Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 123,39 Kb.
tarix01.04.2018
ölçüsü123,39 Kb.
#35558




Kafedra: “Iqtisodiyot nazariyasi”

Mavzu: O’zbekistonda antimonopol siyosat.

Bajardi: Turaev Soxibjon

XIM 0-1a-10
Tekshirdi:

Toshkent 2011

Reja:



I BOB. Monopoliya haqida tushuncha.

  1. Monopoliyaning paydo bo’lishi sabablari.

  2. Monopoliyaning turlari va tasniflari.

  3. Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari.

II BOB. Jahon tajribasida antimonopol siyosat va O’zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik.

  1. Antimonopol siyosatning vujudga kelish sabablari.

  2. AQSH antimonopol siyosati va qonunlari.

  3. Yevropa va Yaponiyada antimonopol siyosat.

  4. O’zbekistonda antimonopol siyosatning qonuniy asoslari va mohiyati.



  1. Monopoliyaning paydo bo’lishi sabablari.

Monopoliya so’zi yunoncha “mono” – bitta, “polis” – sotaman so’zlaridan tarkib topib, iqtisodiy faoliyatning biror (ishlab chiqarish, savdo va hokazolar) sohasida shaxs yoki kishilar guruhi, davlatning yakka hukmronligini ifodalaydi. Bu o’z tabiatiga ko’ra monopoliyaning raqobat bilan to’g’rida-to’g’ri qarama-qarshiligini bildiradi. Monopoliyaning paydo bo’lish tarixi qadim tarixga borib taqaladi va uni iqtisodiy davrlarning barchasida turli shakllarda ko’rishimiz mumkin. Ammo monopoliyaning yangi tarixi XIX asr 3-choragidan boshlanadi. Bu davrda monopoliya o’zining rivojlanish cho’qqisiga chiqdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shuning uchun ham XIX asrning oxirini monopol kapitalizm davri deb atashadi. Bunga sabab 1873-yilda boshlangan iqtisodiy krizis davrida ko’pgina firmalar monopoliyadan panoh izlashadi, kasodga uchramaslik uchun birlashishadi. Shu sababli ham ba’zi adabiyotlarda monopoliyani “krizisning bolasi” deb atashadi.

Monopoliyaning vujudga kelishi haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, uning vujudga kelish tarixiga va ilk ko’rinishlariga nazar tashlash lozim. Monopoliyalarning birinchi vujudga kelishi bir necha asr oldinga, tarixga borib taqaladi. Qadimda monopoliya davlat (qirollik, xonlik, amirlik, imperiya va hokazolar) tomonidan tashkil etilgan, ya’ni u yoki bu tovarni ishlab chiqarish huquqi bir kishiga (asosan davlat amaldorlari va katta boylarga) berilgan va u shaxsdan boshqa hech kim bu tovarni ishlab chiqara olmagan. Shunaqa qilib monopoliyaning ilk ko’rinishi yuzaga keladi.



Monopoliyaning vujudga kelishiga ishlab chiqaruvchilarning shunga intilishlari ham katta ta’sir ko’rsatadi. Chunki firma (korxona, korporatsiya va hokazolar) uchun bu bir qancha yengilliklar yaratib beradi:

Birinchidan, monopoliya ishlab chiqaruvchiga raqobat bilan bog’liq bo’lgan bir qancha muammolar va risklardan qochish imkoniyatini beradi.

Ikkinchidan, monopoliya monopolga shunaqa imkoniyat beradiki. Unga ko’ra monopol ma’lum bir sohaning boshqaruv hokimiyatini o’z qo’liga oladi.

Uchinchidan, monopol shu bozordagi boshqa ishlab chiqaruvchilarga o’z ta’sirini o’tkaza oladi va ularga o’z ta’sirini o’tkazadi.

Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi hisoblanadi.

Ishlab chiqarishning to'planishi - ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi.

Ishlab chiqarish to'planishining asosiy sababi bo'lib olinayotgan foyda hajmining ko'payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko'paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo'shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya'ni unga qo'shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa, ba'zi bir korxonalarning o'sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to'planishining moddiy asosi bo'lib kapitalning to'planishi va markazlashuvi hisoblanadi.

Kapitalning to'planishi - bu qo'shimcha qiymatning bir qismini jamg'arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko'rsatkichlar orqali tavsiflanadi:

- korxonadagi ishlovchilar soni;

- korxonaning ishlab chiqarish quvvat;

- qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori;

- tovar aylanmasi hajmi;

- foyda hajmi.

Kapitalning to'planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada toldiriladi.

Kapitalning markazlashuvi - bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo'shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o'sishidir.

Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to'planishi farqlanadi.

Ishlab chiqarishning gorizontal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotning ma'lum tarmog'i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida Ishlab chiqarish to'planishining asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi.

Ishlab chiqarishning vertikal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o'zaro bog'liq tarmoqlarda mahsulot Ishlab chiqarishning to'planishidir. U ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitlarida keng rivojlandi.

Ishlab chiqarishning to'planishi o'z rivojining ma'lum darajasida monopoliyalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to'planishi hamda monopoliyalarning paydo bo'lishi o'rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo'ladi:

  • tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqega ega bo'lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi;

  • yirik korxonalar o'rtasidagi raqobat juda qaltis bo'lib, ular uchun katta miqyosdagi yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko'ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishlari lozim bo'ladi.

Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to'planishidan tashqari yana bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi:

  • davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo'qotib, monopoliyalarning paydo bo'lishiga sharoit yaratadi;

  • banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o'sishiga imkon beradi.



  1. Monopoliyaning turlari va tasniflari.

Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko'rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko'ra ajratish mumkin:

Iqtisodiy adabiyotlarda monopoliya turlari quyidagicha tasniflanadi:

1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko'ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.

Sof monopoliya - tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. O'zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «0'zbekiston havo yo'llari» DAK, «0'zbekiston temir vo'llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol qilib keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o'z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar.

Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist ishlab chiqaruvchilarga O'zbekistonda sement (asosan, Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko'mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg'un) va Boysun (To'da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.

Monopsoniya tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko'p bo'lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste'molchisi yoki xaridori mavjud bo'lgan sharoitdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «0'zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo'la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo'lgan ko'plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqyeiga ega.

2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko'ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun'iy monopoliya.

Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo'lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega bo’lgan mulkdorlar va xo'jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o'ziga xos texnologiyaning qo'llanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo'lmaydigan ba'zi bir tarmoqlari va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi.

Tabiiy monopoliya – bu tovar bozorining holati bo‘lib, unda texnologik xususiyatlar tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo‘lgan talabni qondirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) bilan band bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs) ayni paytda tabiiy monopoliyaning subyektidir.

Qonunga muvofiq tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyati neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish, temir yo‘llar infratuzilmasidan foydalanish, umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari, suv quvurlari va kanalizatsiya xizmati, aeronavigatsiyalar, portlar va aeroportlar xizmatlari, transport terminallari xizmatlari kabi sohalarda davlat tomonidan tartibga solinadi.



1-rasm. Tabiiy monopoliya.

Legal faoliyatli monopoliya - bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin:

  • patent tizimi — bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar - patentlar orqali amalga oshiriladi;

  • muailiflik huquqi — ilmiy, badiiy va san'at asarlari, ijro san'ati fonogrammalari, ko'rsatuvlar efir to'lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o'z mahsulotlarini ma'lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko'paytirishga ruxsat berish imkonini ta'minlaydi;

  • tovar belgilari — bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi hamda boshqalarni ro'yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo'yicha paydo bo'lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.

Sun’iy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.

Sun'iy monopoliya o'z manfaatlari yo'lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o'zgartiradi, ya'ni:

  • bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik uchun turli to'siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi, banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);

  • ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;

  • ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo'llaydi;

— o'z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.

Sun'iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi aniq shakllarda namoyon bo'ladi.

Kartel - bitta sanoat tarmog'idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo'lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o'z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa, kvota, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo'lib olinishi va h.k, bo'yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.

Sindikat bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasidir. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o'zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.

Trest - ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta'minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko'rinishidagi birlashmasi.

Konsorsium - tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo'yish).

Konsern rasmiy jihatdan mustaqil bo'lgan, ko'p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari)ning majmuini o'z ichiga oluvchi birlashma. Odatda, bunday birlashma ma'lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo'lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun'iy monopoliyalarning sanab o'tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.



  1. Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari.

Har bir narsaning bir yaxshi bir yomon tomoni bo’lganidek, monopoliyaning ham bir qancha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Monopoliyaning asosiy ijobiy va salbiy tomonlarini ko’rib chiqamiz.

Uning ijobiy tomoni asosan, quyidagi ikki jihat orqali namoyon bo'ladi.

Birinchidan, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, u ma'lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi.

Ikkinchidan, monopolist bo'lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko'proq rag'bat va imkoniyat mavjud bo'ladi. Chunki uncha yirik bo'lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda, moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo'lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko'ra, ko'proq joriy daromadga e'tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g'oyalar raqiblar tomonidan juda tez o'zlashtirib olinadi va buning oqibatida, mazkur g'oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo'lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi.

Uchinchidan, ba’zi bir sohalarda monopoliya sohaning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlab bera oladi. Shu sababdan ham bu sohalarda monopoliyaning vujudga kelishi davlat tomonidan ham ta’minlab beriladi. Raqobat bu sohalar faoliyatini buzishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib elektr energiyasi, gaz, suv kabi komunal sohalarni yoki metropolitelin, temir yo’l va avia sohalarni keltirishimiz mumkin. Ammo hozirgi kunda dunyoning bir nechta rivojlangan davlatlarida bu sohalarning monopoliyadan chiqarilish holatlarini kuzatishimiz mumkin.

Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko'rsatish mumkin:

1. Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun'iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko'tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo'lmagan turlarini, past texnikaviy darajasini va sifatini hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo'ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.

2. Daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog'liq bo'lib, bu aholining qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi.



2-rasm. Monopol hokimiyat keltirgan sof zararlarning chizma tasviri.

A va B iste’molchi yutug’ining yo’qotilishi.

A monopol yutug’i.

B va C monopol yo’qotishi .

3. Iqtisodiy turg'unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo'shimcha urinishlarsiz o'zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa, ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to'g'risida qayg'urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi.

4. Iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to'sib qo'yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to'sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo'lgan korxonalarni o'zlariga bo'ysundirishlari, jamiyatga o'z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to'lash, sifati past tovarlarni ishlab chiqarish, o'ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o'z mahsulotini iste'mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o'zlarining kamsituvchi shartlarini ko'ndalang qo'yishlari mumkin.

Monopoliyaning salbiy tomonlari haqida oldindan ta’kidlab kelingan va bir qancha buyuk iqtisodchilar bu haqida o’z fikrlarini bildirib o’tishgan. Buning yorqin misoli sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:



- Arnold Xarberger fikriga ko’ra bozorda monopoliyaning mavjud bo’lishi jamiyat boyliklarining bir qismini qaytmas xarajatlar (DeadWeight Loss (DWL))ga aylantiradi. Bu fikr o’z tasdig’ini topgan.



3-rasm. Jamiyatning qaytarib bo’lmas yo’qotishlari.

  • Xavri Leybenstayn monopoliyada samaradorlikni oshiruvchi stimul yo’qligini ta’kidlaydi.

  • Richard Pozdner esa monopolist monopol hokimiyatini ushlab qolish uchun qo’shimcha keraksiz sarf-xarajatlar qilishini va bu harajatlar odatda iste’molchining zimmasiga tushishini, hamda natijada bu aholi daromadlarining kamayishiga olib kelishini aytib o’tgan.


4-rasm .Zarar keltiruvchi monopoliya .

II BOB. Jahon tajribasida antimonopol siyosat va O’zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik.

    1. Antimonopol siyosatning vujudga kelish sabablari.

Mukammal raqobatga asoslangan bozor modeli jamiyatning resurslardan ratsional foydalanishini, mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy sarflarni minimallashtirishni ifodalaydi.

Nomukammal raqobat esa erkin raqobatda erishilgan muvozanatdan chetga chiqishni bildiradi. Raqobat cheklanishi, xo’jalik hayotini monopollashuvi jamiyatda ma’lum miqdorda yo’qotishlarga olib keladi. Ma’lumki, monopoliya eng avval narxlar ustidan nazorat o’rnatishi bilan ajralib turadi.

Narx ustidan hukmronlik (u doimo nisbatan bo’ladi) ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi, bozorni standartlashgan tovarlar bilan to’ldirish, ularning narxi ko’pchilik sotib olishi mumkin bo’lgan darajada bo’lishi bilan birga yuz bersa jamiyat yutadi.

Narx ustidan hukmronlikni insonni tabiat ustidan hukmronlik o’rnatishga urinishiga qiyos qilish mumkin. Masalan, yer unumsiz bo’lsa, unga o’g’it solish va meliorativ ishlarni bajarish orqali o’zimiz uchun tabiatdan ko’proq in’om olishimiz mumkin. Lekin ta’sirimiz ma’lum chegaradan o’tib ketsa, atrof muhitga salbiy ta’sir ko’rsatamiz, muzonatni buzamiz. Bu esa yaxshilik bilan tugamaydi.

Monopolizatsiya ham xuddi shunday. Ma’lum chegaradan o’tgach, u jamiyat uchun salbiy oqibatlar olib keladi. Ayniqsa, monopoliyalarni kelishib, sun’iy taqchillik hosil qilishi eng xavfli sanaladi. Bunda ataylab korxona to’la quvvat bilan ishlatilmaydi. Chunki foyda olishni ko’paytirishga xarajatlarni pasaytirishdan ko’ra narxni ko’tarishdan yoki, aksincha, raqobat kurashni cheklab , narxni arzonlashuviga yo’l qo’ymaslik bilan erishish osonroq. Shuning uchun talabni taklifga nisbatan ustun bo’lishini sun’iy ravishda saqlab turiladi.

Buning natijasida mahsulot ishlab chiqarish sur’ati pasayadi. Xarajatlarni pasaytirishga intilish susayadi. Raqobatni cheklash tufayli jamiyat uchun qaytarib bo’lmas yo’qotishlar kelib chiqadi (yuqorida aytib o’tilgan edi).



Bozor iqtisodiyotida raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratilishi shart. Bu muhit, eng avvalo mulkchilikning va xo’jalik yuritishning turli-tuman shaklining mavjudligi va ularning o’zaro teng mavqega asoslanishida ifodalanadi. Qolaversa, faoliyat erkinligi, har bir kishini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi ham raqobat uchun keng yo’l ochadi.Iqtisodiyotda manopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan esa raqobat cheklanadi. Bundan ko'rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy ta'sir ko'rsatishi, taraqqiyot yo'liga g'ov bo'lishi ham mumkin. Shunga ko'ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo'llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etadi.


    1. AQSH antimonopol siyosati va qonunlari.

Mukammal raqobatning so’ssiz afzalligi bilan bir qatorda kamchiligi borki, u ham bo’lsa bozorning rivojlanish jarayonida xo’jalik hayotining u yoki bu sohasida, monopoliyalarning vujudga kelishining osonligi. Mukammal raqobat tezda nomukammal raqobatga aylanib ketishi mumkin. Bu esa iqtisodiy plyuralizm, iqtisodiy demokratiyani barham topishiga olib keladi. Iqtisodiy demokratiya esa siyosiy demokratiyaning asosidir. Shuning uchun XIX asrning oxirida sanoati rivojlangan g’arb mamlakatlari, eng avvalo AQSH da monopoliyalarni vujudga kelishiga to’sqinlik qilish zarurligini tushinib yetishdi. Iqtisodiyotda monopollashuv tendentsiyasi paydo bo’lishi bilan erkin raqobat cheklanadi. Sog’lon raqobat muhitini yaratishda davlat qatnashishi zaruratga aylanadi. Bu davlatning antimonopoly siyosati orqali amalgam oshiriladi. Bu siyosat eng avvalo, qabul qilingan antimono[pol qonunlarda ifodalanadi. Dunyoda antimonopoly qonunchilik nisbatan mukammal tarzda AQSH da olib borilishi e’tirof etilgan. Bu sohada AQSH da katta tajriba to’plangan. AQSHning antimonopoly qonunchiligi bu borada qabul qilgan uchta asosiy qonunga tayanadi:

  1. Sherman qonuni (1890). Qonunning asosiy ma’nosi ikki punktda ifodalangan, unda ishlab chiqarish va savdoni cheklash maqsadida tuzilgan bitimlar noqonuniy deb e’lon qilinadi. Monopollashtirishga erishgan shaxs jinoyat qilgan hisoblanadi.

  2. Kleyton qonuni (1914). Narxlar bilan xarajatlar o’rtasida katta farq bo’lib, iste’molchilarni narx orqali diskriminatsiya qilish, majburiy shartnomalar tuzish, raqobatchi korporatsiyaning zaiflashuviga olib keladigan aksiyalarni sotib olishni taqiqlaydi. Undan tashqari direktoratlarni chirmashib ketishi, bir firmaning rahbari boshqa firmaga a’zo bo’lishini taqiqlaydi.

  3. Robinson-petmen qonuni (1936). Bu qonun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, ”narx qaychisi”, narx bo’yicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi.

1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Bunda raqobatchi korporatsiyaning zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalargina emas, ishlab chiqarish fondlari (asbob-uskuna, boshqa moddiy narsalar)ni sotib olish ham taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to'siq qo'ygan bo'lsa, Seller- Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga ham cheklov kiritdi.

Antitrest qonunchiligini nazorat qilish uchun 1914-yilda “Federal savdo komissiyasi” haqida qonun qabul qilinib, maxsus komissiya tuzilib, uning zimmasiga g’irrom, nopok raqobatchilarni aniqlash va ularga nisbatan choralar ko’rish yuklatildi.

Keyinchalik (1938), Ukler-Li qonuniga muvofiq iste’molchilarni aldaydigan, chalg’itadigan reklama, noto’g’ri axborotlarni ham nazorat qilish topshirildi.



  1. Yevropa va Yaponiyada antimonopol siyosat.

G’arbda antimonopol qonunchilik ikki maqsadni ko’zlaydi. Birinchidan, bozorni monopollashuvini cheklash, ikkichindan, raqobatni himoya qilib, madaniy – sivilizatsiyalashgan qonun-qoidalar asosida ish olib borishni yo’lga qo’yish. Bu XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida bozor tubdan o’zgargan sharoitda, undagi asosiy raqiblar mayday tovar ishlab chiqaruvchilar emas, balki yirik monpoliyalar bozorni egallagan sharoitda, ayniqsa zarurbo’lib qoldi.

Bozordagi vaziyat tez o’zgarib turadi. Uni hisobga olish qiyin, shu boisdan antimonopoly qonunlar o’zining noaniqligi bilan ajralib turadi. Raqobatni cheklash borasida aniq ahvol shundayki, bu qonunlarni keng talqin qilishga to’g’ri keladi. Bu, ayniqsa, antitrust, antikartel qonunlariga taalluqlidir. Bu yerda qonun va davlat qarorlarining talabi ularni taqiqlab qo’yishdan boshlab, to ma’lum muddatga (bir yilgacha) ularga ruxsat berishgacha bo’lgan talabni o’z ichiga oladi. Antimonopol qonunlarning roli ularning o’zlarida emas, balki ularni amalgam oshirishga qodir bo’lgan maxsus ma’muriyatning ishonchligidadir, chunki u korxonalar tarkibi va aksiyalarni taqsimlash masalalariga aralashadi va ba’zi hollarda bajarilishi majburiy bo’lmagan tavsiyalar beradi.

Monopoliyaga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqi to’plagan tajriba ham katta ahamiyatga ega. 1957-yil Yevropa Iqtisodiy Uyushmasi tashkil topdi. Rim shartnomasida uyushmaning barcha hududida to’g’ridan-to’g’ri yoki egri (boshqacha) yo’llar bilan monopol narxlar o’rnatish, ishlab chiqarish, sotish, texnologik rivojlanishni cheklash, sheriklarni kamsitish yoki qo’shimcha shartlar qo’yish noqonuniyligi belgilangan.

Erkin raqobat qonunlari nazoratini Yevropa Iqtisodiy Uyushmasi komissiyasi olib boradi. Bu ijro etuvchi idora jarima solish, bitimni qonuniy bekor qilish huquqiga egadir. Har yili komissiya 25-30 hodisani aniqlaydi.

Yevropa hamkorligi hujjatlarida kichik va o’rta korxonalarni – sog’lom raqobatlashuvchilar, yangilikka intiluvchilar sifatida ularga g’amxo’rlik qilish ta’kidlangan.

Yaponiyada ikkinchi jahon urushidan keyin antimonopoly qonunlarni amal qilishini nazorat qiluvchi adolatli bitimlar qo’mitasi tuzilgan bo’lib, u keng vakolatga va mustaqillikka ega. Bu qo’mita tomanidan qayd qilingan va sud tomonidan tasdiqlangan qonunbuzarchilik qattiq jazolanadi, bunda qonunbuzar korporatsiyalar katta ziyon ko’rishi mumkin.



4. O’zbekistonda antimonopol siyosatning qonuniy asoslari va mohiyati.

    Ishlab chiqarish monopoliyasi tarixan yuqori bo'lib kelgan mamlakatdan narxlarning birdaniga erkinlashtirilishi tovar va xizmatlarni taklif kiluvchilar tomonidan narxlarni sun'iy oshirib yuborishi xavfini tug'dirishi tabiiy. Monopolizm sharoitida iste'molchida tanlash imkoniyati umuman bo'lmaydi. Agar monopolizm xukmron bo'lgan joyda ishlab chiqaruvchining aytgani aytgan bo'lsa, raqobat bor joyda iste'molchining degani degan. Shuning uchun xam antimonopol siyosatning ishlab chiqilishi va yurgizilishi bozorga o'tishda institusional islohotlarning muhim bo'lagi hisoblanadi. 

Respublikаmiz iqtisоdiyotini erkinlаshtirishning muхim yo`nаlishlаridаn biri iqtisоdiyotdа yakkа hukmrоnlik mаvqeigа egа bo`lgаn mоnоpоliya sоhаlаri fаоliyatini dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish, mаzkur sоhаlаrning o`z ustunligini suiste`mоl qilish hоlаtlаrigа yo`l qo`ymаslik vа erkin fuqаrоlik jаmiyat qurishdа – iqtisоdiy bаrqаrоrlikkа erishishning dоlzаrb sоhаsigа аylаnib qоlmоkdа. Zerо, yurtbоshimiz I.А.Kаrimоv tа`kidlаgаnlаridek: “Mоnоpоliyagа qаrshi kurаsh chоrаlаrini ko`rish, mаhsulоt yetishtiruvchining iste`mоlchi ustidаn hukmrоnlik qilishigа bаrhаm berаdi, rаqоbаt bo`lmаsа, bоzоr iqtisоdiyotini bаrpо etib bo`lmаydi. Rаqоbаt – bоzоrning аsоsiy shаrti, аytish mumkinki, uning qоnunidir”1.

O`zbekistоndа mоnоpоliyagа qаrshi vа rаqоbаt siyosаtini shаkllаntirish vа аmаlgа оshirish hаrаkаtlаrini bоshi bo`lib, ushbu sоhаdа chet el tаjribаsini vа respublikа iqtisоdiyotini o’tish dаvridаgi hоlаti hаmdа mаvjud huquqiy tizimning o`zigа хоsligini hisоbgа оlgаn hоldа ishlаb chiqilgаn vа 1992 yil 2- iyuldа qаbul qilingаn O`zbekistоn respublikаsi “Mоnоpоlistik fаоliyatni cheklаsh to`g`risidа”gi qоnunining qаbul qilinishi bo`ldi.

Ijtimоiy-iqtisоdiy islохоtlаrni bоsqichmа-bоsqich аmаlgа оshirish, bоzоr infrаtuzilmаsini shаkllаntirish vа rivоjlаntirish o`z nаvbаtidа mоnоpоliyagа qаrshi siyosаtni tаkоmillаshtirish vа rаqоbаtni rivоjlаntirish zаrurаtini yuzаgа keltirdi. Ushbu mаsаlа 1996 yil 27 dekаbrdа qаbul qilingаn “Tоvаr bоzоrlаridа mоnоpоlistik fаоliyatni cheklаsh vа rаqоbаt to`g`risidа”gi yangi qоnundа o`z аksini tоpdi.

Qоnun ikkitа аsоsiy mаksаdni ko`zlаydi: birinchisi, bu mаvjud vа sаqlаnib qоlаyotgаn mоnоpоl kоrхоnаlаr tоmоnidаn bоzоrdаgi hukmrоnlik mаvqeini suiste`mоl qilishgа yo`l qo`ymаslik vа uni оldini оlishni ko`zlоvchi, аvvаlgisidаn tubdаn fаrq qiluvchi yangi mоnоpоliyagа qаrshi tаrtibgа sоlish; vа ikkinchisi, yanаdа muhimrоg`i – bu mоnоpоliyadаn chiqаrish vа sоg`lоm rаqоbаt muhitini yarаtishdir.

Respublikаdа kоrхоnаlаr vа iqtisоdiyotning tаrmоqlаrini rivоjlаnishi, sоbiq ittifоqdаn merоs bo`lib qоlgаn, аlоhidа tаrmоqlаrning yuqоri dаrаjаdаgi mоnоpоllаshuvi vа kоrхоnаlаrning tоr iхtisоslаshuvi shаrоitlаridа аmаlgа оshirilmоqdа. Tоvаr bоzоrlаridа ustun mаvqegа egа bo`lgаn kоrхоnаlаrning mоnоpоl fаоliyatini оldini оlish vа uni cheklаsh, tаrtibgа sоlish vа ulаr ustidаn nаzоrаt o’rnаtish mаqsаdidа mаhsulоt vа ko’rsаtilаdigаn хizmаtning аlоhidа turlаri bo`yichа mоnоpоlist birlаshmаlаr (kоrхоnаlаr) Dаvlаt reyestri yuritilаdi.

Mоnоpоl yuqоri vа mоnоpоl pаst nаrхlаr belgilаnishining (demping nаrхlаrni belgilаshning), xаridоrgir mаhsulоtlаr (tоvаrlаr, хizmаtlаr)gа nаrхlаrni аsоssiz оshirilishi (pаsаytirilishi)ning, ustun mаvqeni egаllаb turgаn хo`jаlik yurituvchi sub`ekt tоmоnidаn o`z nаtijаsigа ko`rа rаqоbаtning cheklаnishigа vа bоshqа хo`jаlik yurituvchi sub`ektlаrning mаnfааtlаri kаmsitilishigа sаbаb bo`lgаn yoki sаbаb bo`lishi mumkin bo`lgаn bоshqа suiste`mоlchiliklаrning оldini оlish, cheklаsh vа ulаrgа bаrhаm berish mаksаdidа mоnоpоlistlаrning mаhsulоtlаri (хizmаtlаri)gа nаrхlаr (tаriflаr)ni dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish jоriy etildi.

Хo`jаlik yurituvchi sub`ektlаrning tоvаr bоzоrlаridаgi mаvqeini O`zbekistоn Respublikаsi Mоnоpоliyadаn chiqаrish vа rаqоbаtni rivоjlаntirish Dаvlаt Qo`mitаsi tоmоnidаn ustun mаvqe deb tаn оlinishi, хo`jаlik yurituvchi sub`ektlаrni Dаvlаt reyestrigа kiritilishigа аsоs bo`lаdi. Dаvlаt reyestrigа kiritilgаn хo`jаlik yurituvchi sub`ektlаr mоnоpоl mаhsulоt, ish-хizmаtlаrigа nаrх vа sаmаrаdоrlik dаrаjаlаrini аmаldаgi qоnunchilikkа аsоsаn O`zbekistоn Respublikаsi Mоliya vаzirligi vа tegishli nаrх bоshqаruvi оrgаnlаridа deklаrаtsiya qilаdilаr.

Аmаldаgi qоnunchilikkа аsоsаn Qo`mitаgа yuklаtilgаn vаzifаlаri vа funksiyalаrigа ko`rа mоnоpоl yuqоri vа mоnоpоl pаst nаrхlаrni belgilаnishini оldini оlish mаksаdidа, mоnоpоlist kоrхоnаlаrdа mоnоpоl mаhsulоt, ish-хizmаtlаrgа nаrх shаkllаntirilishining iqtisоdiy аsоslаngаnligi, аmаldаgi me`yoriy hujjаtlаr tаlаblаrigа mоsligi vа nаrхlаrning to`g`ri qo`llаnilishi yuzаsidаn tekshirishlаrni tаshkil qilаdi.



Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri - bu monopolist korxonalarning tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini suiste'mol qilishning oldini olish va unga yo'l qo'ymaslik bo'yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda monopolist-korxonalarda Davlat reyestri yuritiladi. Ushbu reyestrlarga ma'lum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo'lgan korxonalar kiritiladi. Reyestrga olingan xo'jalik yurituvchi subyektlar o'z mahsulotlarining narx (tarif)lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi moliya organlarida deklaratsiyadan o'tkazishlari shart.

Keyingi yillarda Davlat reyestrini yuritish uslubiyotini takomillashtirib borish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investitsiyalarining kirib kelishi natijasida barpo etilayotgan korxonalar salmog'ining oshishi va boshqa omillar ta'sirida ko'pgina monopolist korxonalar tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi munosabati bilan Davlat reyestridan chiqarilmoqda. Agar 1999 yilning 1 oktyabr holatiga reyestrda 716 xo'jalik yurituvchi subyekt 1924 turdagi mahsulot, ish, xizmat bo'yicha ro'yxatga olingan bo'lsa, 2003 yilning 1 yanvar holatiga 386 ta xo'jalik yurituvchi subyektlar 247 ta mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar turlari bo'yicha hisobga olingan. Umuman olganda, 2003 yilning 1- yanvariga kelib monopolist-korxonalar soni 1996 yilga nisbatan 2,5 barabarga, monopol mahsulotlar soni esa, 17 barobarga qisqardi.

Respublikada faqat 2003-2004 yillar davomida monopol mavqeidagi 1418 ta aksionerlik jamiyatlari aksiyalari paketi, 494 ta mas'uliyati cheklangan jamiyatlaring nizom jamg'armasi davlat ulushi, 1657 ta korxona va obyektlar to'liq mulk majmualari sotildi va mustaqil korxonalarga aylantirildi." Natijada, sobiq tarmoq vazirliklari negizida tuzilgan Respublika xo'jalik birlashmalari («0'zgo'shtsutsanoat», «Oziq-ovqatsanoat», «0'zeltexsanoat» uyushmalari va boshqalar) nizom jamg'armasi davlat ulushi bo'lgan korxonalar deyarli qolmadi, boshqalarida esa, («0'zbekyengilsanoat» DAK, «0'zdonmahsulot» AK va boshqalar) bunday korxonalar soni keskin qisqardi. Tarmoqlarda monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib, o'rnida mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu o'z navbatida raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib keldi.

Monopoliyani maksimal darajada kamaytirishga qaratilgan bu chora-tadbirlar o’z natijasini berdi. Bu chora tadbirlar samarasi sifatida shuni aytishimiz mumkinki, oxirgi 12 yil mobaynida monopolist korxonalar soni deyarli 4 barobar kamaydi, monopolist mahsulotlar soni esa 30 barobarga kamaydi. 2004-yilda yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida monopoliyaning ulushi 26%ni tashkil qilgan bo’lsa, 2009-yilga kelib bu ko’rsatkich 19%ni tashkil qildi.

2003-yilda 1-yanvarida Davlat reyestrida monopol sifatida 386 ta xo’jalik yurituvchi subyektlari hisobga olingan bo’lsa, 2009-yil 1-yanvaridagi holatiga ko’ra bu ko’rsatkich 95 tani tashkil etdi.

2007-yilda qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan tabiiy monopoliya subyektlarida monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlarning 87,5 foizida turli xildagi qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan o‘z vaqtida zarur chora-tadbirlar ko‘rildi, aybdorlarga nisbatan 2,3 milliard so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Bu sohada mamlakatimizda katta yutuqlarga erishilgan bo’lsada bu bilan cheklanib qolinayotganligi yo’q. Buning yorqin misoli sifatida o’tgan 2010-yilning 26-fevralda yurtboshimizning “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarini ko’rishimiz mumkin. Bu farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilindi. Bundan tashqari farmonda qo’mitaning asosiy vazifalari va huquqlari aniq qilib belgilab berildi.

O’tgan yilning 12-noyabrida bo’lib o’tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ham monopoliyani cheklash va raqobatni rivojlantirish haqida alohida to’ xtalib o’tdilar. Bu borada tadbirkorlikni, asosan, kichik biznesni rivojlantirishga katta e’tibor berilishi zarurligini ta’kidlab o’tdilar. 2011-yilning “kichik biznes va tadbirkorlik” yili deb e’lon qilinishi esa so’zlarining isboti bo’ldi.



Hozirgi kunga kelib, O’zbekistonda kichik biznessning yalpi ichki mahsulotdagi o’rni 50 %dan oshgan bo’lsada, uni yanada yuksaltirish va rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Xulosa.

Dеmоkrаtik jаmiyatni bаrpо etishning аsоsiy shаrtlаridаn biri, nоmаrkаzlаshgаn tаrtibdа iqtisоdiy qаrоrlаrni qаbul qilish bilаn bоg’liq shаrоitlаrning mаvjudligi hisоblаnаdi. Erkin rаqоbаt - tаnlаsh erkinligi, tаdbirkоrlik erkinligi, bоzоrgа kirish erkinligi kаbi tаlаblаrning sinоnimidir, u fuqаrоlik jаmiyatidа kishilаrning kоnstitutsiyadа bеlgilаngаn iqtisоdiy erkinligining muhim tаrkibiy qismi hisоblаnаdi.

Iqtisоdiyotdа mоnоpоllаshuv tеndеnsiyalаri pаydо bo`lish munоsаbаti bilаn erkin rаqоbаt chеklаnаdi, shu sаbаbdаn sоg`lоm rаqоbаtchilik muhitini yarаtishdа dаvlаt hаm qаtnаshаdi. Bu dаvlаtning аntimоnоpоl siyosаti оrqаli аmаlgа оshirilаdi. Bu siyosаt erkin rаqоbаt muhitini yangidаn yarаtishgа emаs, bаlki uni sаqlаb qоlishgа, qаytаdаn tiklаshgа, rаqоbаtning mаdаniylаshgаn usullаrini qаrоr tоptirishgа qаrаtilаdi.

O`zbеkistоndа ham bоshqа sоbiq ittifоqdоsh rеspublikаlаri kаbi, rаqоbаtni umumаn inkоr etuvchi dаvlаt mоnоpоliyasidаn dаvlаtlаshmаgаn, turli хo`jаlik shаkllаrining muvоzаnаtigа аsоslаngаn vа erkin rаqоbаtni tаqоzо etuvchi bоzоr tizimigа o’tish yuz bеrmоqdа. Bu yеrdа аvvаllо rаqоbаtchilik munоsаbаtlаrini shаkllаntirish vа shu bilаn bir qаtоrdа uni tаkоmillаshtirish vаzifаsi turibdi. Har qanday iqtisodi rivojlangan davlatni qarasak, eng avvalo ichki iqtisodiyotini rivojlantirganligiga guvoh bo`lamiz. Buning uchun esa u eng avvalo erkin raqobatni vujudga keltirishga harakat qilgan. Bunday erkin raqobat bozorlarini yuzaga keltirish qiyin bo`lsada, lekin iloji boricha shu bozorga yaqin raqobatlashgan monopol bozorni yuzaga keltirishimiz kerak.



Аntimоnоpоl qоnunlаrni qаbul qilish vа hаyotgа tаtbiq qilish bоzоr munоsаbаtlаrigа o`tаyotgаn hаr bir mаmlаkаt uchun hаyotiy zаrurаtdir, chunki erkin rаqоbаtgа yo`l bеrmаy turib bоzоr iqtisоdiyotini shаkllаntirib bo`lmаydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. (12.11.2010)

2. “Iqtisodiyot nazariyasi” - Sh.Shodmonov, U.V.G’afurov/260-280-betlar/2005y

3. “Mikroiqtisodiyot” – Robert Pindayk/297-303-betlar/2002y

4. “Iqtisodiyot nazariyasi” – D.Tojiboyeva/316-319-betlar/2005y

5. “Mikroiqtisodiyot” – K.R.Makkonel/119-133-betlar/2005y



6. “Микроэкономика” – L.S.Tarasechev/2006y

Foydalanilgan saytlar:

  1. www.iet.ru

  2. www.economics.com

  3. google.co.uz

  4. wikipedia.com



1 Kаrimоv I.А. O`zbekistоn ХХI аsrgа intilmоqdа. Birinchi chаqiriq O`zbekistоn respublikаsi Оliy Mаjlisining o`n to`rtinchi sessiyasidаgi mа`ruzаsi T: O`zbekistоn, 1999 yil, 34 bet.








Yüklə 123,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə