Iqtisodiyot



Yüklə 320,5 Kb.
səhifə3/6
tarix05.04.2023
ölçüsü320,5 Kb.
#104264
1   2   3   4   5   6
KURS ISHI

Ta’lim psixologiyasi
Talabalar tomonidan psixologiyani o'rganilayotganda o'qituvchi ularga inson faoliyati bilan bog'liq bir qator topshiriqlarni tuzishi va ularga berishi mumkin. Uning barcha savoli bir xil, ya'ni «Bu faoliyat boiib hisoblanadimi?». Buning natijasida talabalar faoliyat tushunchasini o'zlashtirib olishlari lozim. Biz bilamizki, o'quv fanlar tizimida, haqiqatan ham bilimni o'zlashtirish uchun o'quv jarayonini o'quv topshiriqlarini yechish tizimiga aylanishi lozim. Boshqacha qilib aytganda o'quv topshirig'ini yechish epizodik emas, balki o'qish faoliyatida egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llab, o'rganishi, o'qituvchi tomonidan berilayotgan tayyor bilimlarni kitoblardan olishi emas, balki o'quvchining o'zi faol faoliyat yuritishi lozim.
O'quvchi tomonidan o'quv topshirig'ini yechilish jarayonining o'zi - bu o'quv faoliyati deyiladi. Bu jarayonning tarkibiy qismi boiib, a) o'qituvchi tomonidan o'quvchi oldiga o'quv topshirig'ining qo'yilishi; b) o'quvchi tomonidan topshiriq yechimini qabul qilinishi; d) o'tilayotgan fani bilan bogiiqlikni izlash maqsadida o'quvchi tomonidan o'quv topshirig'ining qayta ko'rib chiqilishi; e) ajratilgan munosabatni modellashtirish; 0 bu munosabatni «sof holda» o'rganish uchun modelni o'zgartirish; g) umumiy usul bilan yechiladigan topshiriqlar tizimining qurilishi; h) awal bajarilgan harakatning nazorat qilinishi va keyingi harakatga o'tishi; i) baholash (o'z-o'ziga baho berish) hamma harakatlarning yaxshi bajarilish uslubini o'quv topshirig'i yechilishining umumiy uslubini o'zlashtirish va boshqalar.
Barcha yuqoridagi elementlarning ketma-ketligi o'quv topshi­rig'ining bajarilishida talabaning o'qish faoliyatini tashkil etadi.
Eksperimental va nazariy tekshirishlar o'tkazilgan maktablarda o'qish faoliyatining asosiy nazariy muammolarini ishlab chiqqan jamoat psixologlari nazariyasi faoliyat va psixikaning birlik prinsipidan samarali foydalanganlar. Ammo umumiy nazariyani o'qitish mumkin, qoilanilishi ma'lum oldini olish choralari nafaqat maktab ta'limining, balki o'qitishning boshqa turlariga kattalar (talabalar) tajribasi asosida qurilgan.
«O'qish faoliyati» tushunchasining paydo bo'lganligiga ko'p boigani yo'q, ko'pi bilan 20 yil awal, bu o'quvchilarning bilim saviyasi kriteriyalari tavsiyanomasini ishlab chiqilishi bilan bog'liq boigan. O'quv faoliyatining to'laligicha ko'rib chiqish zarurati bilan u nafaqat bilim, ko'nikma, malaka va ular ortidagi usullar, o'quv­chilarning o'quv materiali bilan harakat operatsiyalarini, balki, o'quvchi tomonidan o'quv materialining qabul qilinishi, uning o'zi tomonidan nazorat qilinishi, o'z-o'ziga baho berishini ham o'z ichiga oladi.
O'qish — bu mustaqil faoliyatni bajarish, buni o'quv materialiga ijodiy yondashmasdan, o'quv topshirig'ini o'zini tahlil qilish va o'zini baholay bilmasdan bajarib bo'lmaydi. O'qishga o'rganish - bu o'quv faoliyatini bajarish talaba uchun zarur topshiriq bo'lib hisoblangan.
Har bir oliygohdagi psixologiya o'qituvchisining oldiga qo'yilgan muhim topshiriq - talabaning o'quv faoliyatini shakllantirish yoki uni psixologiyasini o'rganishga qaratilgan. Talaba o'zi mustaqil ishlashni, o'zining idroki, aqli bilan ish yuritishni bilmas ekan, u doimo o'qituvchining og'zidan chiqqan tayyor bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga harakat qiladi va kitobdagi ilmiy, tushunchalarni mexanik tarzda yodlab oladi, ammo lining o'zi biror marta ham bu bilimlami amaliyotda qo'llay olmaydi. Bu esa uning kishilar bilan ongli, to'g'ri psixologik muloqot o'rnatishga va faoliyatni yo'lga qo'yishga, psixologik fikr yuritishga o'rgana olmasligiga sabab bo'ladi.
Talaba faoliyatini qanday shakllantirish lozim? Bu har bir talabani psixologiya fanini to'g'ri o'rganishiga bog'liqmi? Biroq o'qishning mohiyati nimada? Psixologiyada bu muammo quyidagicha izohlanadi; qanday qilib awal o'quvchiga noma'lum, noaniq boigan, uning ongida bo'lmagan narsa unga ma'lum bo'ladi, obyektivdan subyektivga o'tadi, idealdan matenalga aylanadi?
Yuqoridagi savollarga javob aynan to'g'ri bilim olishga yo'l ko'rsatadi. Bu muammo yechimi bilan yirik psixologlar 50-yillarda tadqiqot ishlari olib borganlar. Xususan, P.Ya.Galperin va uning shogirdlari «Qanday qilib, inson ongidan tashqarida bo'lgan, uning aqli ichki xususiyat bo'lib qolgan, ya'ni uning ongini mahsuli sifatida aql xususiyatiga aylanadi?», degan savolga javob izlashi asta-sekin quyidagi xulosaga olib keldi: P.Ya.Galperinning aqliy harakatlarning shakllanish konsepsiyasida keltirib o'tiladi.
Bu konsepsiya katta umumpsixologik ahamiyatga ega, chunki u yuqorida qo'yilgan savollarga javob berib qolmay, balki hayvonlar psixologiyasidan farqli bo'lgan, inson psixologiyasi evolutsiyasi tamoyillarini, psixologik faoliyat turlari va shakllari, uning qonuniyatlari hamda shakllanishi haqidagi ma'lumotlarni ham o'zida mujassamlashtirgan.
Bu nazariyalar bilan bog'liq holda o'ylangan harakatlarni shakllantiruvchi faoliyat - o'qish faoliyati deb ko'rib chiqilgandi. O'ylangan harakatlar — insonning har bir amaliy va bilishga yo'naltirilgan faoliyati, individual tajribada shakllanib, istalgan bir qator o'zgarishlarni boshidan kechiradi. P.Ya.Galperin konsepsiyasida o'qish maxsus harakatlar turi sifatida ko'rib chiqiladi, ularni bajarish o'quvchida yangi bilim va malakalarni hosil qiladi. Shu sababli, bu nazariya tarafdorlari o'qish maqsadi bu bilimlar bilan ishlay olish, lekin faqat bilimlarni o'zi kifoya emas, — deb bilishadi. Har bir o'qitish insonni «nimadir qilishga o'rgatish»ni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.
Bunda o'z kasbiy vazifalarni bexato bajaradigan mutaxassislik uchun, amalga oshirishning qaysi eletnentlari mustahkam yo'riqnoma bo'lib hisoblanishini bilish lozim. Bu elementlar to'plami (yo'riqnomalar), o'rganuvchining (faoliyatining yo'riqnomasi) o'rga-nish faoliyatining eng asosiy yo'riqnomasi bo'lishi lozim.
«Harakatning asosiy yo'riqnomasi — bu faoliyat - harakatini bajarayotgan kishining asosiy tayanchi bo'lib hisoblanadi». O'rganuvchi bu muayyan bir harakatni bilmagani va bu harakatni bajarishga endi o'rganayotgani uchun ham, (o'rgatuvchi) o'qituvchi uning qo'liga ma'lum bir harakatni bajarishda tayana oladigan yo'riqnomalarni berishi lozim.
Boshqacha qilib aytganda, biror bir faoliyatga ilk bora qo'l urayotgan kishi, agar qo'lida ma'lum bir asosiy harakat yo'riqnomasi bo'lsa, u bemalol bu ishni to'g'ri, lekin juda sekin bajara oladi. Shunday qilib, u har qanday yangi ishni, har bir yangi faoliyatni bajarishga, u trigonometrik topshiriq, xoh u orfografik jihatdan to'g'ri xat yozish, yoki yangi samolyotni yig'ish bo'lmasin psixologik hodisaning tahlilini bajarishga o'rganib oladi.
P.Ya. Galperin ta'kidlashicha: «Insonning har bir harakatining nazorat, bajaruv va mo'ljal qismlari mayjuddir. O'quv jarayonida o'quvchi yo'1-yo'riqni mo'ljalga qarab faoliyatni bajaradi va bu o'qituvchi tomonidan nazorat qilinadi. Yo'riqnoma ham o'qituvchi tomonidan beriladi».
Bu konsepsiya asosida o'qitish faoliyatini tashkil etishning yaxshi natija berishi nafaqat P.Ya. Galperin izdoshlari tomonidan, balki uning maktabi tomonidan ham isbotlangan.
Psixologiyani o'qitish metodikasida bu borada erishilgan imkoniyatlarni ishlatish ehtiyoji mayjud. Birinchidan, pedagogik oliygohlarda (fakultet yo'nalishiga qarab) maxsus maktab fan sohalariga moslab talabalar tomonidan laboratoriya va amaliy darslarda metodikalar ishlab chiqish; (maktablardagi o'qitish xususiyatiga qarab) ikkinchidan, psixologiya fanini oliygohlarda aynan shu metodika va nazariyalar asosida o'tish; uchinchidan, psixologiya o'qituvchisi tashviqot ishlarini olib borishda, yuqoridagi konsepsiya asosida va umuman o'qitishning faol metodlari asosida amalga oshirishda cheksiz imkoniyatlari mavjud.
Ta'lim psixologiyasining yana bir yo'nalishi bo'lib nazariy yuksaltirishga asoslangan subyektning faolligi shakli deb aytiladigan o'quv faoliyati hisoblanadi, u avlodlarning ijtimoiy tajribasi natijasida individual rivojlanish shartiga qaratilgan bo'ladi. D.B.Elkonin o'quv faoliyatining muhim qismi bo'lgan o'quv topshirig'ining yechimini topish natijasida faoliyatni bajaruvchi subyektning o'zgarishi, uning dunyoqarashi, bilimi, malakalarini shakllanishiga sabab bo'lishini ko'rsatib bergan. V.V.Davidov, o'quv faoliyati - bu nazariy bilimni egallashni o'zi, o'qish faoliyatining shakllanishiga esa mustaqil o'qish va ijodiy yondashish sabab bo'Iishini aniqlagan.
D.B.Elkonin va V.V.Davidov 1960-1970-yiIlarda o'qitishni rivojlantirish tizmini ishlab chiqadilar va maktab amaliyotida sinab ko'rdilar. Uning asl mohiyati bo'lib nafaqat o'qituvchilarni o'quv jarayonida ma'lum bir bilimlar bilan qurollantirish, balki ularni har qanday ilmiy ma'lumot bilan ishlay olishga o'rgatish bo'lib ham hisoblanadi. Bu maktab namoyondalarining asosiy maqsadi insonlarni fikr yuritishga o'rgatish lozimligidan iborat, shunmg uchun o'quvchilarda zamonaviy fikr yuritish asoslarini egallashlari ilgari suradilar. Boshqacha qilib aytganda, o'qishni shunday tashkil etish kerakki, doimo u «rivojlanuvchi xarakterga» ega boiishi lozim.
Demak o'qish — bu fikr yuritishga o'rganishdir. Rivojlanuvchi o'qitish g'oyasi o'sha yillarda boshlang'ich maktab dasturiga (uni egallab olish 3 yil maboynida bo'ladi 4 yil emas) va 5-8-sinflar (alohida predmetlar) o'rganadigan alohida fanlar dasturiga ham kiritilgan edi. 1996-yilda bu dastur bilan 1000 dan ortiq o'qituvchilar ishlagan.
D.B.Elkonin — Davidov sistemasi bo'yicha eksperimental sinflarda «asosan o'quv faoliyatining shakllanish jarayonining tavsifnomasi, intellektual rivoji, o'quvchilar jamoasi va shaxsning rivojlanish sifati bilan bu o'qitish jarayonlarining an'anaviy sharoitdagi rivojlantirish, o'qitish g'oyasi tizimi tavsifnomasi bilan ko'rib chiqilganda to'g'ri keladi». Bu natijalar tavsifnomasi an'anaviy o'qitish tizimida odatda, rejalashtirilmaydi va o'qitish natijasi sifatida yuzaga chiqmay baholanadi.
D.B.Elkonin — Davidov g'oyaviy tizimida o'qitish natijalari tavsifnomasi o'z ichiga quyidagi ko'rsatkichlarni oladi; a) o'qish faoliyatining shakllanganlik darajasi; b) o'quvchilarning intellektual rivojlanish darajasi; d) o'quvchilar jamoasining va shaxsni rivojlanish darajasini; e) o'qitish oxirida o'quvchilarning bilim, malaka va egallagan ko'nikmalar darajasi.
Biz ko'rganimizdek, tavsifnomalar ichida, deyarli yakka va asosiy an'anaviy tizimda o'qitishning sifati ko'rsatkichida bilim hajmi darajalari mavjud emas. Bundan ko'rinadiki, rivojlantiruvchi o'qitish tizimi tomonidan bilimning zarur va keraklilari inkor etiladimi? Albatta yo'q, bu yerda e'tibor bilim soniga emas, shaxsning qanday bilim, malaka va ko'nikmalar, uslublari va boshqa sifatli jihatlarini egallaganiga qaratiladi. Axir bilim shaxsni rivojlanishiga hissa qo'shish va faqatgina o'qitish maqsadi bo'lib qolmasligi kerak.
Shunday qilib, o'quv faoliyati — subyekt faoliyatini o'zgartiruvchi, hech narsani bilmagandan biluvchiga bilim, malaka va ko'nikmalarni egallagan shaxsga aylantirishdir. Shuning uchun ham o'quv faoliyati o'z-o'zini o'zgartirish, o'zini namoyon etish faoliyati deb aniqlanishi mumkin va buning predmeti sifatida o'quvchilarning ijtimoiy tajriba orttirish orqali egallagan tajribalarini olish mumkin. Ijtimoiy tajribaning egallangan bo'lagi va bu awalgi tajribani o'zgartirish hisobiga o'quv faoliyatining mahsulini tashkil etadi.
Yana bir bor ta'kidlash joizki: o'quv faoliyatining predmeti, mahsuli, maqsad va natijasi bo'lib faqat bilim berish hamda egallashgina emas, balki o'quvchining intellekti, shaxsiy sifatlari va olgan bilimining natijasi bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalari hisoblanadi. O'quv faoliyatining asosiy vazifasi boiib o'quvchining ilmiy nazariyalari asosida mustaqil fikr yuritishga o'rgatish hisoblanadi.
Agar o'rta, oliy yoki boshlang'ich maktab fikrlashga o'rgatish lozim bo'lsa, u holda buni qanday amalga oshirish lozim? Bu savolga javob berish uchun fikrlash psixologiyasidan kelib chiqqan holda yondashishi lozim. Zamonaviy ilmiy tasawurlar bo'yicha fikrlash — bu shunday maxsus muammoning yechimiki, Lining ba'zi shartlari yuzada yotadi, (yoki yuzaki) boshqalari esa mavjud boimaydi. Fikrlash bu — predmet tahlilining kuzatishlardan yashirin boigan munosabatlarni namoyish etishga (ochishga) qaratilgan psixologik faoliyatdir. Agar topshiriqning barcha shartlari yoritilgan bo'lsa, u holda fikrlash talab etilmaydi va inson bu topshiriqni xotira yoki bevosita qabul qilish, shuningdek, o'ziga xos qarorga olib boruvchi yo'l bilan hal etishi mumkin. Fikrlash topshiriq boiganda, (savol) tayyor javob xotirada ham va diqqatda ham bo'lmaganida ishga tushadi. Shunday qilib, inson muayyan vaqtda muammoli ko'ringan vaziyatga tushib qoladi, noaniq va noma'lum bo'lgan narsani yoritish fikrlashni taqozo etadi. Aynan shu narsaga talabalar va o'quvchilarni o'rgatish lozim. Fikrlashga o'rganish — bu bilimlar o'rtasidagi tafovutni yechish, o'quvchi ega boigan va ega boimagan ammo yuzaga kelgan muammo — topshiriqni yechishda unga asqotadigan bilimlardir.
Bu boradagi tavsiyalar M.I.Mahmutovning «O'qitish muammolari» kitobidan o'rin olgan. Xuddi shu nom bilan chop etilgan I.Ya.Langerning brashurasi ham mavjud. Ularning har ikkisi ham pedagogik fanlar doktori bo'lib, vaziyatni «Pedagogik nuqtayi nazaridan ta'riflaydi. Langerning ta'rifiga ko'ra, «bu shunday o'qitishki, bunda o'quvchilar o'quv materiallari asosida tuzilgan tizimli muammolar va muammoli topshiriqlarni yechishga jalb etiladilar». Muammoli o'qitishda bilimlar o'quvchilarga tayyor holda berilmaydi, — deb yozadi M.I.Mahmutov, balki, muammoli vaziyat jarayonida ularning o'zi tomonidan o'rganish faoliyatida egallanadi. Psixologlar T.V. Kudryavsev va A.M.Matyushkin bu fikrni aniqlashtirgan holda: muammoli o'qitish faqatgina o'quvchi oldiga muammoli vaziyatni qo'yish bilangina faollashtirilmaydi. Zamonaviy fikrlash psixolo-giyasining imkoniyatlari nafaqat o'quvchilar oldiga muammoli vaziyatni qo'yish, balld ular uchun muammoni yechimini topish va bu muammo yechimini boshqarish imkoniyatini ham beradi. Demak, muammoli o'qitishning psixologik nuqtayi nazaridan ahamiyatga molik tomoni bu o'quvchilarni oldiga faqatgina muammoli vaziyat-topshiriq qo'yish emas, balki bu muammolarni psixologik bilimning fikrlash qonuniyatlari asosida yechishga o'rgatish hamdir.
Bunda o'qitish nazariyasida muammo, muammoli vaziyat, muammoli topshiriq, muammoli savol, muammoli mashg'ulot kabi tushunchalar ko'p uchraydi - xuddi muammoli o'qitish tamoyili sifatida. Bu tushunchalarga qanday ma'nolar singdirilgan?
Muammo (grekcha — problema — topshiriq) — nazariy yoki amaliy savol, qaysiki unga tayyor javob yo'q, shuning uchun ham o'rganish, tekshirish javobni topish uchun kerak bo'ladi. Odatda, kishi oldida muammolar biror bir eski metodlar bilan yechib boimaydigan topshiriq paydo boiganda kelib chiqadi. O'qitish maqsadida o'qituvchi, metodik muammolari, metodist tomonidan o'quvchi oldiga atayin qo'yilgan boiishi mumkin. O'qitish jarayonidagi muammo hayotiy muammoning modelidir.
Muammoli vaziyat — bu subyektning muammo bilan to'qnashgandagi psixik holati, u tomonidan qiyinchilik sifatida aniq yoki noto'liq idrok qilinayotgan va uni yechish uchun yangi bilimlar talab etilishi bilan bog'liq bo'lgan intellektual muammodir. Muammoli vaziyatda paydo bo'lgan yangi bilimlar subyektning egallashga qaratilgan ehtiyoji shaxsning o'rganishga bo'lgan faolligidir.
Muammoli vaziyat subyektda yuzaga kelgan muammoni o'rganishga bo'lgan munosabatini bildiradi, biroq bu shunday munosabatki, unga ko'ra uni yechish yo'lini bilmaydi, bu yo'lni esa topish lozim. Ammo topish ehtiyoji faqatgina muammoni aniq his etishdagina yuzaga keladi. Gap shundaki, ma'lum bir muammoga duch kelgan subyekt uni ma'lum vaqtga qadar shunchaki bir qiyinchilik deb o'ylaydi, lekin muammo deb hisoblamaydi, qachonki qandaydir alohida yo'l bilan yechish lozim bo'lgandagina muammo sifatida nazarda tutiladi.
Shunday qilib, obyektiv mavjud bo'lgan to'siq subyekt tomonidan muammo sifatida qabul qilinmasligi ham mumkin ekan. Axir fikrlash faoliyati subyekt muammoni aniq his etgandagina ishga tushadi. A.N.Leontev tomonidan quyidagi misol keltiriladi; Aviamodel to'garagiga qatnashuvchi o'quvchilar katta qiziqish bilan uchadigan aviamodellarni yasar edilar. Instruktor ulardan uchish nazariyasini o'rganib kelishlarini talab etdi. Ammo, eng qiyin va mayda ishlarni ham bajargan o'quvchilar uchish nazariyasi bilan deyarli qiziqmagan edilar. Nazariyani bilish zarurligi haqidagi hech qanday tashviqot foyda bermadi va o'quvchilar uchish nazariyasiga doir kitoblarni o'qib turib ham faqat amaliyotga taalluqli bo'lgan joylarni tushinar va eslab qolar edilar. Nimaga bolalar nazariyani o'rgana olmadilar? Chunki uni bilmaslik ularni hech qanday muammoli vaziyatga qo'ymas va amaliyotda xalaqit bermas edi. Topshiriqni bajarishda quyidagi usul taklif qilindi, ya'ni aviamodelni yasovchilar uni yasabgina qolmasliklari, balki uni uchirishlari ham lozim deb o'zgartirildi va natijada, model 2 metr ham uchmay to'xtab qolganida, nega bunday bo'ldi degan muammoli vaziyat yuzaga keldi. Shunda instruktor ularga nazariyani tushuntirib berdi va endi bolalar muammoli vaziyat yordamida nazariyani ham o'rganish lozimligi, uning ahamiyati qanchalik katta ekanligini tushunib yetdilar.
Ko'pincha shunday boiadiki, avval toia to'kis anglamagan qiyinchiliklar asta-sekin muammoli vaziyatga aylanadi va shaxsni fikrlash faolligini oshirib, yangi bilimlarni, yangi uslublarni egallash ehtiyojini tug'diradi.
Psixologlarning aniqlashicha, fikrlash jarayoni aksariyat hollarda muammo, savol, harakatlanish yoki qarama-qarshilikdan boshlanadi. Aynan shunday muammoli vaziyatda subyektning fikrlash faoliyatining darajasi aniqlanadi. Ammo yuqoridagi fikrlar bilan har qanday muammoli vaziyat fikrlashning faolligini ko'rsatib beradi deb ayta olmaymiz. Vaziyatni muammoli deb qabul qilishdan tashqari subyekt boshida qandaydir bilimlar zaxirasi bo'lishi lozim. Masalan, «referent guruh» nimaligini bilmagan talaba ijtimoiy psixologiyadan qo'yilgan savolga javob bera olmaydi: bir vaqtning o'zida bir guruh ham «referent», ham «katta», ham «kichik» ham «professional», «tabiiy» bo'la oladimi? Bundan shuni anglash mumkinki, individ tomonidan muammoli deb qabul qilingan vaziyat hali to'g'ri yo'nalishda muammoni yechish uchun fikr yuritish imkoniyati bo'lmaydi. Unda boshlang'ich bilimlar zaxirasi bo'lmasa, u nima haqida o'ylash, fikr yuritish lozimligini bila olmaydi. Demak, muallif yoki o'qituvchidan muammoli vaziyatni yechish bilimlari agar awaldan talabaga berilmagan bo'lsa, u holda shu muammoli vaziyat bilan birga berilishini talab etish lozim.
Muammoli vaziyatlar obyektiv va kundalik hayotda juda ko'p yuzaga keladi va bu subyektdan ishga ijodiy yondashish va umuman to'g'ri fikrlashni talab etadi. Buning uchun yana oliygohda o'qish davrida harakatlar qarama-qarshiligidan kelib chiqadigan muammoli vaziyatlardan chiqib keta olishni ham bilish lozim.
O'qish jarayonida esa bunday muammoli vaziyatlar o'qituvchi, metodist, muallif tomonidan yuzaga keltiriladi. O'quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. O'quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon buluvchi uzluksiz jarayondir. Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o'quv faoliyatida o'sishini ta'kidlaydi. D.B.Elkonin esa o'quv faoliyatining xususiyatlarini ko'rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o'zini namoyon bo'lish shakliga ko'ra ijtimoiyligini ta'kidlaydi. O'quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o'quvchida o'zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, qurilgan bo'lishi darkor. Bu motivlar bevosita o'quvchi shaxsining o'sishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lishi kerak.


Yüklə 320,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə