgan natija;

- ushbu natijaning paydo bo’lish ehtimoli,

Masalan, korxona yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar korxonaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aktsiyaga 2000 so’m olish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir aktsiya uchun 400 so’m olinadi. Korxona mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo’lsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi:



so’m/aksiya.

Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o’rtasidagi farq bo’lib, u tavakkalchilikdan (yo’qotishdan) darak beradi. Ushbu farq qancha katta bo’lsa yo’qotish, ya’ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori bo’ladi.

Yana bir misol ko’radigan bo’lsak, sizni ishga joylashishingiz uchun ikki variant mavjud. Birinchisi, xususiy korxonada ishlash bo’lsa, ikkinchisi - davlat korxonasida. Xususiy korxonada ishlasangiz daromadingiz, korxona muvaffaqiyatli ishlasa bir oylik ish haqingiz 6000 so’mni, muvaffaqiyatsizroq ishlasa, aytaylik 3000 so’mni tashkil qilsin. Davlat korxonasida ishlasangiz ish haqi 4510 so’m, korxona to’liq ishlamaganda beriladigan ish haqi - 3510 so’m. Xususiy korxonaning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsizlik ehtimollari bir xil bo’lib, 0,5 ga, davlat korxonasiniki mos ravishda 0,99 va 0,01 ga teng deylik. quyidagi jadvalda mumkin bo’lgan natijalar va ularning ehtimoli keltirilgan.



8.1- Jadval.

Ish joylari variantlaridagi daromad

Ish joyi

1- natija

2 - natija

Ehtimoli

Daromad, so’m

Ehtimoli

Daromad, so’m

Birinchi

0,5

6000

0,5

3000

Ikkinchi

0,99

4510

0,01

3510

Shuni aytish kerakki, ikkala ish joyidan olinishi kutiladigan daromad bir xil miqdorda:

0,5(6000 so’m)+ 0,5(3000 so’m)=0,99(6000 so’m)+0,01(6000 so’m) =4500 so’m.

Lekin, ikkala ish joyi uchun ham mumkin bo’lgan natijalarning o’zgaruvchanligi har xil. Ushbu o’zgaruvchanlikka ko’ra tavakkalchilikni tahlil qilish va uning katta yoki kichikligi to’g’risida gapirish mumkin. Bunday mezonga ko’ra, haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o’rtasidagi farq (u musbat yoki manfiy bo’lishidan qat’iy nazar) qancha katta bo’lsa, bunday chetlanish shuncha katta tavakkalchilik bilan bog’liq ekanligidan darak beradi.

Quyidagi keltirilgan jadvalda ikkita ish joyi uchun haqiqiy natijalarning kutiladigan natijlardan chetlanishi keltirilgan. Ishga kiruvchi oldida ikkita masala qaysi ishga kirish masalasi turibti.

Haqiqiy natijalarni kutiladigan natijalardan chetlanishi. (kutiladigan natija 4500 so’m)



Ish joyi

1-natija

Chetlanish

2-natija

Chetlanish

Birinchi

6000

Q1500

3000

-1500

Ikkinchi

4510

Q10

3510

-990

Endi har bir ish joyi uchun o’rtacha chetlanishni hisoblaymiz.

Birinchi ish joyi uchun:

O’rtacha chetlanish = 0,5(1500 so’m)+0,5(1500 so’m)=1500 so’m

Ikkinchi ish joyi uchun:

O’rtacha chetlanish =0,99(10 so’m)+0,01(990 so’m)=9,9+9,9=19,8 so’m.

Demak, birinchi ish joyidagi tavakkalchilik, ya’ni kutiladigan yo’qotish, ikkinchi ish joyidagiga qaraganda ko’proq. Nima uchun deganda, birinchi ish joyidagi o’rtacha chetlanish 1500 so’m, ikkinchi ish joyidagi o’rtacha chetlanish 19,8 so’mdan ancha ko’p.

Amaliyotda o’zgaruvchanlikni, ya’ni chetlanishni o’lchash uchun bir- biridan farq qiladigan ikkita mezon ishlatiladi. Birinchisi, dispersiya bo’lib, u haqiqiy natijadan kutiladigan natijani ayrilganining o’rtacha o’lchovi miqdori kvadratiga teng, ya’ni: ,

-dispersiya;

- mumkin bo’lgan natija;

- kutiladigan natija;

- i-natijaning ehtimoli.

Standart chetlanish (o’rtacha kvadratik chetlanish ham deyiladi), bu dispersiyadan olingan kvadrat ildizga teng, ya’ni: , -standart chetlanish.

Birinchi ish joyi uchun: dispersiya:

.

Standart chetlanish so’m.

Xuddi shunday yo’l bilan ikkinchi ish joyi uchun dispersiya, ya’niso’m)so’m )=9900 so’m.

Standart chetlanish esa so’m.

Ko’rilgan misolda ikkala mezon ham bir hil vazifani bajaradi, gap ularning qaysi biri foydalanishda o’ng’ayligida. Qaysi bir ishga kirshdan qo’rqmasa bo’ladi yani tavakkal qilishdan qo’rqqan inson uchun bu muhum sanaladi. Ko’rinib turibdiki ikkala holda ham ikkinchi ish joyi birinchiga qaraganda kamroq tavakkalchilikka (yo’qotishga) ega.

2.2 Tavakkalchilikka bo’lgan munosabat.

Tavakkalchilikka munosabat har bir insonda har xil bo’ladi. Hamma ham tavakkal qila olmaydi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo’yicha uch turga bo’linadi: a)tavakalchilikga borishga moyil insonlar, b)tavakkalchilikga borishga qarshi, ya’ni moyil emas va c)tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.



Naflik darajasi

Daromad

(ming so’m)

64

68

58

50

40

80

60

40

20

0

Tavakkalchilikga qarshi bo’lgan inson deganda shunday inson tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bog’liq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun ko’radi. Agar tavakkalchilikga qarshi insonni iste’molchi deb qarasak va u oladigan daromadiga iste’mol tovarlar majmuasini sotib olib, uni iste’mol qilishdan ma’lum darajada naf oladi deb faraz qilsak, biz iste’molchining tavakkalchilik bilan bog’liq daromadining naflik darajasi bilan qanday bog’liq ekanligini ko’rishimiz mumkin.(1-rasm)



1-rasm. Tavakkalchilikka qarshilik holati.

Tavakkalchilikka qarshi inson daromadi past darajadagi chekli naflikka ega ekanligini ko’ramiz. Rasmdan ko’rish mumkinki, har bir birlik qo’shimcha daromadga to’g’ri keladigan qo’shimcha naflik daromad oshishi bilan kamayib bormoqda. Masalan, 40-60 ming so’mlik daromad oralig’idagi har ming so’m daromadga 0,8 birlik naf to’g’ri kelsa, 61-ming so’mlik daromadga 0,6 naf birligi to’g’ri kelayapti). CHekli naflikni kamayishi insonlarda tavakkalchilakka salbiy munosabatini kuchaytiradi. Shuning uchun ham tavakkalchilikga borishga moyillikning yo’qligi ko’pchilik insonlarga xosdir. Tavakkalchilik ular uchun og’ir sinovdek hisoblanadi va ular ma’lum kompensatsiya bo’lgandagina tavakkalchilikka borishi mumkin. Ular kam daromad olishsa ham tavakkal qilmaydi.

Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan natija bilan tavakkalchilik bilan bog’liq natijalarni tanlashga befarq qaraydi. Tavakkalchilikka neytral qaraydigan inson uchun o’rtacha foyda muhim hisoblanadi. (2-rasm)

Umumiy naflik

Daromad

(ming so’m)

80

60

40

20

40

30

20

10

2-rasm. Tavakkachilikka befarqlik holati

Bu kabi insonlarda o’rtacha qiymatga nisbatan cheklanishlar bir-biri bilan qisqarib, umumiy chetlanishlar nolga teng bo’lgani uchun ham ushbu chetlanishlar uni qiziqtirmaydi. Tavakkalchilikka befarqlik koordinata boshidan chiqadigan to’g’ri chiziq sifatida ifodalanishi mumkin.

Oxirgi toifadagi insonlar sifatida tavakkalchilikka moyil bo’lgan inson hisoblanadi, bu kabi insonlar kutiladigan daromad berilganda u kafolatlangan natijaga ko’ra tavakkalchilik bilan bog’liq natijani ustun ko’radi. Bu holatda yuqori daromad olishga ishonishadi. (3-rasm)

3-rasm. Tavakkalchilikka moyil bo’lgan holat

Umumiy naflik

Daromad

(ming so’m)

80

60

40

20

40

30

20

10

Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi insonlarga o’z taqdirini sinab ko’rishdan bahramand bo’lish uchun barqaror daromaddan voz kecha oladigan insonlar kiradi. Ular yutish ehtimoliga yuqori baho berib yuboradilar. Tavakkalchilikka moyillik grafigi keskin sur’atda ortib borayotgan parabola grafigi orqali ifodalanishi mumkin.

Bilamizki hayotda va umuman barcha bozor sub’ektlari tavakkalchilikni e’tiborga oladi. Tavakkalchilikka moyil insonlar tavakkal qilib pul topsa tavakkalga qarshi insonlar reallik orqali daromad olishadi. Bularga ko’chalardagi, bozorlardagi har xil firibgarlar tavakkalchilikka moyil insonlar hisobidan boylik orttirsa, sug’urta kompaniyalari tavakkalchilikka moyil bo’lmagan insonlarni yo’qotishlarini kamaytirishga xizmat qiladilar.


    1. Tavakkalchilikdagi iqtisodchi yutug’i va yo’qotishi.

Noaniqlik sharoitini o’rganish nafaqat ishlab chiqaruvchi balki iste’molchiga ham birdek zarur va muhim. Negaki, ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotning asosiy savollaridan biri bo’lmish qancha ishlab chiqarish kerak degan savolga ma’lum miqdorda tavakkalchilikka duch keladi. Ya’ni har doim ham talab miqdori aniq qancha bo’lishi kerakligi haqida to’g’ri, to’liq va aniq ma’lumotga ega bo’lmaydi. Xuddi shu kabi iste’molchilar ham mahsulotdan ayni paytda qancha sotib olish bo’yicha noaniqlikka duch keladi. Boshqacha qilib aytganda narxlar kelajakda joriy narxlardan past bo’ladimi, yoki yo’qmi, kelajakda mahsulot qancha unga xizmat qilishi, uning ehtiyojini qanchalik qondirishi mumkinligi haqida to’liq axborotga har doim ham ega bo’lmaydi. Va ma’lum yo’qotishlarga har ikki tomon duch keladi. Bu yo’qotishni, noaniqlik (tavakkal) ning miqdorini bilish bilan oldini olish yoki bu yo’qotishlarni kamaytirish mumkin.

    1. Iqtisodiy qaror qabul qilishda tavakkalchilikni kamaytirish omillari.

Iqtisodda juda ko’p salbiy oqibatlarning oldini olish uchun tavakkalchilikni pasaytirish kerak. Shundagina juda katta yutug’larga erishamiz. Vaqtdan ham yutishimiz mumkin. Bundan tashqari juda katta resurs isrof bo’lishi oldini olishimiz ham mumkin. Shu tariqa iqtisodchilarning daromadini ham mumkin.

Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug’urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.



Axborot bilan taminlash

Axborot bilan taminlash tavakkalchilikni kamaytirishning eng muhum omili hisoblanadi. Axborot bilan ta’minlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun deganda, axborotning yetishmasligi noto’g’ri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo’lib, uni olish uchun haq to’lash kerak, ya’ni axborot olish xarajat bilan bog’liq, ba’zi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. Shuning uchun ham kerakli bo’lgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko’rish kerak bo’ladi. Axborotni qancha ko’p olsak va qilmoqchi bo’lgan ishimiz haqida tushunchamiz ortadi va tavakkalchilikni kamaytirgan bo’lamiz. Tavakkalchilik kam bo’ldiki ishimizni ijobiy tomonlari ko’p bo’ladi.

Bozorda assimmetrik axborot ham bor. Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor sub’ektlari o’rtasida bo’ladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas. Bu esa ma’lum savdogarga yordam beradi, bazilarga esa aksi.

Mahsulot sifati haqidagi malumot

Masalan sotib oluvchi bozorga xarid qilish uchun kelganda birinchi navbatda mahsulot sifatiga qaraydi va xarid qiladi. Mahsulot sifati haqida to’liq malumotga ega bo’lgandagina xaridor tavakkalchiligi kamayadi. Mahsulot sifati haqiqatdan ham yuqori bo’lsa savdogar yo’qotish qilmaydi. Shu tariqa mahsulot sifati haqida to’liq ma’lumoti bo’lishi kerak. Istemolchilarga yana nima yordam beradi deydigan bolsak bozor signallari hisoblanadi. Bozorda sotiladigan tovar to’g’risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to’g’risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro’i, tovar sifati va kafolati to’g’risidagi axborotlar bozor signallari bo’lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Masalan, siz sotib olmoqchi bo’lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan firmaning mahsuloti bo’lsa, siz mahsulotni yo’qotishsiz sotib olasiz. Shu tariqa bozor signallari ham muhum rol o’ynaydi.



Sug’urtalash bozorlarini ko’paytirish

Yana bir muhum omil borki tavakkalchilikni pasaytiradi. Bu sug’urtalash bozori hisoblanadi. Insonlar narsalarini va o’zlari sog’liqlarini sug’urtalash evaziga ozlarining tavakkalchiligini kamaytiradilar. Malum bir miqdorda pul evaziga qilingansug’urta kelajakda biron kor xol bo’lganda ham ozini narsasini ma’lum miqdorda oladilar. Sug’urta qilinadigan shaxs o’zining sug’urta ob’ekti to’g’risida sug’urtalovchiga qaraganda ko’proq axborotga ega. Shuning uchun ham, bu erda zaifroq, sog’lig’i yaxshi bo’lmagan shaxslar ko’proq sug’urta kompaniyasi xizmatidan foydalanishga harakat qiladilar. Ushbu holat sug’urta kompaniyalarini sug’urta narxini oshishiga olib keladi va yuqori sug’urta narxi o’z navbatida sog’ligi yaxshi bo’lgan shaxslarni sug’urtalashga bormasligini kuchaytiradi.

Ma’naviy tavakkalchilik - yo’qotishlar sug’urta kompaniyasi tomonidan to’liq qoplanishiga ishonib vujudga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirishga intiluvchi shaxslarning hatti-harakati.

Hozirgi kundagi muammolardan biri insonlar o’z hayotini, mulkini sug’urtalagandan keyin, o’zining hayotiga, mulkining saqlanishiga ko’pincha befarq qaray boshlaydilar. Ular sug’urtalashgacha qilinadigan ehtiyot-choralarni bajarmay qo’yadilar. Bunday holat tavakkalchilikni kuchaytiradi va inson o’zini sug’urta qilgan voqea-hodisalarning sodir bo’lish ehtimolini oshishiga olib keladi.

Bundan tashqari ba’zi bir nopok insonlar yuqori sug’urta haqi olish maqsadida, ongli ravishda o’zining eski uyini yoqadi, mulkini yaroqsiz holatga keltiradi va hatto o’z qarindoshlarini o’ldirishgacha boradilar. Ular shu tariqa mablag’ undurmoqchi bo’lishadi.

Sug’urtalashda ma’naviy yo’qotishlarni quyidagi yo’llar orqali kamaytirish mumkin:

a) sug’urtalanadigan shaxslarni yaxshiroq tekshirish, mijozlarni yo’qotishlari bo’yicha klassifikatsiya qilish asosida sug’urta badalini differentsiatsiyalash (ya’ni, yo’qotishi yuqori bo’lgan shaxs uchun yuqori sug’urta badali belgilash);

b) yuqori yo’qotishga ega bo’ladigan shaxslar bilan sug’urta shartnomasini tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar); Bu kabi shaxslar bilan tuzulgan sug’urta albatta salbiy oqibatlarga olib keladi

c) yo’qotishni qisman qoplash sharti bilan sug’urtalash. Bunday holda yo’qotishni sodir etgan sabablar mukammal o’rgan holda amalga oshirilishi.

Tavakkalchiliklarni qo’shish va taqsimlash

Tavakkalni qo’shish - ushbu usul tasodifiy yo’qotishlarni o’zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan. Ma’lumki, mulkning o’g’irlanishi, shaxsning kasal bo’lib ishga chiqmasligi, tabiiy ofatlarning bo’lishi tasodifiy bo’lib ular juda katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu noxush hodisalarning oqibatlarini kamaytirishda sug’urtaning ahamiyati katta.

Tavakkalchilikni taqsimlash - ushbu usulga ko’ra zarar ko’rish ehtimoli bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub’ektlar o’rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’ektning kutiladigan yo’qotishi nisbatan kichik bo’ladi. Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari katta masshtabdagi loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan qo’rqmasdan moliyalashtiradilar.

Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal bo’lishi tovarlar narxi va tovar to’g’risida qanchalik to’g’ri axborot berishi bilan bog’liq. Raqobatlashgan bozorni qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilar axborot bilan to’liq ta’minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar sotiladigan ne’matlarning al’ternativ xarajatlari to’g’risida to’liq axborot beradi. Aniq va to’liq axborotning bo’lishi bozordagi ne’matlarning optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. Sotuvchilar o’z tovarlari sifatini yaxshi bilsada, ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham o’zlarining bozordagi hatti-harakatlarini yashirib, har xil yo’l bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor narxi o’zida juda ko’p axbortni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha to’liq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha samarali bo’ladi, ya’ni ikki tomon ham maksimal foyda ko’radi. YUqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar asimmetrik (to’liq) bo’lmaganligi uchun bozor mexanizmi ham etarli darajada mukammal emas.



Olib sotatarlarning iqtisoddagi o’rni va faoliyati

Olib sotarlik (savdogarlar) deganda, foyda olish maqsadida biror tovarni sotib olib, uni yuqori narxda sotish faoliyati tushuniladi. Olib sotarlar bozor sharoitida muhim rol o’ynaydilar, chunki ular ortiqcha tovarni sotib olib, qaerda unga talab ko’p bo’lsa, o’sha erga etkazib beradilar. Bu o’z navbatida tovarga bo’lgan narxni butun fazo bo’yicha ma’lum darajada tekis bo’lishini ta’minlaydi. Yana Savdogarlar iste’molni vaqt bo’yicha siljishini ta’minlaydilar. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlarini yoz faslida sotib olib, qish faslida sotadi, yoki serhosil yilda sotib olib, qurg’oqchilik kelgan yilda sotadilar. Ushbu holat iste’molni mo’l-ko’lchilik vaqtdan iste’mol tovarlari cheklangan vaqtga ko’chiradi va shu bilan narxlarning tekislashuvini ta’minlaydilar.

Shunday qilib, savdogarlar iste’molni serhosil yildan hosil kam bo’lgan yilga siljitib narxni tekislaydilar. Savdogarlargina qishloq xo’jaligidagi mavsumiy tebranishlarni tekislashga yordam beradilar. Savdogarlar tavakkalchilikka bormaydiganlardan yo’qotishlarni sotib olib, foyda olish maqsadida o’zlari tavakkalchilikka boradilar. Shu tariqa tavakkalchilikni kamaytiradilar.

Shunday qilib, savdogarchilikning ahamiyati shundaki, ular axborotlarni axborot egalaridan olib axborotga muxtoj bo’lganlarga etkazadilar.


Auksionlar. Fyucherslar, opsionlar va xedjirlashtirishlar

Auksionlar ham tavakkalchilikka tasiri kata hisoblanadi. Auksionlar noyob san’at asarlari, biron buyumlar, uylarga nisbatan qo’yiladi. Tez buziladigan mahsulotlarga (sabzavot, meva, baliq) narxlar sotish vaqtida o’rnatiladi.

Auksionlarning asosan ikki turi mavjud: Ingliz va Golland Auksionlari:


  1. Ingliz auksioni - bu auksionda stavka pastdan yuqoriga qarab oshib boradi va bu oshish taklif qilingan maksimal narxda tovar sotilguncha davom etadi. Ushbu auksionda asosan san’at namunalari, zebu-ziynatlar va hokazolar sotiladi.

  2. Golland auksionida stavkalar yuqoridan pastga qarab, toki tovar minimal mumkin bo’lgan narxda sotilgunga qadar tushib boradi. Ushbu auksionda vaqt muhim ahamiyatga ega, nima uchun deganda auksionda asosan tez buziladigan tovarlar sotiladi: gullar, sabzavotlar, mevalar, baliq va hokazolar sotiladi. Golland auksionida minimal mumkin bo’lgan narx - birinchi e’lon qilingan narxning 20 foizi hisoblanadi. Agar tovar ushbu narxda ham sotilmasa, u sotuvdan olinadi.

Yopiq auksion - bu auksionda qatnashuvchilar bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda tovar uchun stavkalar qo’yadi va tovar kim ko’p stavka qo’ygan bo’lsa, unga beriladi.

Ma’lumki, axborotlarning juda katta qismi reklama shaklida keladi. Lekin, reklamalar to’g’ri axborot beradimi yoki yo’qmi uni aniqlash qiyin. Shuning uchun ham bu erda asosiy mezon mahsulot sifati bilan uning narxi o’rtasidagi nisbatning optimal bo’lishidadir. Ma’lumki, mahsulot sifatining oshishi, uning narxini oshiradi.

Iqtisodda tavakkalchilikni pasaytirshda fyucherslar, opsion va xedjirlashtirishlar ham muhim rol o’ynaydilar.

Fyucherslar – (yani buni aniqroq aytadigan bo’lsak kelajakni bilish desak ham bo’ladi. Ular kelajakdagi ishlarga juda kata yordam beradi) bu oldindan belgilangan narxlarda ma’lum miqdordagi tovarlarni kelajakda ma’lum kunda yetkazish uchun tuzilgan muddatli shartnoma.

Bu kabi fyuchers bozori yordamida qishloq xo’jalik mahsulotlari, kofe, shakar va boshqa tovarlar sotiladi. Fyuchers bozori yordamida ishbilarmon ma’lum miqdordagi tovarni bugungi narxda kelajakda ma’lum muddatga qo’yish uchun shartnoma tuzadi.

Opsion yoki mukofotga ko’ra savdo-sotiq - bu fyuchersning bir turi bo’lib, unga ko’ra bir tomon komission to’lov asosida biror tovarni kelajakda sotib olish yoki sotish huquqini oldindan kelishilgan narxda sotib oladi. Shuni aytish kerakki, Fyuchers ham, opsion ham tovarlar narxini vaqt bo’yicha tekislashga yordam beradi. Ular narxlarni vaqt bo’yicha nazorat qiladilar.

Xedjirlashtirish - bu operatsiya bo’lib, unga ko’ra fyucherslar bozori va opsionlar bozori yordamida bir tavakkalchilik boshqa bir tavakkalchilik bilan qoplanadi. Ushbu operatsiyaning mohiyati shundan iboratki, narxlar o’zgarishi bilan bog’liq tavakkalchilik (yo’qotishlar) savdogar zimmasiga yuklatiladi.

1.5. Investitsiya va tavakkalchilik

Ma’lumki, kapitalning narxi xizmat qilish davrida undan olinadigan diskontirlangan daromadlarning yig’indisiga teng. Agar olinadigan daromadlar aniq bo’lsa ushbu narxni ҳisoblash mumkin. Agar kelajakdagi daromadlar noaniq bo’lsa, u holda tavakkalchilik bilan bog’liq bo’ladi.

Aktivlar - bu mablag’ bo’lib, u o’z egasini to’g’ridan-to’g’ri to’lov (foyda, dividendlar, renta va boshqalar) va yashirin to’lov (firma qiymatining oshishi, ko’chmas mulkning oshishi, akstiyalar va boshqalar) shaklidagi pul tushumlari bilan ta’minlaydi. Shuning uchun ham aktivlarning qaytim normasi (inflyatsiya hisobga olinmaganda) barcha pul tushumlarining sotib olingan aktiv narxiga nisbati bilan aniqlanadi:

bu erda - qaytim normasi;



- dividend;

- kapital ortimi;

- sotib olingan aktiv narxi.

Aktivlar ikki turga bo’linadi: tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lgan aktivlar va tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lmagan aktivlar. Birinchisini tavakkalchilik aktivi, ikkinchisi tavakkalchiliksiz aktiv deb qabul qilamiz. Tavakkalchiliksiz aktivlar deganda qiymati oldindan ma’lum bo’lgan pul tushumlarini beruvchi aktivlar tushuniladi. Tavakkalchilik aktivlari - bu shunday aktivlarki, ulardan tushadigan daromadlar qisman tasodiflar bilan bog’liq. Shuning uchun ham tavakkalchilik aktivlari narxi tavakkalchiliksiz aktivlar narxidan past bo’ladi.

Har bir kapital қo’yuvchi ikki variantdan birini tanlashi kerak bo’ladi: tavakkalchilik operastiyalari bilan bog’liq bo’lganda yuqori foyda olish (bu yerda nafaqat olinadigan foydadan, balki qo’yilgan kapitaldan ham ajralish xavfi bor), yoki tavakkalchiliksiz operastiyalar bilan bog’liq variantni tanlab past foyda olishga rozi bo’lish. O’zbekistonda davlat zayomlarini sotib olish tavakkalchiliksiz operastiya hisoblanadi.

Akstiyalar ko’p holda tavakkalchilik bilan bog’liqdir. Masalan, fond birjasiga qo’yilgan jamg’arma ga teng bo’lsin. Uning bir qismi, ya’ni qismi jamg’arma bo’lsin, ya’ni fond birjasi akstiyasiga sarflansin. qismi xazina vekseli sotib olishga ajratilgan qismi bo’lsin. U holda barcha qimmatbaho qog’ozlar summasidan olinadigan o’rtacha o’lchangan foyda quyidagiga teng bo’ladi:



bu yerda - fond birjasiga qo’yilgan (investirlangan) qo’yilmadan olinishi kutiladigan foyda (fond birjasi akstiyalaridan olinadigan foyda);



- fond birjasiga qo’yilgan jamg’armaning bir qismi;

- jamg’armaning xazina vekseli sotib olishga sarflangan qismi;

- xazina vekselidan olinadigan tavakkalchiliksiz foyda.

Fond birjasida qo’yilgan investistiyadan olinadigan foyda odatda xazina vekselidan olinadigan foydadan katta bo’lgani uchun, ya’ni dan (2)-tenglamani o’zgartirib yozamiz:



Fond birjasiga qo’yilgan qo’yilmadan olinadigan foydaning dispersiyasini deb, standart chetlanishini deb belgilaymiz. U holda o’rtacha o’lchovli kutiladigan foydaning standart chetlanishi ga teng:



va

Endi fond birjasiga qo’yilgan jamg’armaning qismi ni (3)-tenglamaga qo’yib quyidagini olamiz:



Ushbu tenglama byudjet chegarasi bo’lib, tavakkalchilik bilan foyda o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalaydi.



Misol. shaxs naflik funksiyasi ni maksimallashtirmoқchi. Uning oylik maoshi 1000 so’m. U karta o’ynasa bir xil ehtimol bilan daromadi 1500 so’mga oshishi, yoki 500 so’mga kamayishi mumkin. Uning naflik funksiyasi grafigi quyidagi 7-rasmda keltirilgan:
UA

U

7

6



4

1500


1000

500


R (сњм)


Naflik funksiyasi grafigi
a) shaxs karta o’ynaydimi?

b) Tavakkalchilikka munosabati qanday?

v) Tavakkalchilikni yo’qotish uchun u qancha so’m puldan voz kechishi mumkin?

Yechish. shaxsning daromadini nafligini hisoblaymiz:

Kutiladigan daromad nafligi:



ga teng.

Naflik funksiyasi grafigiga ko’ra ga to’g’ri keladigan daromad 900 so’mga teng.



shaxsning kutiladigan daromadi

so’m.

1000 so’mning nafligi

Shunday qilib, kafolatlangan daromad nafligi karta o’ynash natijasida kutiladigan daromad nafligi dan katta bo’lgani uchun unga karta o’yiniga қatnashmaganligi ma’қul.

2) Naflik funksiyasi grafigining yuқoriga qavariqligi shuni ko’rsatadiki, tavakkalchilik bilan bog’liq har qanday daromadning kutiladigan nafligi kafolatlangan daromad nafligidan kichik bo’ladi. Shuning uchun ham shaxs tavakkalchilikka moyil emas.

3) shaxsning tavakkalchiliksiz daromadi quyidagicha aniqlanadi:

(tavakkalchiliksiz)

bu erda - tavakkalchilik uchun to’lov shaxsning kutiladigan nafi, ma’lumki 5,5 ga teng edi: .

Grafikdan ko’rish mumkinki, shaxs 900 so’mdan kam bo’lmagan daromad olsagina 5,5 dan kam bo’lmagan naflik oladi. Demak, yozish mumkinki bundan

Yutuqni ta’minlash uchun shaxs 600 so’m to’lashi kerak bo’ladi.



II Bob. O’zbekistonda tavakkalchilik

O’zbekistonda tavakkalchilikni kamaytirish chora tadbirlari

O’zbekistonda tavakkalchilikni kamaytirishga katta ahamiyat beradi. Hozirgi kunda O’zbekistonda sug’urta bozori rivojlangan. Sug‘urta bo‘yicha qonunchilik bazasi O‘zbekistonda sug‘urta faoliyati Fuqarolik kodeksi va 2002.05.04 da qabul qilingan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida tartibga solinadi. Shuningdek sug‘urta faoliyatini tartibga solish uchun qator qoidalar va uslubiy qo‘llanmalar qabul qilingan. «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008.21.05 „Sug‘urta bozorini rag‘batlantirish va yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qaroriga ko‘ra soliq imtiyozlari qo‘llash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomi. «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Qabul qilingan sana 27.11.2002; Shu tariqa tavakkalchilikni kamaytirishga harakat qilinmoqda.

O’zbekistonda ham iqtisodchilarga yordam berish maqsadida tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida turli ishlarni amalga oshirilmoqda. Iqtisodchilarni toliq axborot bilan taminlash uchun turli ishlarni qilmoqda. Ularga axborotni ko’proq yetishtirib berish uchun turli tashkilotlar ochgan.

Hozirgi vaqtda iste’molchi huquqini himoya qiluvchi qonunlar ishlab chiqilgan. Bu qonunga ko’ra iste’molchi sotib olingan tovardan foydalanishi davomida ko’rgan jismoniy hamda ma’naviy yo’qotishlarini qoplashni sotuvchidan talab qilishga haqi bor. Lekin, iste’molchi huquqini himoya qilishda ob’ektiv chegara bo’lishi lozim. Rivojlangan davlatlarda iste’molchining yo’qotishini qoplash sotib olingan tovar qiymatining uch barobaridan oshmasligi kerak.

Ma’lumki, iste’molchi huquqini himoya qilish sotiladigan tovar va ko’rsatiladigan xizmat to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishni taqozo qiladi. Lekin, bunday axborotni olish mumkinmi, degan savol tug’iladi. Bu erda iste’molchilar jamiyati va ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, televidenie), qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari muhim rol o’ynaydi. Axborot berishda firmalarning o’zi ham katta rol o’ynaydilar. Lekin, axborot uchun haq to’lash kerak. Axborotlarni axborot egalaridan olib axborotga muxtoj bo’lganlarga etkazib berib turish muhum masaladir.
Xulosa.

Yuqoridagi ma’lumotlarni jamlab xulosa qiladigan bo’lsak:

Biror noaniq holda yani axborot yetarli bo’lmaganda qaror qabul qilish bilan iqtisodchi tavakkalchilikka qo’l uradi. Albatta iqtisodda tavakkal muhum rol o’ynaydi. Chunki tadbirkor ko’pincha eng katta foydani ko’zlaydi. Bunday holatda tavakkalsiz katta yutuqlarga erisha olmaydi.

Lekin tavakkalchilik salbiy oqibatlar ham olib kelishi mumkin. Tavakkalchilik bilan doim ham ijobiy natijalarga erishib bo’lmaydi. Bu orqali cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo’qotishga olib keladi. Bilamizki iqtisodning eng kata maqsadi resurslardan samarali foydalanish, ularni isrof bo’lishini oldini olishdan iboratdir. Chunki resurslar cheklanga ehtiyojlar esa cheksiz hisoblanadi. Tavakkalchilik bilan tadbirkor daromadini yo’qotishi ham mumkin, yana u ortiqcha vaqt sarflaydi. Albatta vaqt iqtisodchi uchun pul turadi. Shu sababli ham iqtisodda qilinyotgan tavakkalchilikni aniqlash va uni o’lchash tushunchasi kerak bo’ladi.

Ma’lumki tavakkalchilikka munosabat har bir insonda har xil bo’ladi. Hamma ham tavakkal qila olmaydi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo’yicha uch turga bo’linadi: a)tavakalchilikga borishga moyil insonlar, b)tavakkalchilikga borishga qarshi, ya’ni moyil emas va c)tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar. Bu insonlar shaxsiy psixalogiyasi bilan bog’liqdir.

Iqtisodchi to’g’ridan to’g’ri tavakkalchilikka qo’l urmaydi garchi u tavakkalchilikka borishga moyil inson bo’lsada. U tavakkalchilikni kamaytirishi mumkin. Bunda asosin axborotga tayanadi. Axborot bilan taminlash tavakkalchilikni kamaytirishning eng muhum omili hisoblanadi. Chunki qancha ko’p malumoti bo’lsa tavakkalchiligi shunchalik kamayadi. Bundan tashqari tavakkalchilikni pasaytiruvchi omillarga mahsulot sifati, sug’urta, fyucherslar, olib sotarlar ham katta yordam beradilar.



Shunday qilib biz hayotda iqtisodiy qarorlar qabul qilisda noaniqlik va tavakkalga doim duch kelar ekanmiz. Biz bu tavakkalchilikdagi yo’qotishlarni minimallashtirishimiz va foydani maksimallashtirishimiz kerak ekan. Amalga oshirmoqchi bo’lgan ishlarimiz haqida to’liq malumotga ega bo’lgan holda, tavakkalchilikni kamaytira olamiz va daromadlarimizni maksimal qila olamiz. Shu tariqa Iqtisodda turli salbiy holatlarning yuzaga kelishi oldini olgan bo’lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.

  2. Egamberdiyev E. Mikroiqtisodiyot. G’ofur G’.NMIU. Toshkent-2005 y.

  3. Gulomov S. Mikroiqtisodiyod.

  4. Sh.Sh.Shodmonov, U.V G`ofurov “Iqtisodiyot nazariyasi”

  5. Galperin V. M., Ignatev S. M., Morgunov V. I. "Mikroekonomika"

  6. Г. Менькю “economics”

  7. www.en.wikipedia.org/wiki/economics

  8. www. economicus.ru

  9. www.uzb.kapitalsugurta.uz

  10. www.jahonnews.uz




Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə